13–BOB
Ibrom va Lut bir–biridan ayriladi
1 Shunday qilib, Ibrom xotinini, jiyani Lutni va bor mol–mulkini olib, Misrdan chiqdi va shimolga — Nagav choʻliga yoʻl oldi.
2 Ibrom endi juda boyib ketgan, mol–qoʻylari, kumushu oltini koʻp edi. 3 U Nagav choʻlidan Baytilga borguncha bir joydan ikkinchi joyga koʻchib yurdi. Nihoyat, Baytil bilan Ay oraligʻiga yetib keldi. U oldin ham shu yerda chodir tikib, 4 qurbongoh qurgan edi. Ibrom oʻsha yerda yana Egamizga sajda qildi. 5 Ibrom bilan birga ketayotgan Lut ham juda boy boʻlib, mol–qoʻylari, koʻplab chodirlari bor edi. 6 Ikkovlari chorvasi bilan bir joyda yashashlari uchun yer torlik qilib qoldi. 7 Qolaversa, Ibromning choʻponlari bilan Lutning choʻponlari oʻrtasida janjal chiqib qoldi. Bu paytda oʻsha yurtda Kanʼon va Pariz xalqlari yashardilar.
8 Shunda Ibrom Lutga dedi:
— Mening choʻponlarim bilan sening choʻponlaring oʻrtasida janjal boʻlmasligi kerak. Axir, biz yaqin qarindoshlarmiz. 9 Nima qilishimiz lozimligini men senga aytay. Sen mana shu yerdan yaxshi joyini keragicha tanlab ol, keyin bir–birimizdan ajralaylik. Agar sen chap tomonga ketsang, men oʻng tomonga ketaman, agar sen oʻng tomonga ketsang, men chap tomonga ketaman.
10 Lut Zoʻvar tomondagi Iordan vodiysining serhosil tekisliklariga qaradi. Hamma yoq sersuv, goʻyo Egamiz yaratgan boqqa va Misrning ajoyib yerlariga oʻxshardi. Egamiz Sadoʻm va Gʻamoʻra shaharlarini vayron qilmasdan oldin vodiy shunaqa edi. 11 Shunday qilib, Lut Iordan tekisliklarini tanladi va sharq tomonga ketdi. Shu tariqa Ibrom bilan Lut bir–biridan ayrildilar. 12 Ibrom Kanʼon yurtida oʻrnashdi, Lut esa Iordan tekisliklaridagi shaharlar orasiga oʻrnashib, chodirlarini Sadoʻm yoniga koʻchirdi. 13 Sadoʻm aholisi oʻta qabih boʻlib, Egamizga qarshi ogʻir gunohlar qilar edilar.
Ibrom Xevronga koʻchadi
14 Lut Ibromdan ayrilib ketgandan keyin, Egamiz Ibromga dedi:
— Mana shu turgan joyingdan shimolga, janubga, sharqqa va gʻarbga qara. 15 Sen koʻrib turgan hamma yerni senga va sening naslingga abadiy mulk qilib beraman. 16 Men sening naslingni yerdagi qumday koʻpaytiraman. Kimki yerdagi qumni sanay olsa, sening naslingni ham sanay oladi. 17 Qani, otlan, yurtni aylanib chiq. Men bu yurtni senga mulk qilib beraman.
18 Shunday qilib, Ibrom chodirini yigʻishtirib, Xevrondagi Mamre nomli muqaddas emanzor yoniga keldi va oʻsha yerda oʻrnashdi. U yerda Egamizga qurbongoh qurdi.