4–BOB
Isroil xalqini Egamiz ayblaydi
1 Egamizning daʼvosi bor bu yurt aholisiga,
Ey Isroil xalqi, quloq tut Egamizning soʻziga:
“Bu yurt vafoyu sadoqatni bilmaydi,
Ular Men, Xudoni tan olmaydi.
2 Qachon qaramang laʼnat aytishadi,
Aldashadi, odam oʻldirishadi,
Oʻgʻrilik qilib, fahsh ishlarga berilishadi.
Hamma yoqda zoʻravonlik, qotilliklar qilishadi.
3 Mana shuning uchun yurt xazon boʻladi,
U yerda yashovchi xalq halok boʻladi.
Nobud boʻladi yovvoyi hayvonlar,
Koʻkdagi qushlaru hatto dengizdagi baliqlar.
Egamiz ruhoniylarni ayblaydi
4 Birontangiz xalqni ayblamang!
Ularga taʼna qilmang!
Mening daʼvoim sizlarga qarshidir,
Ey ruhoniylar!
5 Sizlar kechayu kunduz qoqilasizlar,
Hatto paygʻambarlar ham sizlar bilan birga qoqiladi.
Sizlarni deb Men xalqingizni nobud qilaman!
6 Ana, xalqim Meni bilmagani uchun nobud boʻlmoqda.
Bu sizning aybingiz, ey ruhoniylar!
Axir, sizlar voz kechdingizlar Meni bilishdan,
Endi Men ham voz kechaman sizdan.
Mening ruhoniylarim boʻlmaysizlar!
Sizlar Xudoyingizning qonunlarini unutdingizlar,
Shuning uchun Men ham farzandlaringizni unutaman.
7 Ey ruhoniylar, koʻpaygani sari sizning soningiz,
Menga qarshi koʻproq gunoh qildingiz.
Endi ulugʻvorligingizni sharmandalikka almashtiraman.
8 Axir, sizlar xalqimning gunoh qurbonliklari bilan
Qorningizni toʻygʻizdingiz,
Xalqimning qabihliklariga tashnadirsiz.
9 Mana, Men xalqimni ham,
Sizni ham birday jazolayman.
Tutgan yoʻllaringiz,
Qilgan qilmishlaringizga yarasha qaytaraman.
10 Sizlar yeysizlar, ammo qorningiz toʻymaydi,
Zino qilasizlar, ammo soningiz koʻpaymaydi.
Sizlar Men, Egangizga boʻysunmay qoʻygansiz.
Egamiz butparastlikni hukm qiladi
11 Fahsh, sharobning eski va yangisi
Xalqimni es–hushidan ayirdi.
12 Ular yogʻoch butdan vahiy soʻrashadi.
Tayoqdan pand–nasihat olishadi .
Shahvoniy hirs ularni yoʻldan urdi,
Ular Men, Xudosiga bevafo boʻldilar.
13 Qurbonliklar qilishayotir togʻ choʻqqilarida,
Tutatqilar tutatishayotir qirlarda,
Eman, chinor va qayragʻochlarning orombaxsh soyalarida.

Ey xalqim, natijada qizlaringiz fohisha boʻldi,
Kelinlaringiz zinoga botdi.
14 Ammo Men fohisha qizlaringizni jazolamayman,
Zinokor kelinlaringizning adabini bermayman.
Axir, erkaklarning oʻzi gʻarlar oldiga bormoqda,
Sajdagoh fohishalari bilan ular qurbonliklar keltirmoqda.
Aytilgan–ku, es–hushidan ayrilgan xalq nobud boʻladi, deya.

15 Isroil xalqi Menga bevafolik qilsa ham,
Bu jinoyatga Yahudo xalqi qoʻl urmasin.
Ular sajda qilgani Gilgalga bormasin,
Bayt–Obunga ham oyoq bosmasin.
«Xudo shohid», deya qasam ichishmasin.
16 Ha, eshakday oʻjardir Isroil xalqi,
Koʻp oʻtmay Men, Egangiz, ularni keng dalaga haydab yuboraman,
Ular yaylovdagi yolgʻiz qoʻziga oʻxshab qolishadi .
17 Efrayim xalqi koʻngil bogʻladi butlarga,
Bilganlarini qilishsin, qoʻying ularni oʻz holiga!
18 Aysh–ishratdan keyin ular fahshga berilishar.
Ularning yoʻlboshchilari behayolikni yaxshi koʻrar.
19 Quyun ularni supurib ketadi.
Butlarga qilgan qurbonliklari tufayli sharmanda boʻlishadi.”