31–BOB
Misrning kuchiga ishonma
1 Misrdan yordam soʻrab borganlarning holiga voy!
Ular chopqir otlariga ishonadilar,
Jang aravalarining koʻpligiyu
Kuchli otliqlarga umid bogʻlaydilar.
Isroil xalqining Muqaddas Xudosiga esa
Nazar ham tashlamaydilar,
Egamizga yuz burmaydilar.
2 Dono Egamizning gapiga ular kirmaydilar.
Egamiz fosiqlarning xonadoniga qarshi qoʻzgʻaladi,
Badkirdorlarga yordam berganlarga qarshi turadi.
Ularning boshiga kulfat keltiradi,
Aytgan soʻzlarini U qaytib olmaydi.
3 Misrliklar Xudo emas, insonlardir,
Ularning otlari ruh emas, tanadir.
Egamiz ularga qarshi qoʻl koʻtarganda,
Madadkor qoqiladi,
Madadga zor yiqiladi.
Ikkovi birgalikda halok boʻladi.
4 Ha, Egam menga aytmoqda:
“Kuchli sher qoʻyni boʻgʻizlaganda,
Choʻponlar shovqin–suroniga eʼtibor bermas,
Ularga hatto nazar ham tashlamas.
Shu singari, Men, Sarvari Olam,
Sion togʻida — oʻsha tepalikda
Jang qilishga kelaman.
5 Oʻz ini ustida uchayotgan qush kabi,
Men, Sarvari Olam, Quddusni qoʻriqlayman.
Men Quddusni qoʻriqlab, ozod qilaman,
Himoya qilib, najot beraman.”
6 Ey Isroil xalqi! Garchi sizlar shu qadar fosiq isyonchi boʻlsangiz ham, endi Egamizga qayting! 7 Ha, oʻsha kuni har biringiz oltin butlar va kumush tasvirlarni rad etasiz. Ularni gunohkor qoʻllaringiz bilan yasagan edingiz.
8 Ossuriya vayron boʻladi, ammo insonning qilichidan emas.
Xudoning qilichi Ossuriyaliklarni uradi.
Ossuriyaliklar vahimaga tushib qochadilar.
Kuchli, yosh yigitlarini qul qilib olib ketadilar.
9 Ossuriyaning suyangan qoyasi vahima ichida qochadi,
Lashkarboshilari jangovar bayroqdan qoʻrqib, qochib ketadi.
Ha, Egamizning alangasi Quddusda,
Uning oʻchogʻi Siondadir.
Egamizning kalomi shudir.