17–BOB
Horunning tayogʻi
1 Shundan keyin Egamiz Musoga dedi:
2 — Isroil xalqiga ayt, ular har bir qabila yoʻlboshchisining tayogʻini olib kelishsin. Hammasi boʻlib oʻn ikkita tayoq boʻlsin. Har bir qabila yoʻlboshchisining ismini oʻz tayogʻiga yozib qoʻyinglar. 3 Levi qabilasining tayogʻiga Horunning ismini yozinglar, har bir qabila yoʻlboshchisidan bittadan tayoq boʻlishi lozim. 4 Sen tayoqlarni Uchrashuv chodiriga olib kirib, Men sen bilan uchrashadigan joyga — Ahd sandigʻi oldiga qoʻy. 5 Men tanlagan odamning tayogʻi kurtak chiqaradi. Shunday qilib, senga qarshilik qilayotgan Isroil xalqining mingʻirlab nolishlariga Men chek qoʻyaman.
6 Muso Isroil xalqiga Egamizning gaplarini aytdi. Yoʻlboshchilar har bir qabila nomidan bittadan tayoqni berishdi, hammasi boʻlib oʻn ikkita tayoq boʻldi. Horunning tayogʻi ham oʻsha tayoqlar orasida edi. 7 Muso tayoqlarni Muqaddas ahd chodiriga — Egamizning oldiga qoʻydi.
8 Ertasi kuni Muso Muqaddas ahd chodiriga kirib qarasa, Horunning Levi qabilasini ifoda etgan tayogʻi kurtak yozibdi, koʻkarib, gullabdi, hatto bodom tugibdi. 9 Muso Egamizning huzuridagi hamma tayoqlarni Isroil xalqi oldiga olib chiqib koʻrsatdi. Har bir yoʻlboshchi oʻz tayogʻini oldi. 10 Egamiz Musoga shunday amr berdi:
— Horunning tayogʻini Ahd sandigʻi oldiga qaytarib olib borib qoʻy. Tayoq doimo oʻsha yerda saqlanib, isyonchilarni ogoh qilib tursin. Shunday qilib, sen ularning mingʻirlab nolishlariga chek qoʻyib, ularning qirilib ketishiga yoʻl qoʻymaysan.
11 Egamiz qanday amr etgan boʻlsa, Muso hammasini bajardi.
12 Isroil xalqi esa Musoga faryod qildi:
— Shoʻrimiz quridi! Kunimiz bitdi! 13 Egamizning Muqaddas chodiriga yaqin borganlar nobud boʻlishadi. Biz hammamiz qirilib ketamiz!