13–BOB
Isroil ustidan chiqarilgan soʻnggi hukm
1 Egamiz shunday deydi:
“Ilgari Efrayim gapirganda hammani titroq bosardi,
Isroilda uning martabasi ulugʻ edi.
Ammo Efrayim Baalga sajda qilib, gunoh orttirdi,
Shunday qilib, oʻzini oʻlimga mahkum etdi.
2 Hozir ham xalqim gunoh ustiga gunoh qilishar.
Oʻzlariga butlar yasashar,
Kumushdan mahorat bilan sanamlar ishlashar ,
Bularning barchasi bor–yoʻgʻi hunarmandning ishi–ku!
Mening xalqimga shunday deb aytishyapti :
«Butlarga qurbonliklar keltiringlar!
Oltin buzoqlarni oʻpinglar! »
3 Shuning uchun ular tonggi tumanday boʻladi,
Birpasda gʻoyib boʻladigan shudringga oʻxshab qoladi.
Shamol xirmondan uchirgan toʻponday ular gʻoyib boʻladi,
Moʻridan chiqadigan tutunga oʻxshab qoladi.
4 Ammo Egangiz Xudo — Menman.
Ey Isroil, seni Misrdan olib chiqqanman.
Mendan boshqa Xudoni sen bilmaysan,
Mendan boshqa yoʻqdir najotkoring.
5 Men sahroda senga gʻamxoʻrlik qildim,
Suvsiz qaqragan choʻlda seni boqdim.
6 Serhosil oʻlkada qorningni toʻygʻizdim ,
Ammo qorning toʻygach, manman boʻlib ketding,
Shu sababdan sen Meni unutding.
7 Endi Men yoʻlingni qoplonday poylayman,
Senga bir sherday hujum qilaman.
8 Bolalaridan ayrilgan ona ayiq kabi tashlanaman,
Seni tilka–pora qilaman.
Oʻsha joydayoq seni sherday gʻajiyman,
Yirtqichga oʻxshab seni qonga belayman.
9 Ey Isroil, oʻz boshingga oʻzing balo orttirding,
Axir, Menga — Oʻz Madadkoringga qarshi chiqding.
10 Shaharlaringni qutqaradigan shohing qani?!
«Bizga shohu hokimlar ber», deb soʻragan boshliqlaring qani?!
11 Men jahl ustida senga shohlarni berdim,
Gʻazabga minganimda ularni olib tashladim.
12 Efrayimning jinoyati yozib qoʻyilgan,
Ha, uning gunohi kitobga bitilgan.
13 Isroilning yashashga imkoniyati bor edi,
Ammo u nodon bolaga oʻxshadi,
Onani toʻlgʻoq tutganda,
U qorindan chiqishni xohlamadi.
14 Men bu xalqni oʻliklar diyoridan qutqararmikanman?!
Ularni oʻlimdan xalos qilarmikanman?!
Ey oʻlim, qirgʻin olib kelgin!
Ey oʻliklar diyori , halokatli kuchingni koʻrsatgin!
Endi Men rahm–shafqat qilmayman.”
15 Isroil qarindoshlari orasida
Serpusht va farovon boʻlsa–da,
Egamiz uning ustiga sharq shamolini yuboradi,
Sahrodan esgan garmselni joʻnatadi.
Isroilning bulogʻini quritadi,
Uning chashmasini qovjiratadi.
Xazinasidagi qimmatbaho ziynatlarini tortib oladi.