2–BOB
Zafaniyo xalqni tavba qilishga chorlaydi
1 Esingni yigʻib olgin,
Ey sharmanda xalq!
2 Shamol uchiradigan somonday
Yoʻq boʻlib ketmasingdan oldin ,
Egamizning alangali qahriga
Uchramasingdan oldin,
Egamizning gʻazab kuni kelmasdan oldin
Esingni yigʻib olgin!
3 Egamizning amrlariga itoat qiladigan,
Ey yurtning kamtarin odamlari,
Egamizga intilinglar.
Toʻgʻrilikka bogʻlanib,
Moʻmin–qobillik payida boʻlinglar.
Shundagina Egamizning gʻazab kunida
Jazodan qutulib qolishingiz mumkin.
Yahudoning yon–atrofidagi xalqlarni Egamiz hukm qiladi
Filist xalqi
4 Gʻazo shahri huvullab qoladi,
Ashqalon shahri vayron boʻladi.
Ashdod aholisi kunning tush paytigacha haydab chiqariladi,
Exron shahri tag–tugi bilan yoʻq qilinadi.
5 Ey dengiz qirgʻogʻida yashayotgan Filist xalqi ,
Sening holingga voy!
Ey Kanʼondagi Filist yurti,
Egamiz senga qarshi shunday deydi:
“Men seni vayron qilaman,
Birontangni ham tirik qoldirmayman.”
6 Ey dengiz qirgʻogʻidagi oʻlka,
Sen dashtga aylanasan.
U yerda choʻponlar chodirlar tikadi,
Ular qoʻy–echkilari uchun qoʻralar quradi.
7 Yahudo xalqining omon qolganlari
Yurtingga egalik qiladi.
Choʻponlari yurtingda qoʻy–echkilarini oʻtlatishadi,
Ular Ashqalondagi tashlandiq uylarda tunashadi.
Axir, Egasi Xudo ularga gʻamxoʻrlik qiladi,
Ularni yana farovonlikka erishtiradi.
Moʻab va Ommon xalqi
8-9 Isroil xalqining Xudosi —
Sarvari Olam shunday demoqda:
“Moʻabliklar xalqimni qanchalik tahqirlaganini,
Ommonliklar ularni qanchalik xoʻrlaganini,
Xalqimni haqoratlab, yurtiga tahdid solishganini eshitdim.
Shunday ekan, Men barhayot Xudo boʻlganim haqi aytamanki,
Moʻab yurti Sadoʻm shahrining holiga tushadi,
Ommon yurti Gʻamoʻra shahriga oʻxshab qoladi.
Oʻsha yurtlar shoʻr bosgan tikanzorlarga aylanadi,
To abad tashlandiq joylar boʻlib qoladi.
Xalqimning omon qolganlari ularni talon–taroj qiladi.
Yurtlarini oʻzlariga mulk qilib olishadi.”
10 Ular Sarvari Olamning xalqini mazax qilganlari uchun,
Kekkayib, magʻrurlanganlari uchun
Bu koʻrgiliklar boshlariga tushadi.
11 Egamiz ularni vahimaga soladi,
Yer yuzidagi jamiki xudolarni yoʻq qiladi.
Shunda dengiz qirgʻogʻidagi ellar
Egamizga sajda qilishadi.
Har biri oʻz yurtida Egamizni madh etadi.
Habashistonliklar
12 Ey Habashistonliklar ,
Egamiz sizlarni ham qilichi bilan oʻldiradi.
Ossuriya xalqi
13 Egamiz shimolga qarshi qoʻl koʻtaradi,
U Ossuriyani yoʻq qiladi.
Naynavo shahrini vayron qiladi,
Uni suvsiz sahroga aylantiradi.
14 U yerda chorva oʻtlab yuradigan boʻladi,
Har xil yovvoyi hayvonlar orom oladi.
Saroy vayronalarida boyoʻgʻli yashaydi,
Oynalaridan uning tovushi eshitiladi.
Ostonalarida xarobalar uyum–uyum boʻlib yotadi.
Binolarining sadr yogʻochlari shilib olinadi.
15 Bexatar yashayotgan manman shahar shu koʻyga tushadi!
“Menga teng keladigani yoʻq”, deb aytayotgan shaharning holi shu boʻladi!
Xarob boʻlgan bu shahar
Yovvoyi hayvonlarning makoniga aylanadi.
Vayronalar oldidan oʻtgan–ketganlar
Undan hazar qilib, yerga tupurib ketishadi.