10–BOB
Xudoning ulugʻvorligi Maʼbadni tark etadi
1 Qarasam, karublar tepasidagi gumbaz uzra zangori yoqutga oʻxshash bir narsa paydo boʻldi. Oʻsha narsa taxt shaklida edi. 2 Xudo zigʻir libos kiygan kishiga shunday dedi: “Qani boʻl, karublar ostidagi gʻildiraklar orasiga kirib, u yerdan bir hovuch yonayotgan koʻmirdan olib chiq. Koʻmirni shaharning hamma yogʻiga sochib tashla.”
Oʻsha kishi gʻildiraklar orasiga kirib ketdi. Men esa uni kuzatib turdim. 3 U kirgan paytda karublar Egamiz uyining janub tomonida turgan edilar, ichki hovlini esa bulut qoplagan edi. 4 Soʻng Egamizning ulugʻvorligi karublar uzra koʻtarilib, uyning ostonasiga borib toʻxtadi. Shu onda uy bulutga toʻldi, butun hovli Egamizning ulugʻvorligidan chaqnab yorishib ketdi. 5 Karublar qanotlarini qimirlatganlarida shunday shovqin koʻtarilar ediki, uni hatto tashqi hovlidan turib eshitsa ham boʻlar edi. Bu shovqin Qodir Xudoning ovoziga oʻxshab ketar edi.
6 Egamiz zigʻir libos kiygan kishiga: “Karublarning oʻrtasiga kir, gʻildiraklar orasidagi yonayotgan koʻmirdan olib chiq”, deb amr berganda, oʻsha kishi bitta gʻildirakning oldiga borib turdi. 7 Shunda karublardan biri qoʻlini uzatib, yonayotgan koʻmirdan ozrogʻini oldi–da, zigʻir libos kiygan kishining qoʻliga tutqizdi. U kishi yonayotgan koʻmirni olib ketdi. 8 Har bir karubning qanoti ostida inson qoʻliga oʻxshagan qoʻli bor edi.
9 Qarasam, karublar yonida toʻrtta gʻildirak turibdi. Har bir karubning yonida bittadan gʻildirak bor edi. Gʻildiraklar qimmatbaho toshday tovlanardi. 10 Toʻrtala gʻildirakning koʻrinishiga kelsak, ular bir–biriga oʻxshar edi. Har bir gʻildirakning ichida koʻndalangiga solingan yana bittadan gʻildirak bor edi. 11 Ular harakatga kelganda toʻrt tomonga yura olar edi, yurganda burilmasdi. Karubning yuzi qayerga yoʻnaltirilgan boʻlsa, hammasi burilmay oʻsha tomonga yurishardi. 12 Karublarning butun badanlari, orqalari, qoʻllari, qanotlari hatto toʻrtala gʻildiragi ham koʻz bilan qoplangan edi. 13 Gʻildiraklarning nomi “Aylanadigan gʻildiraklar” ekanligini men eshitib qoldim. 14 Har bir karubning toʻrttadan yuzi bor edi: birinchi yuz — karubning yuzi, ikkinchi yuz — odamning yuzi, uchinchi yuz — sherning yuzi va nihoyat toʻrtinchi yuz burgutning yuzi edi.
15 Karublar zamin uzra koʻtarildilar. Men Kavor daryosi boʻyida koʻrgan jonli mavjudotlar mana shu karublar ekan. 16 Karublar yurganlarida, gʻildiraklar ham yonlarida yurardi. Qanot yozib koʻtarilganlarida, gʻildiraklar ham ulardan ayrilmasdi. 17 Xullas, karublar toʻxtaganda, ular ham toʻxtar edi, koʻtarilganda ular ham birga koʻtarilar edi, chunki jonli mavjudotlarning ruhi gʻildiraklarda edi.
18 Egamizning ulugʻvorligi uy ostonasidan chiqib, karublar uzra toʻxtadi. 19 Men buni tomosha qilib turganimda, karublar qanotlarini yozdilar, zamin uzra koʻtarilib, gʻildiraklari bilan birga uydan chiqib ketdilar. Karublar Egamiz uyining sharqiy darvozasi yonida toʻxtab qoldilar. Isroil Xudosining ulugʻvorligi ularning ustida edi.
20 Bu jonli mavjudotlarni men Kavor daryosi boʻyida koʻrgan edim. Oʻshanda ham ular Isroil Xudosining oyogʻi ostida edilar. Bu mavjudotlar karublar ekanligini men endi tushunib olgan edim, 21 chunki har bir karubning toʻrtta yuzi, toʻrtta qanoti hamda qanotlari ostida odam qoʻliga oʻxshagan qoʻllari bor edi. 22 Ularning yuz tuzilishi men Kavor daryosi boʻyida koʻrgan mavjudotlarniki bilan bir xil edi. Har bir mavjudot old tomonga qarab yurar edi.