13–BOB
Isroil shohi Yohuxoz
1 Yahudo shohi Yoʻsh hukmronligining yigirma uchinchi yilida Yohuxoz Samariyada Isroil taxtiga oʻtirdi va oʻn yetti yil hukmronlik qildi. Yohuxoz Yohuning oʻgʻli edi. 2 Yohuxoz Egamiz oldida qabih ishlar qildi va Isroilni gunohga botirgan Nabat oʻgʻli Yeribomning qilgan gunohlariga ergashdi. U qabih yoʻlidan aslo qaytmadi.
3 Shuning uchun Egamiz Isroildan gʻazablandi va Isroil xalqini uzoq vaqt Oram shohi Xazayil bilan Xazayilning oʻgʻli Banhadadning qoʻliga berib qoʻydi. 4 Shu sababdan Yohuxoz Egamizga iltijo qilgan edi, Egamiz uning iltijolarini eshitdi. Isroil xalqi chekkan azob–uqubatlarni, Oram shohi ularni siquvga olganini Egamiz koʻrib turardi. 5 Egamiz Isroilga bir qutqaruvchi yuborgandan keyin, ular Oram xalqining zulmidan xalos boʻldi va oldingiday tinchgina yashayverdi. 6 Ammo xalq Yeribom xonadoni Isroilga olib kirgan gunohlarga ergashaverdi, bu gunohlardan qaytmadi. Asheraga atalgan ustun hali ham Samariyada turgan edi. 7 Oram shohi Yohuxozning lashkarini qirib, kulini koʻkka sovurgan edi. Yohuxozning ellikta otliq sipohi, oʻnta jang aravasi, oʻn mingta piyoda sipohidan boshqa kuchi qolmagan edi. 8 Yohuxozning boshqa ishlari, butun faoliyati va uning qahramonliklari “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 9 Yohuxoz olamdan oʻtdi. U Samariyada ota–bobolari yoniga dafn qilindi. Uning oʻrniga oʻgʻli Yohoʻsh shoh boʻldi.
Isroil shohi Yohoʻsh
10 Yahudo shohi Yoʻsh hukmronligining oʻttiz yettinchi yilida Yohoʻsh Samariyada Isroil taxtiga oʻtirdi va oʻn olti yil hukmronlik qildi. Yohoʻsh Yohuxozning oʻgʻli edi. 11 U Egamiz oldida qabih ishlar qildi. Isroilni gunohga botirgan Nabat oʻgʻli Yeribom qilgan jamiki gunohlarga ergashdi, bu gunohlardan qaytmadi.
12 Yohoʻshning boshqa ishlari, butun faoliyati, Yahudo shohi Emoziyo bilan jang qilganda koʻrsatgan qahramonliklari “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 13 Yohoʻsh olamdan oʻtib, Samariyada ota–bobolari — Isroil shohlari yoniga dafn qilindi. Oʻrniga oʻgʻli Yorubom shoh boʻldi.
Elishayning oʻlimi
14 Elishay tuzalmas xastalikka yoʻliqqanda, Isroil shohi Yohoʻsh uni ziyorat qilgani borib: “Otam! Otam! — deb yigʻlagan edi. — Siz Isroilning qudratli himoyachisisiz–ku! Isroilning jang aravasi va otliq lashkari kabisiz! Bizni tashlab ketmang!”
15 Oʻshanda Elishay shohga: “Yoying bilan oʻqlaringni ol!” dedi. Shoh yoyi bilan oʻqlarini oldi. 16 Elishay: “Yoyni hozirla!” deb shohga buyurdi. Shoh yoyni hozirlagach, Elishay qoʻllarini shohning qoʻllari ustiga qoʻydi. 17 Soʻngra unga: “Sharq tomondagi derazani och!” deb buyurdi. Shoh derazani ochgandan keyin, Elishay: “Oʻqni ot!” dedi. Shoh oʻqni otdi.
— Bu oʻq Egamiz beradigan najot alomatidir, u seni Oram lashkari ustidan zafarga erishtiradi, — dedi Elishay. — Sen Oram lashkarini Ofoqda yoʻq qilasan.
18 Keyin Elishay shohga: “Qolgan oʻqlarni ol!” deb buyurdi. Isroil shohi oʻqlarni olgach, Elishay unga: “Oʻqlarni yerga ur!” dedi. Shoh oʻqlarni uch marta yerga urib, toʻxtab qoldi. 19 Shunda paygʻambar shohdan achchiqlandi:
— Besh–olti marta urishing lozim edi, oʻshanda Oram lashkarini tamomila magʻlub qilgan boʻlarding. Endi esa ularni uch martagina magʻlub etasan, xolos.
20 Shundan keyin Elishay vafot etdi, uni dafn qildilar. Har yili bahorda Moʻabdan bosqinchilar Isroil yerlariga bostirib kelardi. 21 Bir safar Isroil odamlari bir marhumni dafn qilayotgan edilar, Moʻablik bosqinchilarni koʻrdilar–u, jasadni Elishayning xilxonasiga tashlab qochdilar. Jasad Elishayning suyaklariga tekkanda tirilib ketdi va oyoqqa turdi.
Isroil bilan Oram oʻrtasidagi urush
22 Oram shohi Xazayil Yohuxozning butun shohligi davrida Isroil xalqiga zulm oʻtkazib kelgan edi. 23 Ammo Egamiz Isroil xalqiga rahm–shafqat koʻrsatib, Ibrohim, Isʼhoq va Yoqub bilan qilgan ahdiga koʻra, Isroil xalqiga yuz burgan edi. Egamiz hozirgacha Isroil xalqini Oʻz huzuridan quvib chiqarmadi va ularning qirilib ketishiga yoʻl qoʻymadi.
24 Oram shohi Xazayil vafot etgach, oʻrniga oʻgʻli Banhadad shoh boʻldi. 25 Soʻngra Yohoʻsh otasi Yohuxoz shohligi davrida boy bergan shaharlarni Xazayilning oʻgʻli Banhadaddan qaytarib oldi. Banhadadni uch marta magʻlub qilib, Isroil shaharlariga boshqatdan egalik qildi.