32–BOB
Yoqub Esovni kutib olishga tayyorlanadi
1 Yoqub oila aʼzolarini boshlab yoʻlda ketayotgan edi, Xudoning farishtalari unga peshvoz chiqdilar. 2 Yoqub ularni koʻrib: “Bu Xudoning lashkargohi!” dedi. Shuning uchun bu joyga Moxanayim deb nom berdi.
3 Yoqub borishidan oldin Seir, yaʼni Edom yurtida istiqomat qilayotgan akasi Esovga xabarchilarni yubordi. 4 Yoqub xabarchilarga shunday koʻrsatma bergan edi:
— Esov hazratlariga shunday deb aytinglar: “Qulingiz Yoqub aytmoqdaki, u shu paytgacha Lobonning xonadonida yashadi. 5 Endi mollar, eshaklar, qoʻy–echkilar, qul va choʻrilarga ega boʻldi. Kelayotganidan sizni xabardor qilish uchun bizni yubordi. Uning umidi shuki, siz unga mehr–muruvvat koʻrsatsangiz.”
6 Xabarchilar qaytib kelib, Yoqubga shunday dedilar: “Akangiz Esovning oldiga bordik. U sizni kutib olishga kelyapti, yonida toʻrt yuzta odami ham bor.” 7 Yoqub bu xabarni eshitdi–yu, qoʻrqib, vahimaga tushdi. Xonadonidagi odamlarini, qoʻy–echkilarini, mol podalarini, tuyalarini ikki qismga boʻldi. 8 U: “Agar Esov kelib, bitta qismni qirib tashlasa, narigi qismi qutulib omon qoladi–ku”, deb oʻyladi.
9 Keyin Yoqub ibodat qildi:
— Ey bobom Ibrohimning, otam Isʼhoqning Xudosi! Ey Egam! Menga: “Oʻz yurtingga, qarindoshlaring oldiga qaytib bor, senga muvaffaqiyat keltiraman”, deb vaʼda bergan eding. 10 Koʻrsatgan sadoqatingga, inoyatingga men, quling, loyiq emasman. Ilgari Iordan daryosini kechib oʻtganimda, tayogʻimdan boshqa hech narsam yoʻq edi. Endi oila aʼzolarim ikki qoʻrgʻonni toʻldiradigan boʻldi. 11 Iltijo qilaman, meni Esov akamning qoʻlidan qutqargin. U kelib, men bilan birga xotinlarimni, bolalarimni oʻldiradi, deb qoʻrqaman. 12 Sen esa menga: “Senga muvaffaqiyat keltiraman, sening naslingni dengizdagi qumdek koʻpaytiraman, koʻpligidan naslingni sanab boʻlmaydi”, deb vaʼda bergan eding. Iltijo qilaman, vaʼdangni yodingda tut.
13-15 Yoqub tunni ibodat qilgan oʻsha joyda oʻtkazdi. Keyin suruvidan akasi Esovga ikki yuzta ona echki, yigirmata taka, ikki yuzta sovliq va yigirmata qoʻchqor, oʻttizta sogʻin tuyani boʻtaloqlari bilan, qirqta sigir va oʻnta buqa, yigirmata mocha eshak va oʻnta erkak eshakni hadya qilish uchun tanlab oldi. 16 Yoqub bu hayvonlarni podalarga boʻlib, xizmatkorlariga topshirar ekan, ularga shunday dedi:
— Mendan oldin yuringlar, har bir podaning orasida boʻsh masofa qoldiringlar.
17 Eng oldingi podani haydab borayotgan xizmatkoriga u shunday koʻrsatma berdi:
— Esov akam seni uchratib qolib: “Kimning xizmatkorisan? Qayerga ketyapsan? Oldingdagi poda kimniki?” deb soʻraganda, 18 sen: “Bu podalar qulingiz Yoqubniki, bularni siz, toʻramga hadya qilib yubordilar, oʻzlari ham orqamizda kelyaptilar”, deb aytgin.
19 Yoqub podani haydab borayotgan ikkinchi, uchinchi, xullas, hamma xizmatkorlariga ham bir xil koʻrsatma berib:
— Esovni uchratib qolganingizda, oʻsha gaplarimni aytinglar, — dedi. 20 “Qulingiz Yoqub orqamizda kelyaptilar”, deb albatta aytinglar, — deb taʼkidladi. Chunki Yoqub: “Oʻzimdan oldin yuborgan hadyalarim bilan Esov akamning koʻnglini yumshataman, u bilan yuzma–yuz uchrashganimizda, meni kechirsa ajabmas”, deb umid qilayotgan edi. 21 Shunday qilib, Yoqub oʻzi borishidan oldin, hadyalarni joʻnatib yubordi va bu kechani chodir tikkan joyda oʻtkazdi.
Yoqub Paniyolda kurash tushadi
22 Oʻsha kuni tunda Yoqub oʻrnidan turdi. Ikkala xotinini, ikkala choʻrisini , oʻn bitta bolasini Yavoq daryosi kechuvidan oʻtkazdi. 23 Ular daryoning narigi qirgʻogʻiga oʻtib boʻlganlaridan keyin, butun mol–mulkini ham oʻtkazdi. 24 Yoqub daryoning bu tomonida yolgʻiz oʻzi qoldi. Oʻsha yerda bir odam bilan tong otguncha kurashdi. 25 Oʻsha odam koʻrdiki, Yoqubni magʻlub qila olmas ekan. Bir payt u Yoqubning boʻksasiga bir urgan edi, soni boʻgʻinidan chiqib ketdi.
26 — Meni qoʻyib yubor, tong otyapti, — dedi oʻsha odam.
— Meni duo qilmasang, ketkizmayman, — hansirab dedi Yoqub.
27 — Isming nima? — deb soʻradi oʻsha odam.
— Yoqub, — deb javob berdi u.
28 — Bundan keyin sening isming Yoqub emas, Isroil boʻlsin, — dedi oʻsha odam. — Chunki sen Xudo va insonlar bilan olishib, gʻolib chiqding.
29 — Iltimos, ismingni ayt! — dedi Yoqub.
— Nimaga Mening ismimni soʻrayapsan? — deb soʻradi oʻsha odam. Shunday dedi–yu, u Yoqubni duo qildi. 30 Yoqub: “Xudo bilan yuzma–yuz boʻlibman–u, hayotim saqlanib qolibdi–ya” , deb bu joyga Paniyol degan nom berdi. 31 Yoqub Paniyoldan ketayotganda, quyosh chiqqan edi. Soni ogʻriyotgani uchun u oqsoqlanib yurardi. 32 Oʻsha odam Yoqubning boʻksasiga urgani sababli, Isroil xalqi oʻsha tunda yuz bergan voqeaning xotiri uchun bugungacha sonning payini yemaydi.