2–BOB
Xudoning kalomiga intilinglar
1 Endi har qanday yomon niyat, hiyla–nayrang, ikkiyuzlamachilik, rashk–hasad va gʻiybatni oʻzingizdan soqit qilinglar. 2 Yangi tugʻilgan chaqaloq sof ona sutini tusaganday, sizlar ham Xudo kalomiga tashna boʻlinglar. Kalom bilan oziqlanib, ulgʻayib, najotga erishinglar. 3 Axir, sizlar Rabbimiz Isoning muruvvatidan bahramand boʻldingizlar.
Xudoning maʼbadi uchun tirik toshlar
4 Insonlar rad etgan, lekin Xudo qimmatbaho deb tanlagan tirik toshga — Rabbimiz Isoga yaqinlashinglar. 5 Shunda oʻzlaringiz ham tirik toshlarday boʻlasizlar. Xudo sizlardan ruhiy maʼbad barpo etadi. Sizlar muqaddas ruhoniylar boʻlib xizmat qilasizlar va Iso Masih orqali Xudoga maqbul ruhiy qurbonliklar keltirasizlar. 6 Zero, Muqaddas bitiklarda Xudo shunday degan:

“Mana, Men joylashtiryapman Quddusda
Tanlangan, qimmatbaho tamal toshini .
Unga tayangan hech bir inson uyatga qolmaydi.”

7 Sizlar — Masihga ishonganlar uchun bu tosh qimmatbahodir. Ammo ishonmaganlarga Muqaddas bitiklardagi shu soʻzlar toʻgʻri keladi:

“Binokorlar rad etgan tosh
Binoning tamal toshi boʻldi.
Baʼzilar bu toshga qoqinadi,
Uning dastidan yiqiladi.”

8 Imonsizlar Xushxabarni rad etib, itoatsizlik qilganlari uchun qoqinadilar. Ular ana shu qismatga mahkum boʻlganlar.
9 Ammo sizlar — tanlangan bir nasl, ruhoniylar shohligi, muqaddas qavm , Xudoning aziz xalqisiz. Xudo sizlarni zulmatdan Oʻzining ajoyib nuriga daʼvat etgan, Uning buyuk ishlarini eʼlon qilishingiz uchun sizlarni tanlagan. 10 Sizlar bir vaqtlar Xudoga begona edingizlar, endi esa Uning xalqisizlar. Bir vaqtlar Xudoning marhamatidan bebahra edingizlar, endi esa Undan marhamat topdingizlar .
Jamiyatda Xudoga munosib hayot kechiringlar
11 Ey azizlarim, sizlardan oʻtinib soʻrayman, jonga qarshi kurashadigan nafs ehtiroslaridan saqlaninglar. Axir, sizlar bu dunyoda gʻaribu musofirsizlar. 12 Imonsizlar orasida Xudoga munosib hayot kechiringlar. Ular sizlarni yomonlikda ayblasalar–da, ezgu ishlaringizni koʻrib, kim bilsin, balki tavba qilishar va qiyomat kuni Xudoni ulugʻlashar.
13 Insonlar tomonidan oʻrnatilgan har qanday hokimiyatga, Egamiz haqi–hurmati, boʻysuninglar. Oliy hokim boʻlgan shohga ham, 14 u tayinlagan hokimlarga ham itoat qilinglar. Zero, hokimlar yomonlik qilganlarni jazolash uchun, yaxshilik qilganlarni esa taqdirlash uchun tayinlangan. 15 Siz haqiqatni bilmagan nodon odamlarning ogʻizlarini qilgan yaxshiligingiz bilan yopinglar, chunki bu Xudoning xohishidir. 16 Ozod odamlardek yashanglar, ammo ozodlik niqobi ostida yomonlik qilmanglar. Xudoning qullariday hayot kechiringlar. 17 Hamma odamlarni hurmat qilinglar. Imonli birodarlaringizni yaxshi koʻringlar. Xudodan qoʻrqinglar, davlat rahbariga izzat–ehtirom koʻrsatinglar.
18 Ey qullar, Xudodan qoʻrqqaningiz uchun xoʻjayinlarga itoat qilinglar. Nafaqat mehribon va muloyimlarga, balki qattiqqoʻl xoʻjayinlarga ham boʻysuninglar. 19 Agar sizlar Xudoni mamnun qilmoqchi boʻlib, toʻgʻri ish qilsangiz–u, nohaq azoblarga chidasangiz, Xudoni rozi qilgan boʻlasiz. 20 Bordi–yu, qilgan gunohingiz uchun tayoq yeb chidasangiz, bu sizga sharaf keltirarmidi?! Ammo yaxshilik qilib turib, nohaq azoblarga chidasangiz, Xudoning maqtoviga sazovor boʻlasiz.
Masihdan ibrat olinglar
21 Hatto azob chekkaningizda ham Xudo sizlarni yaxshilik qilishga daʼvat etgan. Masih sizlar uchun azob chekib, namuna boʻldi. Unga taqlid qilinglar. 22 Axir, U hech qanday gunoh qilmagan, ogʻzidan biron yolgʻon soʻz chiqmagan . 23 U haqorat qilinganda hech kimga haqorat bilan javob qaytarmadi, azob chekkanda hech kimga tahdid qilmadi. Faqat odilona hukm qiladigan Xudoga Oʻzini topshirdi. 24 U gunohlarimizni Oʻziga oldi, aʼzoi badani yogʻochda azob chekdi. Shu tufayli biz gunoh uchun oʻlganmiz va solih hayot kechira olamiz. Uning yaralaridan biz shifo topdik. 25 Ilgari sizlar adashib yurgan choʻponsiz qoʻylarga oʻxshar edingizlar, endi esa jonlaringizning posboni boʻlgan Choʻponga qaytib keldingizlar.