7–BOB
Issaxor nasli
1 Issaxorning Toʻlo, Puvax, Yoshuv va Shimron degan toʻrtta oʻgʻli bor edi.
2 Toʻloning oltita oʻgʻli bor edi: Uzzi, Rafiyo, Yoriyol, Yaxmay, Yibsam va Shomuil. Ular oʻz xonadonlarining urugʻboshilari edilar. Shoh Dovud davrida Toʻloning nasabnomasida 22.600 nafar jangchi qayd etilgan edi.
3 Uzzining Yizraxiyo degan oʻgʻli bor edi. Yizraxiyoning toʻrtta oʻgʻli boʻlib, ismlari Mikoyil, Obodiyo, Yoʻel va Ishshiyo edi. Yizraxiyo va uning oʻgʻillari urugʻboshilar edi. 4 Ularning xotinlari va bolalari nihoyatda koʻp boʻlgani uchun nasabnomasiga koʻra, jang qilishga qodir 36.000 odami bor edi.
5 Issaxor qabilasining nasabnomasida hammasi boʻlib 87.000 nafar jangchi qayd etilgan edi.
Benyamin nasli
6 Benyaminning Belax, Boxir va Yodiyol degan uch oʻgʻli bor edi.
7 Belaxning Ezboʻn, Uzzi, Uziyol, Yarimoʻt va Iri degan beshta oʻgʻli bor edi. Ularning beshovi ham urugʻboshilar boʻlib, nasabnomasida 22.034 nafar bahodir jangchi qayd etilgan edi.
8 Boxirning Zomiro, Yoʻsh, Eliazar, Eliyoʻnay, Omri, Yorimoʻt, Abiyo, Onotoʻt va Elimat degan oʻgʻillari bor edi. Bularning hammasi Boxirning oʻgʻillari edi. 9 Ularning nasabnomasida urugʻboshilardan tashqari 22.200 nafar jangchi qayd etilgan edi.
10 Yodiyolning Bilxan degan bitta oʻgʻli, Bilxanning esa Yoush, Benyamin, Ehud, Xanano, Zaton, Tarshish va Oxishar degan yetti oʻgʻli bor edi. 11 Ularning hammasi urugʻboshilar boʻlib, nasabnomasiga koʻra, jang qilishga tayyor 17.200 nafar odami bor edi.
12 Shupim va Xupim xalqlari — Irdan, Xushim xalqi esa Oxerdan kelib chiqqandi.
Naftali nasli
13 Naftalining Yaxziyol, Goʻno, Izar va Shillem degan toʻrtta oʻgʻli bor edi. Ular Bilxaxning naslidan edi.
Manashe nasli
14-15 Oramlik choʻrisi Manashega Osriyol va Moxir ismli ikki oʻgʻil tugʻib berdi. Zalofxod Manashening avlodidan boʻlib, faqat qizlar koʻrgan edi. Moxir Giladning otasi edi, u Maxo ismli bir qizga uylangandi. Maxo Xupim va Shupimning singlisi edi. 16 Maxo Moxirga ikki oʻgʻil tugʻib berdi. Ularning ismini Parash va Sharash qoʻydilar. Parash Ulom va Rahem ismli ikki oʻgʻil koʻrdi. 17 Ulomning Badon degan oʻgʻli bor edi.
Manashe nevarasi Moxir oʻgʻli Giladning nasli mana shulardan iboratdir.
18 Giladning singlisi Xamaleka Ishxoʻd, Abuazar va Maxlo ismli uchta oʻgʻilni tugʻdi. 19 Shamidoning Oxiyon, Shakam, Lixi va Oniyom degan oʻgʻillari bor edi.
Efrayim nasli
20 Efrayimning Shutalax degan oʻgʻli bor edi. Shutalaxdan Barid tugʻildi, Bariddan — Taxat, Taxatdan — Eladax, Eladaxdan — Taxat, 21 Taxatdan — Zabad, Zabaddan Shutalax tugʻildilar.
Efrayimning Shutalaxdan tashqari yana Eyzar va Elad ismli ikki oʻgʻli ham bor edi. Ular Gat shahrining tub aholisiga qarashli chorvani oʻgʻirlamoqchi boʻlganlarida, Gatliklar ularni oʻldirgan edilar. 22 Ularning otasi Efrayim koʻp kunlar aza tutdi. Qarindoshlari unga tasalli bergani keldilar. 23 Efrayim xotini bilan yana qovushgan edi, xotini homilador boʻlib, oʻgʻil tugʻdi. Efrayim: “Uyimda baxtsizlik yuz bergan edi”, deb oʻgʻlining ismini Bariyo qoʻydi.
24 Efrayimning Shero degan bir qizi bor edi. Shero Tepadagi Bayt–Xoʻron va Pastdagi Bayt–Xoʻron shaharlarini hamda Uzan–Shero shahrini qurdi.
25 Efrayimning Refax ismli bir oʻgʻli ham bor edi. Refaxdan Rashaf tugʻildi, Rashafdan — Telax, Telaxdan — Taxan, 26 Taxandan — Laden, Ladendan — Omihud, Omihuddan — Elishama, 27 Elishamadan — Nun, Nundan Yoshua tugʻildilar.
28 Efrayim nasli janubdagi Baytil shahri, sharqdagi Naron shahri va gʻarbdagi Gezer shahrigacha choʻzilgan hududni qoʻlga kiritib, oʻsha yerga oʻrnashib olgan edi. Ularning hududiga oʻsha shaharlar atrofidagi barcha qishloqlar, Shakam va Oya shaharlari hamda ularning atrofidagi qishloqlar kirgan edi.
29 Manashe qabilasi Bayt–Shan, Tanax, Magidoʻ va Doʻr shaharlari va oʻsha shaharlar atrofidagi qishloqlarda oʻrnashib olgan edi.
Bu joylarda Yoqubning oʻgʻli Yusuf avlodlari yashagan edi.
Osher nasli
30 Osherning oʻgʻillari quyidagilardir: Yimnax, Yishvo, Yishvi va Bariyo. Osherning Serax ismli bir qizi ham bor edi.
31 Bariyoning Xaber va Malxiyol ismli ikki oʻgʻli boʻlib, Malxiyol Birzayit shahrini qurgan edi.
32 Xaberning Yaflet, Shoʻmer va Xoʻtam ismli uch oʻgʻli va Shuva ismli bir qizi bor edi.
33 Yafletning oʻgʻillari — Poʻsax, Bimxal va Oshvot.
34 Shoʻmerning oʻgʻillari — Oxi, Roxgax, Xubbo va Oram.
35 Shoʻmerning ukasi Xoʻtamning oʻgʻillari — Zoʻfax, Yimno, Shalash va Amal.
36 Zoʻfaxning oʻgʻillari — Suvax, Xarnatar, Shuvol, Beri, Yimra, 37 Bazer, Xoʻd, Shammo, Shilsho, Yitron va Bera.
38 Eterning oʻgʻillari — Yafunax, Fispa va Orro.
39 Ulloning oʻgʻillari — Orax, Xanniyol va Riziyo.
40 Osher nasli ana shulardan iborat boʻlib, ular urugʻboshilar, mashhur bahodir jangchilar, obroʻli yoʻlboshchilar edilar. Osher qabilasining nasabnomasida jang qilishga qodir 26.000 kishi qayd etilgan edi.