25–BOB
Shukrona qoʻshigʻi
1 Ey Egam, Sen mening Xudoyimsan.
Men Seni ulugʻlayman,
Senga hamdu sanolar aytaman.
Sen ajoyib ishlar qilgansan,
Qadimdan tuzgan rejalaringni,
Sadoqat bilan amalga oshirgansan.
2 Yakson qilding dushmanlarimiz qalʼalarini,
Vayronaga aylantirding mustahkam shaharlarini,
Yoʻq qilding uzoq yurtdagi ajoyib saroylarini,
Ular hech qachon qayta tiklanmas.
3 Endi kuchli xalqlar Seni izzat qiladi,
Shafqatsiz xalqlar Senga sajda qiladi.
4 Kambagʻal, bechoralar kulfatda qolganda,
Sen ularga boshpana boʻlding.
Peshindagi jaziramadan soya,
Jaladan panoh boʻlding.
Vahshiy gʻanimlarning hujumi boʻronday boʻldi.
Sen esa bizning panohimiz boʻlding.
5 Dushman shovqin–suroni
Sahro issigʻi kabi boʻlganda,
Jazirama issiqni Sen
Bulutlar soyasi ila bosding.
Dushmanning sevinch qoʻshigʻi
Sadolarini oʻchirding.
Xudo ziyofat tayyorlaydi
6 Bu togʻda Sarvari Olam
Jamiki xalqlar uchun
Ajoyib ziyofat tayyorlar.
Boy dasturxon, sara sharoblar,
Yogʻli goʻshtlar, tiniq sharob tortiladi.
7 Oʻsha kuni Egam jamiki xalqlar ustidan
Kafanlarini yechib tashlaydi.
Mana shu togʻda Egam
Xalqlarni oʻragan, elatlar ustidagi
Yopinchiqni olib tashlaydi.
8 Ha, U oʻlimni butunlay yutib yuboradi.
Egam Xudo hammaning koʻz yoshlarini artib qoʻyadi,
Butun yer yuzida Oʻz xalqining uyatini olib tashlaydi.
Ha, Egam shunday deb aytgan!

9 Oʻsha kuni ular shunday deydilar:
“Mana, bizning Xudoyimiz,
Qutqarsin deb, Uni kutgandik,
U bizga najot berdi.
Kelinglar, quvonaylik, sevinaylik!
Umid qilib kutgandik,
Mana, bizning Egamiz.”
Xudo Moʻabni jazolaydi
10 Egamning Oʻzi bu togʻni himoya qilar.
Moʻab xalqi yanchilgan somonday ezilar,
Chiritish uchun goʻng chuqurga uloqtirilar.
11 Ha, ular bor kuchi bilan
Suzuvchiga oʻxshab chuqurdan chiqishga intilar.
Ammo Xudo ularning gʻururini yakson qilar,
Qoʻllarining mohirligi foyda bermas.
12 Moʻabning qalʼa devorlari buzib tashlanar,
Vayronaga aylanar, yer bilan yakson boʻlar.