32–BOB
Iordan daryosining sharqiga oʻrnashgan qabilalar
1 Ruben va Gad qabilalarining chorvasi nihoyatda koʻp edi. Ular Yazir va Gilad yerlarining chorvabop ekanligini koʻrib, 2 Muso, ruhoniy Elazar va jamoa yoʻlboshchilarining oldiga borib shunday deyishdi:
3 — Otaroʻt, Dibon, Yazir, Nimro, Xashbon, Elaley, Savom, Navo, Bayoʻn shaharlari 4 joylashgan butun oʻlkani Egamiz Isroil xalqiga magʻlub qilib berdi. Bular nihoyatda chorvabop yerlar ekan. Biz, qullaringizda esa chorva bor. 5 Agar biz sizlarning iltifotingizga sazovor boʻlgan boʻlsak, oʻsha yerlarni bizga mulk qilib bersangizlar, bizni Iordan daryosining narigi tomoniga olib oʻtmasangizlar.
6 Shunda Muso Gad bilan Ruben qabilalariga shu gapni aytdi:
— Birodarlaringiz urushga borganlarida, sizlar bu yerda qolasizlarmi? 7 Nimaga sizlar, Isroil xalqi Egamiz bergan yurtga bormasin deb, ularning raʼyini qaytaryapsizlar? 8 Men otalaringizni Kadesh–Barnadan yurtni koʻrib kelish uchun joʻnatganimda , ular ham xuddi shunday yoʻl tutishgan edi. 9 Ular Eshkoʻl soyligigacha borib, yurtni koʻrib chiqqan edilar. Soʻng Egamiz bergan yurtga Isroil xalqi bormasin deb, ularning raʼyini qaytargan edilar. 10 Oʻsha kuni Egamiz otalaringizdan qattiq gʻazablanib shunday qasam ichgan edi: 11 “Misrdan chiqqan yigirma va undan yuqori yoshdagi odamlar Men Ibrohim, Isʼhoq va Yoqubga vaʼda qilgan yurtga kirmaydilar, chunki ular Menga sodiq qolmadilar. 12 Oʻsha yurtga faqat Xanaz urugʻidan Yafunax oʻgʻli Xolib bilan Nun oʻgʻli Yoshua kiradilar, chunki ular ikkovigina Men, Egangizga sodiq qoldilar.” 13 Ha, Egamiz Isroil xalqidan qattiq gʻazablangan edi. Egamiz Uning oldida qabihlik qilgan ajdodlaringizni qirq yil — ular batamom tugab bitmaguncha sahroda kezdirdi. 14 Endi esa siz, ey gunohkorlar nasli, otalaringizning oʻrnini egallab, Egamizning gʻazabini Isroil xalqiga qarshi qoʻzgʻatyapsizlar! 15 Agar Egamizdan yuz oʻgirsangizlar, U Isroil xalqini yana sahroda tashlab ketadi. Butun xalq sizlar tufayli qirilib ketadi.
16 Lekin Ruben va Gad qabilalari Musoga yaqin kelib, shunday deyishdi:
— Biz bu yerda suruvlarimiz uchun qoʻy qoʻralari, bola–chaqalarimiz uchun shaharlar quramiz. 17 Oʻzimiz esa qurollanib , Isroil xalqini ularning yurtiga joylashtirmagunimizcha, safning boshida boramiz. Shu asnoda bolalarimiz mustahkam shaharlarda qoladilar, mahalliy xalqlar ularga xavf solmaydilar. 18 Isroil xalqining har biri oʻz mulkiga ega boʻlmaguncha, biz uyimizga qaytmaymiz. 19 Biz Iordan daryosining narigi tomonidan oʻzimizga mulk olmaymiz, chunki bizning mulkimiz Iordanning bu tomonida — sharq tomonida boʻladi.
