48–BOB
Yoqub Efrayim bilan Manasheni duo qiladi
1 Bir kuni Yusufga: “Otangiz kasal” degan xabar yetib keldi. Yusuf ikkala oʻgʻlini — Manashe bilan Efrayimni yoniga olib, otasining huzuriga bordi. 2 Yoqub Yusufning kelganini eshitgach, kuchini yigʻib, toʻshagiga oʻtirdi. 3 Yoqub Yusufga dedi:
— Qodir Xudo Kanʼon yurtidagi Luz shahrida menga zohir boʻlgan va marhamat koʻrsatib, 4 shunday degan edi: “Men seni barakali qilib, naslingni koʻpaytiraman. Men sendan koʻp xalqlarni yarataman. Bu yerni sendan keyin naslingga abadiy mulk qilib beraman.” 5 Men Misrga kelmasimdan avval Efrayim bilan Manashe bu yerda tugʻilgan edilar. Shu ikkala oʻgʻling endi mening oʻgʻillarimdir. Ruben va Shimoʻn menga qanday oʻgʻil boʻlsa, sening ikkala oʻgʻling ham mening oʻgʻillarim boʻladi. 6 Efrayim bilan Manashedan keyin tugʻiladigan oʻgʻillaring esa oʻzingniki boʻladi. Tugʻiladigan oʻgʻillaringga Efrayim va Manashega qarashli yerlardan meros berilsin. 7 Buni shu sababdan qilyapmanki, men Paddondan qaytib kelayotganimda, afsuski, onang Rohila Kanʼon yurtida — Efratga yetib bormasdan yoʻlda olamdan oʻtgan edi. Men uni oʻsha yerda — Efratga boradigan yoʻl boʻyida dafn qilganman. (Efrat hozir Baytlahm deb yuritiladi.)
8-10 Bu paytga kelib Yoqubning koʻzlari keksalikdan xiralashgan, yaxshi koʻrmas edi. Yoqub Yusufning oʻgʻillarini koʻrganda, “Bular kimlar?” deb soʻradi.
— Bular Xudo shu yerda menga bergan oʻgʻillarim, — deb javob berdi Yusuf.
— Menga yaqinroq olib kelgin ularni, duo qilayin.
Yusuf oʻgʻillarini otasiga yaqinroq olib bordi. Yoqub bolalarni bagʻriga bosib, oʻpdi. 11 Yoqub Yusufga dedi:
— Men seni hech qachon koʻrmayman, deb oʻylagan edim. Ammo Xudo sening bolalaringni ham koʻrishni nasib etdi.
12 Yusuf bolalarni otasining tizzasidan oldi va otasiga muk tushib taʼzim qildi. 13 Yusuf oʻng qoʻli bilan Efrayimni ushlab, Yoqubning chap tomoniga, chap qoʻli bilan Manasheni ushlab, Yoqubning oʻng tomoniga yaqinroq olib keldi. 14 Lekin Yoqub qoʻllarini chalishtirdi–yu, oʻng qoʻlini kenja oʻgʻil Efrayimning boshiga, chap qoʻlini toʻngʻich oʻgʻil Manashening boshiga qoʻydi. 15 Soʻngra Yusufni duo qildi :

“Ota–bobolarim Ibrohim va Isʼhoqqa yoʻl koʻrsatgan Xudo,
Umrim boʻyi mening choʻponim boʻlgan Xudo,
16 Barcha ofatlardan meni saqlagan farishta
Bu bolalarga ham marhamat koʻrsatsin.
Mening nomim, bobom Ibrohim, otam Isʼhoqning nomi
Shu bolalar orqali yashasin, yer yuzida ular lak–lak koʻpaysin.”

17 Lekin otasi oʻng qoʻlini Efrayimning boshiga qoʻygani Yusufga yoqmadi. Shuning uchun otasining oʻng qoʻlini Efrayimning boshidan Manashening boshiga olib qoʻymoqchi boʻldi.
18 — Bunday emas, ota, — dedi Yusuf, — bunisi toʻngʻichi, oʻng qoʻlingizni uning boshiga qoʻying.
19 Lekin otasi rozi boʻlmadi:
— Bilaman, oʻgʻlim, bilaman. Manashening nasli ham buyuk xalq boʻladi. Lekin Efrayimning avlodi, Manashenikiga qaraganda, yanada buyuk boʻlib, Efrayimning avlodidan koʻp xalqlar kelib chiqadi.
20 Yoqub oʻsha kuni Efrayim bilan Manasheni shunday deb duo qildi:

“Isroil xalqi sizlarning nomingizni aytar bir–birini duo qilganda,
Efrayim va Manasheday qilsin seni Xudo, deb aytganlarida.”

Shunday qilib, Yoqub Efrayimni Manashedan yuqori qoʻydi.
21 Shundan keyin Yoqub Yusufga dedi:
— Mening umrim oxirlab boryapti. Lekin Xudo sizlar bilan birga boʻladi, sizlarni ota–bobolaringizning yeriga yana qaytarib olib boradi. 22 Shakamni esa akalaringga emas, senga beryapman. Bu hosildor yerlarni men qilichu kamonim bilan Amor xalqlaridan tortib olganman .