5–BOB
Bilmasdan qilingan gunohlar
1 Quyidagi vaziyatlarda gunoh qurbonligi keltirilishi shart: agar orangizdagi biror kishi guvohlik berish uchun mahkamaga chaqirilsa–yu, koʻrgan yoki bilgan hodisa haqida guvohlik berishdan boʻyin tovlasa, u jazoga tortilsin. 2 Birontangiz harom narsaga — yovvoyi hayvonning, chorvaning yoki sudralib yuruvchining murdasiga qoʻl tekkizsangiz–u, harom boʻlganingizni bilmasangiz, siz baribir aybdor hisoblanasiz. 3 Bordi–yu, insonning biror nopokligiga qoʻl tekkizsangiz–u, harom boʻlganingizni bilmasangiz, qilib qoʻygan ishingizni anglaganingizdan keyin aybdor hisoblanasiz. 4 Agar birortangiz bilmay turib, shoshilganingizdan yaxshi yoki yomon niyatda qasam ichib qoʻysangiz, qilib qoʻygan ishingizni anglaganingizdan keyin aybdor hisoblanasiz. 5 Aytilganlarning birortasida oʻzingizni aybdor deb topsangiz, qilgan gunohingizni eʼtirof eting. 6 Qilgan gunohingizning toʻlovi sifatida suruvingizdagi qoʻy yoki echkini Egamizga gunoh qurbonligi qilish uchun olib keling. Ruhoniy qurbonlik qilib, sizni gunohdan poklasin.
7 Bordi–yu, qoʻyni qurbonlik qilishga qurbingiz yetmasa, gunohingiz toʻlovi sifatida ikkita kaptar yoki ikkita musichani Egamizga olib keling. Qushning bittasi gunoh qurbonligi, ikkinchisi kuydiriladigan qurbonlik qilinsin. 8 Qushlarni ruhoniyga olib keling. Ruhoniy qushlardan birini gunoh qurbonligi uchun olib, qushning boʻynini qayirib sindirsin, lekin boshini uzib tashlamasin. 9 Soʻng gunoh qurbonligining qonidan qurbongohning yon tomoniga sepsin, qonning qolganini esa qurbongohning yoniga toʻksin. Bu gunoh qurbonligidir. 10 Qushning ikkinchisini esa qoidaga binoan kuydiriladigan qurbonlik qilsin. Shu tariqa ruhoniy sizni gunohingizdan poklaydi, qilgan gunohingiz kechiriladi.
11 Ikkita kaptar yoki ikkita musichani qurbonlik qilishga qurbingiz yetmasa, qilgan gunohingiz uchun toʻrt kosa sifatli unni gunoh nazri uchun olib keling. Unga zaytun moyidan qoʻshmang, ustiga xushboʻy tutatqidan ham qoʻymang, zotan, bu gunoh uchun keltiriladigan nazrdir. 12 Nazringizni ruhoniyga olib keling. Ruhoniy unning bir hovuchini olib, Egamizga atab, olovda kuydiriladigan nazrlar bilan birga qurbongoh ustida kuydirsin. Bunday qilish, unning hammasi Xudoga tegishli ekanini bildiradi. 13 Shu tariqa ruhoniy sizni qilgan har qanday gunohingizdan poklaydi, shunda gunohingiz kechiriladi. Gunoh nazrining ortib qolgan qismi don nazri singari, ruhoniyga tegishlidir.
Zararni qoplaydigan qurbonliklar
14 Egamiz Musoga quyidagi qoidalarni berdi: 15 agar birortangiz bilmagan holda gunoh qilib, ehsonlarga oid koʻrsatmalarni buzib qoʻysangiz, ayb qurbonligini keltiring. Ayb qurbonligi sifatida Egamizga nuqsonsiz bir qoʻchqorni yoki qoʻchqorning qiymatiga yarasha kumushni olib keling . Bu ayb qurbonligidir. 16 Ehsonlarga keltirgan zararni qoplashingiz uchun ruhoniyga tovon toʻlang. Buning ustiga ehson qiymatining beshdan bir qismini qoʻshib bering. Ruhoniy qoʻchqorni ayb qurbonligi qilib, sizni gunohingizdan poklaydi, shunda gunohingiz kechiriladi.
17 Agar birortangiz Egamizning amriga koʻra taqiqlangan biror ishni bilmasdan qilib qoʻyib, gunoh orttirib olsangiz, qilgan ishingizni anglaganingizdan keyin jazoga loyiq hisoblanasiz. 18 Bunday holda ruhoniyga ayb qurbonligi sifatida nuqsonsiz bir qoʻchqorni yoki qoʻchqorning qiymatiga yarasha kumushni olib keling. Ruhoniy sizni gunohingizdan poklaydi, shunda bilmasdan qilib qoʻygan gunohingiz kechiriladi. 19 Bu ayb qurbonligidir. Siz haqiqatan ham, Egamizning oldida aybli ish qilib qoʻygan edingiz.