19–BOB
Shoul Dovudni oʻldirishni rejalashtiradi
1 Shoul hamma aʼyonlariga va oʻgʻli Yoʻnatanga, Dovud oʻldirilsin, deb farmon berdi. Yoʻnatan esa Dovudni juda yaxshi koʻrardi.
2 — Otam Shoul seni oʻldirmoqchi, — deb u Dovudni ogohlantirdi. — Ertaga tong payti hushyor boʻl, biror joyga borib yashirinib, jim oʻtir. 3 Men esa otamni sen yashiringan dalaga boshlab boraman. Oʻsha yerda sen toʻgʻringda u bilan gaplashaman. Biror xabar eshitsam, senga yetkazaman.
4 Yoʻnatan otasi Shoulga Dovudni maqtab shu gaplarni aytdi:
— Shoh oʻz quli Dovudga qarshi gunoh qilmasinlar. Chunki u sizga hech qachon haqsizlik qilmagan. Har bir ishi bilan sizga katta foyda keltirgan. 5 Jonini xavf ostiga qoʻyib, Filistni oʻldirdi, Egamiz Dovud tufayli Isroil xalqini katta zafarga erishtirdi. Siz bularni koʻrib sevindingiz. Shunday ekan, nega Dovudni bekordan–bekorga nobud qilmoqchisiz, begunohning qonini toʻkib gunoh qilmoqchisiz?
6 Shoul Yoʻnatanning gaplarini anglab:
— Xudo shohid! Dovudning joniga hech kim qasd qilmaydi, — deb ont ichdi.
7 Yoʻnatan Dovudni chaqirtirib keldi va boʻlib oʻtgan gap–soʻzlarni aytib berdi. Soʻng Dovudni Shoulning yoniga boshlab bordi. Dovud esa ilgarigiday shohga xizmat qilishni davom ettirdi.
8 Shu orada yana urush alanga oldi. Dovud urushga ketdi, u Filistlar bilan jang qilib, ularga shunday qattiq zarba berdiki, oxiri Filistlar Dovudning oldiga tushib qochib qolishdi.
9 Bir kuni Shoul, nayzasi qoʻlida, uyida oʻtirardi, Dovud esa lira chalayotgan edi. Shu payt Egamiz yuborgan yovuz ruh Shoulni chulgʻab oldi. 10 Shoul nayzasi bilan Dovudni devorga mixlab qoʻymoqchi boʻldi, lekin Dovud chap berib qoldi. Shoulning nayzasi devorga sanchilib qoldi. Oʻsha tun Dovud yana qochib qutuldi.
11 Shoul Dovudni erta tongda tutib oʻldirmoqchi boʻldi, kuzatib turinglar, deb uning uyiga odamlarini joʻnatdi. Xotini Mixal Dovudga:
— Bu kecha qochib qutulmasangiz, erta tongda sizni oʻldirishadi, — dedi. 12 Shunday qilib, Dovudni derazadan chiqarib yubordi. Dovud qochib qutuldi. 13 Mixal butni olib, toʻshakka yotqizdi, bosh tomoniga esa echki junidan qilingan yostiq tashladi, ustini koʻrpa bilan yopdi. 14 Shoul yuborgan odamlar Dovudni tutib olib ketishga kelishdi.
— Dovud kasal, — dedi Mixal ularga.
15 Soʻng Shoul odamlarini yana joʻnatib:
— Dovudni oʻz koʻzlaringiz bilan koʻringlar, uni toʻshagi bilan bu yerga olib kelinglar, oʻldiraman, — deb buyurdi.
16 Shoulning odamlari uyga kirdilar. Qarasalar, toʻshakda but, butning bosh tomonida echki junidan qilingan yostiq turibdi.
17 — Nimaga meni aldab, gʻanimimni qochirib yubording? — deb soʻradi Shoul Mixaldan.
— Dovud: “Qoʻyib yubor meni, boʻlmasa, seni oʻldiraman”, dedi, — deb javob berdi Mixal.
18 Qochib qutulgan Dovud Ramada yashayotgan Shomuilning yoniga ketdi. Shoul unga nima qilgan boʻlsa, hammasini Shomuilga aytib berdi. Keyin Shomuil bilan birga Noyoʻt mahallasiga borib, oʻsha yerda qoldi. 19 Dovud Ramaning Noyoʻt mahallasida ekan degan xabar Shoulga yetib keldi. 20 Shoul: “Dovudni tutib kelinglar”, deb odamlarini oʻsha yerga yubordi. Ular Shomuil boshchiligidagi paygʻambarlar guruhining joʻshib zikr tushayotganini koʻrishdi. Shu payt Xudoning Ruhi Shoulning odamlarini ham qamrab oldi va ular ham joʻshib zikr tushdilar.
21 Shoul boʻlib oʻtgan voqealarni eshitgach, boshqa odamlarini yubordi. Bu yuborilganlari ham joʻshib zikr tushdilar. Shoul uchinchi bor yana odamlarini joʻnatdi, ular ham joʻshib zikr tushdilar.
22 Oxiri Shoulning oʻzi Ramaga qarab yoʻl oldi. Saxudagi katta sardoba boʻyiga borib:
— Shomuil bilan Dovud qayerda? — deb soʻradi.
— Ramadagi Noyoʻt mahallasida, — dedi bittasi.
23 Shoul Ramadagi Noyoʻt mahallasiga ketayotganda, Xudoning Ruhi uni ham qamrab oldi. Noyoʻtga borguncha yoʻlma–yoʻl joʻshib zikr tushib ketdi. 24 Kiyimlarini yechib tashlab, Shomuilning oldida ham joʻshib zikr tushdi. Yerga yiqilganicha, bir kecha–kunduz yalangʻoch ahvolda yotib qoldi. “Nahotki Shoul ham paygʻambar boʻlsa?!” degan matal ana shundan qolgan.