26–BOB
Ayubning toʻqqizinchi nutqi: Xudoning beqiyos buyukligi haqida
1 Ayub shunday deb javob berdi:

2 “Ojizga bergan yordaming shumi?
Kuchsizga shunday madad kerakmi?!
3 Aqlsizga biram oʻrgatib qoʻyding–a!
Bergan maslahatlaring biram maʼnoliki!
4 Kim oʻrgatdi oʻzi senga bu dono gaplarni?!
Sen orqali kimning ruhi gapirgan oʻzi?!

5 Suvlar ostidagi oʻliklar diyorida
Marhumlarning ruhi qaltiraydi.
6 Xudoning oldida oʻliklar diyori ochiqdir,
Halokat diyorining ham yopinchigʻi yoʻq.
7 Xudo boʻshliq ustiga samoni yoydi,
Yerni esa boʻshliqqa osib qoʻydi.
8 Xudo bulutlarni yomgʻir suviga toʻldiradi,
Bulutlar esa suvning ogʻirligidan yirtilib ketmaydi.
9 Xudo toʻlin oyning yuzini yashirib,
Bulutlar bilan oʻrab qoʻyadi.
10 Xudo ufqni bepoyon ummon uzra yoyib,
Yorugʻlik va qorongʻilik orasiga chegara qoʻydi.
11 Xudo osmonning ustunlariga doʻq qilsa,
Ular qoʻrquvdan qaltirab tebranadi.
12 Xudo Oʻz qudrati bilan dengizni magʻlub qildi ,
Oʻz zakovati bilan maxluq Rahobni halok qildi.
13 Oʻz nafasi bilan bulutlarni haydab,
Moviy osmonni ochdi.
Uning qudrati qochayotgan ilonni ezib tashladi.
14 Bular Xudo qilgan ishlarning kichik bir parchasidir,
Xuddi pichirlab aytilgan gapga oʻxshaydi!
Shunday ekan, agar Uning qudrati
Momoqaldiroqday gumburlasa, kim tushuna oladi?”