1–BOB
Dunyo yaratilishining tarixi
1 Xudo azalda osmon bilan yerni yaratdi . 2 Yer shaklsiz va boʻm–boʻsh boʻlib, tubsiz dengizlar ustini zulmat qoplagan edi. Xudoning Ruhi suvlar uzra yurardi .
3 Xudo: “Yorugʻlik boʻlsin”, deb amr bergan edi, yorugʻlik paydo boʻldi. 4 Xudo yorugʻlikning ajoyib ekanini koʻrib, yorugʻlikni qorongʻilikdan ajratdi. 5 Xudo yorugʻlikni kunduz, qorongʻilikni tun deb atadi. Kech kirib, tong otdi . Birinchi kun oʻtdi.
6 Soʻng Xudo: “Suvlarni bir–biridan ajratib turadigan gumbaz paydo boʻlsin”, deb amr qildi. 7 Shunday ham boʻldi: Xudo gumbazni yaratib, gumbazning ostidagi suvlardan gumbaz ustidagi suvlarni ajratdi . 8 Xudo gumbazga osmon deb nom berdi. Kech kirib, tong otdi. Ikkinchi kun oʻtdi.
9 Keyin Xudo: “Osmon ostidagi suvlar bir joyga toʻplanib, quruq yer paydo boʻlsin”, deb amr qildi. Shunday ham boʻldi. 10 Xudo quruqlikka yer deb nom berdi. Bir joyga yigʻilgan suvlarni esa dengizlar deb atadi. Xudo buning ajoyib ekanini koʻrdi.
11 Soʻngra Xudo shunday amr berdi: “Yerda oʻt–oʻlan koʻkarsin. Don beradigan har xil oʻsimliklar, danagi bor har xil mevali daraxtlar oʻssin.” Shunday ham boʻldi. 12 Yerda oʻt–oʻlan koʻkardi, don beradigan har xil oʻsimliklar, danagi bor har xil mevali daraxtlar oʻsdi. Xudo bularning ham ajoyib ekanini koʻrdi. 13 Kech kirib, tong otdi. Uchinchi kun oʻtdi.
14 Keyin Xudo shunday amr qildi: “Kunduzni tundan ajratish uchun osmon gumbazida yoritqichlar paydo boʻlsin. Bular kunlarning, yillarning, nishonlanadigan bayramlarning vaqtini koʻrsatsin. 15 Bu yoritqichlar osmon gumbazida nur sochib, yerga yorugʻlik bersin.” Shunday ham boʻldi. 16 Xudo ikkita katta yoritqichni — quyosh va oyni yaratdi: kunduzi nur sochib turishi uchun kattaroq yoritqich — quyoshni, tunda nur sochib turishi uchun kichikrogʻi — oyni yaratdi. Shuningdek, Xudo yulduzlarni ham yaratdi. 17-18 Bu yoritqichlar yerga yorugʻlik bersin, kunduz va tun ustidan hukmronlik qilsin, yorugʻlikni qorongʻilikdan ajratib tursin deb, Xudo bularni osmon gumbaziga joylashtirdi. Xudo buning ajoyib ekanini koʻrdi. 19 Kech kirib, tong otdi. Toʻrtinchi kun oʻtdi.
20 Keyin Xudo shunday amr berdi: “Suv har xil tirik jonivorlar bilan toʻlib–toshsin, qushlar paydo boʻlib, havoda parvoz qilsin.” 21 Shunday qilib, Xudo bahaybat dengiz maxluqlarini va suvda suzuvchi turli–tuman jonivorlarni, har turli qushlarni yaratdi. Xudo buning ham ajoyib ekanini koʻrdi. 22 Shunda Xudo bularning hammasiga marhamat qilib dedi: “Baliqlar va qushlar serpusht boʻlib, koʻpaysin. Dengizlar baliqlar bilan toʻlib–toshsin, yer uzra qushlar koʻpaysin.” 23 Kech kirib, tong otdi. Beshinchi kun oʻtdi.
24 Soʻngra Xudo: “Yer turli–tuman jonzotlarni — chorvani, sudralib yuruvchi jonivorlarni , har turli yovvoyi hayvonlarni paydo qilsin”, deb amr berdi. Shunday ham boʻldi. 25 Xudo har turli yovvoyi hayvonlarni, chorvaning har xil turlarini, yer yuzida sudralib yuruvchi jonivorlarning va hasharotlarning har xil turlarini yaratdi. Xudo buning ajoyib ekanini koʻrdi.
26 Keyin Xudo shunday dedi: “Endi inson zotini yarataylik, ular Oʻz suratimizday, Oʻzimizga oʻxshagan boʻlsin . Inson zoti dengizdagi baliqlar ustidan, osmondagi qushlar, yer yuzidagi chorva hamda jamiki yovvoyi hayvonlar , yerda sudralib yuruvchi har qanday jonivor va hasharotlar ustidan hukmronlik qilsin.” 27 Shunday qilib,
Xudo Oʻz suratiday qilib yaratdi inson zotini,
Erkagu ayol qilib yaratdi ularni.
28 Xudo insonlarga marhamat qilib, aytdi: “Uvali–juvali boʻlinglar, yer yuzini toʻldirib, itoat ettiringlar, dengizdagi baliqlar ustidan, osmondagi qushlaru yer yuzida yashovchi har turli jonivorlar ustidan hukmronlik qilinglar.” 29 Xudo yana aytdi: “Mana, sizlarga butun yer yuzidagi har xil donli oʻsimliklarni va mevali daraxtlarni berdim. Sizlar bulardan yegulik uchun foydalanasizlar. 30 Yer yuzidagi jamiki tirik jonzotga — hamma hayvonlarga, hamma qushlarga yemish qilib koʻk oʻt–oʻlanni berdim.” Shunday ham boʻldi. 31 Xudo Oʻzi yaratgan hamma narsaga nazar soldi. Bular juda ajoyib edi. Kech kirib, tong otdi. Oltinchi kun oʻtdi.