1–BOB
Muqaddima va duoyi salom
1 Mazkur kitobda Iso Masihning vahiysi bayon etilgan. Yaqin orada yuz beradigan hodisalarni Xudo Oʻz qullariga ayon qilish uchun bu vahiyni Iso Masihga berdi. Iso Masih quli Yuhannoning oldiga Oʻz farishtasini yuborib, ushbu vahiyni koʻrsatdi. 2 Yuhanno Xudoning kalomi va Iso Masihning shahodati toʻgʻrisida nimalarni koʻrgan boʻlsa, hammasi haqida guvohlik bermoqda. 3 Ushbu bashorat soʻzlarini ovoz chiqarib oʻqiyotgan odam baxtlidir. Uni tinglab , kitobda yozilganlarga amal qiluvchilar baxtlidir. Axir, bu hodisalar hademay yuz beradi.
4-5 Asiya viloyatidagi imonlilarning yettita jamoatiga Yuhannodan salom! Azaldan bor boʻlgan, hozir ham bor, kelajakda ham bor boʻladigan Xudodan, Uning taxti oldida turgan yetti ruhdan, shuningdek, oʻliklar ichidan birinchi boʻlib tirilgan, yer yuzi shohlarining Hukmdori boʻlgan ishonchli shohid — Iso Masihdan sizlarga inoyat va tinchlik boʻlsin.
Iso Masih bizni sevadi. U Oʻz qonini toʻkib, bizni gunohlarimizdan xalos etdi. 6 U bizdan Shohlik yaratdi, bizni Otasi Xudoga xizmat qiladigan ruhoniylar qilib tayinladi. Qudrat Sohibi boʻlgan Masihga abadulabad shon–sharaflar boʻlsin! Omin.
7 Ana, U bulutlarda kelyapti!
Har bir koʻz Uni koʻradi,
Hatto Unga nayza sanchganlar ham Unga koʻz tikadi.
Dunyoning jamiki qabilalari Uni deb yigʻlaydi.
Darhaqiqat, hammasi aytilganday boʻladi! Omin.
8 “Men Ibtido va Intihodirman , — deb aytmoqda Egamiz Xudo. — Men oldin bor boʻlgan, hozir ham bor, kelajakda ham bor boʻladigan Qodir Xudodirman.”
Yuhanno vahiyda Masihni koʻradi
9 Men birodaringiz Yuhannoman. Isoning azoblari, Uning Shohligi va sabr–toqatini baham koʻrgan sherigingizman. Men Xudoning kalomini vaʼz qilib, Iso haqida guvohlik berganim uchun Patmos oroliga surgun qilinganman. 10 Yakshanba kuni Muqaddas Ruh meni qamrab oldi. Men orqamdan karnay sadosiga oʻxshash kuchli bir ovozni eshitdim. Ovoz shunday dedi : 11 “Koʻrganlaringni kitobga yozib bor. Soʻng uni Efes, Smirna , Pergamon, Tiyatira, Sardis, Filadelfiya va Laodikiya shaharlaridagi imonlilarning yettita jamoatiga yubor.”
12 Menga gapirayotgan Kimsani koʻrish uchun oʻgirildim. Shunda yettita oltin chiroqpoyani koʻrdim. 13 Chiroqpoyalar orasida inson qiyofasidagi bir Zot turgan edi. Uning ustida uzun, toʻpigʻigacha tushgan rido bor edi, koʻksiga oltin tasma bogʻlangan edi. 14 Sochi momiqday oq, qorday oppoq edi. Koʻzlari esa olovday chaqnardi. 15 Uning oyoqlari oʻchoqda qizdirilgan bronzaday yarqirar, ovozi guvullagan dengiz tovushiga oʻxshardi. 16 Oʻng qoʻlida yettita yulduz bor edi, ogʻzidan oʻtkir dudama qilich chiqib turardi. Uning yuzi kun qiziganda balqiydigan quyoshday porlardi.
17 Uni koʻrishim bilanoq, oyoqlari ostiga oʻlikday yiqildim. U esa oʻng qoʻlini ustimga qoʻyib, shunday dedi: “Qoʻrqma! Men Birinchi va Oxirgiman. 18 Barhayotman. Oʻlgan edim va mana, abadulabad tirikman. Oʻlimning va oʻliklar diyorining kalitlari Mendadir. 19 Shunday ekan, sen oldin koʻrganlaringni, hozir koʻrayotganlaringni va bundan keyin koʻradiganlaringning hammasini yozib bor. 20 Sen oʻng qoʻlimda koʻrgan yettita yulduz va yettita oltin chiroqpoyaning siriga kelsak, yetti yulduz — yetti jamoatning farishtalarini , yetti chiroqpoya esa yetti jamoatni bildiradi.”