10–BOB
Ayub Xudoga shikoyat qilmoqchi boʻladi
1 Hayotdan toʻydim!
Evoh, endi bemalol shikoyat qilishdan,
Alam–hasrat bilan gapirishdan oʻzimni tiymayman.
2 Xudoga shunday deyman: «Meni hukm qilavermasdan,
Menga qarshi boʻlgan daʼvolaringni ayt.
3 Meni ezishdan Senga biror foyda bormi oʻzi?
Fosiqlarga shodlik bilan farovonlik beryapsan–u,
Nima uchun meni — Oʻz qoʻllaring ijodini rad etyapsan?!
4 Sening insonnikiga oʻxshash koʻzlaring bormi?!
Sening dunyoqarashing insonlarniki bilan birmi?!
5 Umring inson umriday qisqami?!
Yillaring inson hayoti yillariday emas–ku!
6 Nima uchun mendan ayb qidirasan,
Gunoh topishga harakat qilasan?
7 Axir, Oʻzing bilasan, men aybsizman,
Hech kim meni Sening qoʻlingdan qutqara olmaydi.
8 Axir, qoʻllaring bilan meni Oʻzing yasagansan,
Oʻzing meni yaratgansan,
Endi esa meni butunlay halok qilmoqchisan.
9 Sen meni loydan bunyod qilganingni eslagin.
Endi meni yana tuproqqa qaytarmoqchimisan?!
10 Meni sutday quyib,
Pishloqday qotirgan Oʻzing–ku .
11 Sen Oʻzing meni etu teri bilan qoplab,
Menga suyagu paylar ato qilding.
12 Sen menga hayot bagʻishlab, sadoqatli sevgingni koʻrsatding.
Oʻzing gʻamxoʻrlik qilib, hayotimni saqlading.
13 Lekin yuragingda boshqa bir niyat bor edi.
Sening oʻy–xayollaringni bilaman:
14 Gunoh qilsam, meni kuzatib turgan boʻlasan,
Aybimni jazosiz qoldirmaysan.
15 Fosiq boʻlsam, oʻzimdan koʻray!
Ammo aybsiz boʻlsam ham,
Shunchalik uyatga qoldimki,
Shunchalik qaygʻuga botdimki,
Boshimni koʻtara olmayapman.
16 Boshimni koʻtarsam, sherday meni poylaysan,
Oʻz buyuk qudratingni menga qarshi ishlatasan.
17 Menga qarshi yangi guvohlar chaqiraverasan.
Menga boʻlgan gʻazabing yanada oshib boraveradi,
Ustimga yana yangi qoʻshinlar bostirib kelaveradilar.
18 Evoh, nima uchun meni bu dunyoga keltirding?
Qaniydi, tugʻilishim bilanoq,
Birov meni koʻrib ulgurmasdan,
Oʻlib qoʻya qolganimda edi.
19 Hech narsa koʻrmagan boʻlardim,
Onam qornidan toʻgʻri qabrga borgan boʻlardim.
20 Hayotim qisqa, kunlarim sanoqli emasmi, axir?!
Meni tinch qoʻy, ozgina boʻlsa ham, xursand boʻlay.
21 Hech kim qaytib kelmaydigan zulmat yurtiga ,
Tim qorongʻi yerga borishimdan oldin ozgina quvonay.
22 Tun yarmidagi zulmatday qorongʻi boʻlgan yurtga ketaman.
Qop–qorongʻi hech bir tartib boʻlmagan bir joyga,
Hatto nuri ham zulmat boʻlgan yerga ketaman, axir!»”