20 Muso ularga shunday dedi:
— Agar sizlar haqiqatan ham aytganingizni qilsangizlar, Egamiz boshchiligida jang qilish uchun qurollaninglar. 21 Qoʻliga qurol tutgan barcha sipohlaringiz Iordan daryosidan oʻtsin. Egamiz Oʻz gʻanimlarini quvib yubormaguncha, Uning oldida boringlar. 22 Egamiz oʻsha yurtni taslim qilgandan keyingina, shu yerga qaytib kelishingiz mumkin. Shunda sizlar Egamiz oldida ham, Isroil xalqi oldida ham oʻz majburiyatingizdan ozod boʻlasiz. Iordan daryosining sharq tomonidagi yer sizning Egamizdan olgan mulkingiz boʻladi. 23 Agar shunday qilmasangizlar, sizlar Egamizga qarshi gunoh qilgan boʻlasizlar. Gunohingiz oʻz boshingizni yeydi. 24 Bolalaringiz uchun shaharlar, suruvlaringiz uchun qoʻralar quringlar. Lekin vaʼdangiz ustidan chiqinglar.
25 Gad va Ruben qabilalari Musoga:
— Hazrat nima buyruq bersalar, qullari shuni ado etgaylar, — deyishdi. 26 — Bolalarimiz, xotinlarimiz, podalaru suruvlarimiz shu yerda — Giladdagi shaharlarda qoladi. 27 Lekin qoʻliga qurol tutgan har bir erkagimiz, hazratimiz aytganlariday, Egamiz boshchiligida jang qilish uchun daryoning narigi tomoniga oʻtadi.
28 Shundan keyin Muso ruhoniy Elazarga, Nun oʻgʻli Yoshuaga va Isroil qabilalarining urugʻboshilariga buyruq berib dedi:
29 — Agar Gad va Ruben qabilalari qurollanib, Egamiz boshchiligida jang qilish uchun sizlar bilan birga Iordanning narigi tomoniga oʻtishsa, sizlar oʻsha yurtni magʻlub qilganingizdan keyin Gilad yerlarini ularga mulk qilib beringlar. 30 Bordi–yu, ular sizlar bilan birga qurollanib bormasa, boshqa qabilalar qatori, Kanʼon yurtidan mulk olishadi.
31 Shunda Gad va Ruben qabilalari:
— Egamiz qullaringizga qanday amr bergan boʻlsa, hammasini ado etamiz, — deb javob berishdi. 32 — Biz qurollanib, Egamiz boshchiligida Iordan daryosining narigi tomoniga oʻtib, Kanʼon yurtiga boramiz. Lekin Iordanning shu tomonidagi yerlar bizning mulkimiz boʻla qolsin.
33 Shundan keyin Muso Gad bilan Ruben qabilalariga hamda Yusuf oʻgʻli Manashe qabilasining yarmiga Amor xalqining shohi Sixoʻnning yurti bilan Bashan shohi Oʻgning yurtini — ularning jamiki yerlariyu shaharlarini, shahar atrofidagi oʻlkalarni berdi.
34-36 Gad qabilasi Dibon, Otaroʻt, Aror, Otroʻt–Shifan, Yazir, Yohboxo, Bayt–Nimro va Bayt–Xoron degan mustahkam shaharlarni qaytadan barpo qilib, qoʻy qoʻralarini qurdi. 37-38 Ruben qabilasi ham Xashbon, Elaley, Xiratayim, Navo, Baal–Miyon va Sivmo shaharlarini qayta qurdi. Ular tiklagan shaharlariga yangi nom berishdi.
39 Manashe oʻgʻli Moxirning avlodlari Gilad oʻlkasiga borishdi. Ular Giladni bosib olib, Amor xalqini u yerdan quvib chiqarishdi. 40 Shundan keyin Muso Giladni Moxir avlodiga berdi. Moxir avlodi u yerda joylashdi. 41 Manashe oʻgʻli Yovir esa Amor xalqining shaharlarini egalladi. U oʻsha yerlarga Yovir shaharlari deb nom berdi. 42 Navah Qanot shahrini va uning atrofidagi qishloqlarni egalladi, u yerlarga Navah deb oʻzining ismini berdi.