16–BOB
Poklanish kuni
1-2 Horunning ikki oʻgʻli Egamiz amr etmagan begona olovni olib kelib, nobud boʻlganlaridan soʻng , Egamiz Musoga gapirib, shunday dedi: “Akang Horunga ayt, u ichki parda orqasidagi Eng muqaddas xonaga xohlagan paytida kirmasin . U yerdagi Ahd sandigʻining qopqogʻi oldiga bormasin. Aks holda, u nobud boʻladi. Zotan, Men oʻsha qopqoq ustida bulut orasida zohir boʻlaman.”
3 Egamiz Musoga quyidagi qoidalarni berdi: Horun Muqaddas xonaga kirishidan oldin bitta buqani gunoh qurbonligi va bitta qoʻchqorni kuydiriladigan qurbonlik qilishi lozim. 4 Ustiga u zigʻir matosidan tikilgan muqaddas koʻylakni, ichidan zigʻir ishtonni kiyib olsin, beliga zigʻir belbogʻ bogʻlab, boshiga zigʻir matosidan salla kiysin. Bu muqaddas liboslardir. Shuning uchun u shu liboslarni kiyishdan oldin yuvinsin, shundan soʻnggina ularni kiysin. 5 Soʻng Isroil jamoasidan gunoh qurbonligi uchun ikkita takani va kuydiriladigan qurbonlik uchun bitta qoʻchqorni olsin.
6 Horun oʻzini va xonadonini gunohdan poklash uchun buqani gunoh qurbonligi sifatida keltirsin. 7 Soʻng ikkita takani Uchrashuv chodiri kiraverishiga yetaklab kelib, Egamizga taqdim qilsin. 8 Oʻsha yerda ikkala taka uchun qurʼa tashlasin , qaysi birini Egamizga qurbonlik qilishni va qaysi birini qoʻyib yuborishni aniqlasin. 9 Horun qurʼa boʻyicha Egamizga tegishli takani keltirib, gunoh qurbonligi qilsin. 10 Qoʻyib yuboriladigan takani esa tiriklayin Egamizning oldiga olib kelsin. Bu taka xalqni gunohdan poklash uchun choʻlga haydab yuboriladi.
11 Horun oʻzini va xonadonini gunohdan poklash uchun olib kelgan buqani soʻyib, gunoh qurbonligi qilsin. 12 Soʻng olovkuragiga Egamiz huzurida turgan qurbongohdagi choʻgʻlardan solsin. Tuyilgan xushboʻy tutatqidan ikki hovuch olib, ichki parda orqasidagi Eng muqaddas xonaga kirsin. 13 Bu tutatqilarni Egamizning huzurida yonib turgan choʻgʻlar ustiga tashlasin. Tutatqi tutunidan hosil boʻlgan bulut Ahd sandigʻining qopqogʻini berkitadi. Shunda Horun oʻlmaydi. 14 Horun buqaning qonidan olib, barmogʻi bilan qopqoqqa bir marta sachratsin, soʻng qopqoqning oldida yetti marta sachratsin.
15 Soʻngra xalqni gunohlaridan poklash uchun takani soʻysin. Qonidan Eng muqaddas xonaga olib kirsin. Buqaning qonini sachratganday, takaning qonini ham qopqoq ustiga va uning oldida sachratsin. 16 Shu tariqa u Eng muqaddas xonani Isroil xalqining nopokliklaridan, itoatsizliklaridan va gunohlaridan poklash uchun marosim oʻtkazsin. Butun Uchrashuv chodiri uchun ham, shu singari, poklash marosimini oʻtkazsin. Chunki bu Chodir bulgʻangan xalq orasida oʻrnatilgandir. 17 Horun Eng muqaddas xonaga kirib, oʻzini, xonadonini va Isroil jamoasini gunohdan poklab chiqmaguncha hech kim Uchrashuv chodiriga kirmasin. 18 Soʻng Horun tashqariga chiqib, Egamiz huzuridagi qurbongohni poklash uchun marosim oʻtkazsin. Buqaning va takaning qonidan olib, qurbongohning har bir shoxiga surtib chiqsin. 19 Qurbongohga yetti marta barmogʻi bilan qonni sachratsin. Shu yoʻl bilan qurbongohni Isroil xalqining nopokliklaridan poklab, muqaddas qilsin.
Choʻlga haydaladigan taka
20 Horun Eng muqaddas xona, Uchrashuv chodiri va qurbongohni poklash marosimini oʻtkazib boʻlgach, tirik takani yetaklab kelsin. 21 U ikkala qoʻlini takaning boshiga qoʻysin, Isroil xalqining hamma nohaqliklarini, hamma itoatsizliklarini va hamma gunohlarini birma–bir eʼtirof etib, takaning boshiga yuklasin. Takani choʻlga haydab yuborish uchun masʼul boʻlgan odam takani olib ketsin. 22 Oʻsha odam takani choʻlga qoʻyib yuborgandan keyin, taka oʻzi bilan xalqning gunohlarini kimsasiz joyga olib ketadi.
23 Shundan keyin Horun Uchrashuv chodiriga kirib, Eng muqaddas xonaga kiyib kirgan zigʻir matosidan tikilgan liboslarini yechsin–da, ularni oʻsha yerda qoldirsin. 24 U muqaddas joyda butun badanini yuvib, kundalik ruhoniylik kiyimlarini kiyib olsin. Soʻng tashqariga chiqib, oʻzining va xalqning kuydiriladigan qurbonliklarini ado etsin. Shu tariqa oʻzini ham, xalqni ham gunohdan poklasin. 25 Gunoh qurbonligining yogʻini qurbongoh ustida kuydirsin. 26 Qoʻyib yuboriladigan takani choʻlga haydab yuborgan odam kiyimlarini va butun badanini yuvsin. Shundan soʻnggina u qarorgohga kira oladi.
27 Gunoh qurbonligi qilingan va qoni Isroil xalqini gunohdan poklash uchun Eng muqaddas xonaga olib kirilgan buqa va takaning tanasi qarorgohning tashqarisiga olib chiqilsin. Bularning terisi, tanasi va ichak–chovoqlari kuydirib yuborilsin. 28 Bularni kuydirgan odam kiyimlarini va butun badanini yuvsin. Shundan soʻnggina u qarorgohga kira oladi.
Poklanish kuniga rioya qilish
29 Quyidagilar sizlar uchun doimiy qonun–qoida boʻlsin: yettinchi oyning oʻninchi kunida roʻza tutinglar, hech qanday ish qilmanglar. Bu qonun–qoida Isroil xalqiga va orangizdagi musofirlarga birday taalluqlidir. 30 Zotan, oʻsha kuni ruhoniy sizlarni gunohlaringizdan poklaydi. Shunda sizlar Egamiz huzurida barcha gunohlaringizdan forigʻ boʻlasizlar. 31 Oʻsha kuni Shabbat singari toʻliq dam olinglar, roʻza tutinglar. Bu sizlar uchun doimiy qonun–qoida boʻlsin. 32 Moy surtilgan ruhoniy bobosi Horun oʻrniga oliy ruhoniylikka bagʻishlanib, muqaddas zigʻir liboslarini kiygach, sizlarni gunohlaringizdan poklasin. 33 U Eng muqaddas xonani, Uchrashuv chodirini, qurbongohni, ruhoniylarni va butun Isroil jamoasini poklash uchun marosim oʻtkazsin. 34 Yilda bir marta Isroil xalqi barcha gunohlaridan poklansin. Bu sizlar uchun doimiy qonun–qoida boʻlsin.
Egamiz nimani amr etgan boʻlsa, Muso hammasini ado etdi .