18–BOB
Beva ayol va adolatsiz qozi haqida masal
1 Shogirdlar doimo va bezmasdan ibodat qilsin deb, Iso ularga shunday bir masal aytib berdi: 2 “Bir shaharda Xudodan ham qoʻrqmaydigan, odamdan ham uyalmaydigan bir qozi bor ekan. 3 Oʻsha shaharda bir beva ayol ham yashar ekan. U qozining oldiga tez–tez borib turib:
— Meni raqibimdan himoya qiling, — deb oʻtinarkan. 4 Qozi ancha vaqtgacha unga yordam berishdan bosh tortib yurar ekan. Oxiri u oʻzi–oʻziga shunday debdi:
— Men Xudodan qoʻrqmayman, odamlardan ham uyalmayman. 5 Ammo bu beva xotin meni holu jonimga qoʻymagani uchun uni himoya qila qolay. Boʻlmasa, u kelaverib meni bezor qiladi.”
6 Rabbimiz Iso gapida davom etdi: “Adolatsiz qozining gapini eshitdingizmi? 7 Shunday ekan, nahotki Xudo tunu kun iltijo qilayotgan Oʻz tanlaganlarini himoya qilmasa?! Yoʻq, Xudo ularni kuttirib qoʻymaydi! 8 Sizlarga aytaman: ularni zudlik bilan himoya qiladi! Ammo Inson Oʻgʻli kelganda, yer yuzida imoni bor odamlarni toparmikin?”
Farziy va soliqchi haqida masal
9 Oʻzlarining solihligiga ishonib, boshqalarni mensimaydigan baʼzi odamlarga Iso quyidagi masalni aytib berdi: 10 “Ikki odam ibodat qilgani Maʼbadga kirishibdi. Ularning biri farziy, ikkinchisi soliqchi ekan. 11 Farziy oʻrnidan turib, shunday ibodat qilibdi:
— Xudoyim, Oʻzingga shukur! Chunki men boshqalarga oʻxshab oʻgʻri, jinoyatchi, zinokor yoki manavi soliqchiday emasman. 12 Men haftada ikki marta roʻza tutaman. Topganimning oʻndan birini ushr qilib beraman.
13 Soliqchi boʻlsa uzoqda turib, hatto osmonga ham qarashga botinolmay, koʻkragiga urganicha:
— Yo Xudo, men gunohkorga rahm qil! — deb iltijo qilardi.
14 Sizga aytaman: farziy emas, mana shu odam oqlanib uyiga qaytdi. Zotan, oʻzini oʻzi yuksaltirgan odam kamsitiladi, oʻzini past olgan odam esa yuksaltiriladi.”
Iso bolalarni duo qiladi
15 Iso bolalarimizga qoʻl tekkizsin deb, odamlar Uning oldiga hatto goʻdaklarni ham olib kelishardi. Shogirdlar buni koʻrib, odamlarni koyidilar. 16 Iso esa bolalarni yoniga chaqirib, dedi: “Bolalarga yoʻl beringlar, Mening oldimga kelishlariga toʻsqinlik qilmanglar! Zero, Xudoning Shohligi shundaylarnikidir. 17 Sizlarga chinini aytayin: kim Xudoning Shohligini bola kabi qabul qilmasa, unga hech qachon kirolmaydi.”
Boylik va abadiy hayot haqida
18 Obroʻli bir odam Isodan soʻradi:
— Valineʼmat Ustoz! Abadiy hayotga ega boʻlish uchun nima qilishim kerak?
19 Iso unga dedi:
— Nega Meni valineʼmat deysan? Birgina Xudodan boshqa hech kim valineʼmat emas–ku! 20 Sen amrlarni bilasan: “Zino qilma. Qotillik qilma. Oʻgʻrilik qilma. Yolgʻon guvohlik berma. Ota–onangni hurmat qilgin.”
21 — Bularning hammasiga yoshligimdan amal qilib kelaman, — dedi boyagi boshliq. 22 Buni eshitib, Iso dedi:
— Senga birgina narsa yetishmaydi: bor narsangni sot, pulini kambagʻallarga tarqat. Shunda samoda xazinang boʻladi. Keyin kelib, Menga ergashgin.
23 Boshliq buni eshitib, qattiq xafa boʻldi, chunki u juda boy edi. 24 Iso uning xafa boʻlganini koʻrib dedi:
— Mol–dunyosi bor odamlarning Xudo Shohligiga kirishi naqadar qiyin! 25 Boyning Xudo Shohligiga kirishidan koʻra, tuyaning igna teshigidan oʻtishi osonroqdir.
26 Buni eshitganlar esa:
— Unday boʻlsa, kim najot topa olar ekan? — deb soʻrashdi. 27 Iso shunday javob berdi:
— Odamlar uchun imkonsiz boʻlgan narsaning Xudo uchun imkoni bor.
28 Shunda Butrus dedi:
— Mana, biz uy–joyimizni tashlab, Sizning orqangizdan ergashib keldik.
29 Iso shogirdlariga dedi:
— Sizlarga chinini aytayin, Xudoning Shohligi uchun uy–joyini yoki xotinini yo aka–ukalarini yoki ota–onasini yo bola–chaqasini qoldirgan odam 30 bu dunyoning oʻzidayoq bir necha barobar ortigʻi bilan oladi, narigi dunyoda esa abadiy hayotga ega boʻladi.
Iso Oʻz oʻlimi toʻgʻrisida uchinchi marta gapiradi
31 Keyin Iso oʻn ikki shogirdini chetga olib, ularga dedi: “Mana, biz Quddusga ketyapmiz. Paygʻambarlarning Inson Oʻgʻli toʻgʻrisida yozgan hamma bashoratlari bajo boʻladi. 32 Uni gʻayriyahudiylarga tutib beradilar. Uni masxaralab haqorat qiladilar. Unga tupuradilar. 33 Gʻayriyahudiylar Uni qamchilaydilar, keyin oʻldiradilar. Ammo uchinchi kuni U tiriladi.”
34 Shogirdlar esa bu soʻzlardan hech narsa tushunmadilar. Bu soʻzlarning maʼnosi ularga qorongʻi edi, Isoning aytganlarini ular anglamadilar.
Iso koʻr odamga shifo beradi
35 Iso Yerixo shahriga kirib kelayotganda, bir koʻr odam yoʻl chekkasida sadaqa soʻrab oʻtirar edi. 36 Oldidan katta bir olomon oʻtib ketayotganini eshitgan oʻsha koʻr:
— Nima gap? — deb soʻradi.
37 — Nosiralik Iso oʻtib ketyapti, — deb javob berishdi unga. 38 Shunda koʻr:
— Ey Dovud Oʻgʻli Iso, menga rahm qiling! — deb baqirdi. 39 Oldinda ketayotganlar esa:
— Jim boʻl! — deb unga doʻq qilishdi. U esa yanada qattiqroq baqirdi:
— Ey Dovud Oʻgʻli! Menga rahm qiling!
40 Shunda Iso toʻxtab, koʻrni yoniga olib kelishlarini buyurdi. Koʻr kelgach, Iso undan soʻradi:
41 — Mendan nima istaysan? Sen uchun nima qilay?
— Hazrat, koʻzlarim koʻrsin! — dedi u. 42 Iso unga:
— Koʻzlaring koʻrsin, ishonching senga shifo berdi, — dedi.
43 Oʻsha zahoti u koʻra boshladi. Soʻng Xudoni ulugʻlagancha Isoga ergashdi. Buni koʻrgan butun xalq Xudoga hamdu sanolar aytdi.