9–BOB
Ayubning uchinchi nutqi: Xudodan qutqaradigan hakam yoʻq
1 Ayub javob berib, shunday dedi:

2 “Ha, bilaman, aytganlaringning hammasi toʻgʻri,
Lekin qanday qilib inson Xudoning nazarida haq boʻla oladi?
3 Agar biror inson Xudo bilan bahsga kirishsa,
U Xudoning mingta savolidan bittasiga ham javob bera olmasdi.
4 Ha, Xudo dono va qudratlidir,
Kim Xudoga qarshi chiqib, Undan ustun boʻlgan?!
5 Xudo ogohlantirmay togʻlarni agʻdaradi,
Gʻazab alangasida ularni yiqitadi.
6 Yerni joyidan qoʻzgʻatib, silkitadi,
Zamin ustunlarini titratadi.
7 Quyoshga amr bersa, u nur sochmaydi,
Yulduzlarning nurini oʻchirishga qodir Xudodir U.
8 Uning Oʻzi samoni yoygan ,
Dengiz toʻlqinlarini toptab yuradi .
9 Hulkar yulduzini, Katta ayiq burji va Parvin yulduzlarini,
Butun janubdagi yulduz turkumlarini yaratgan Xudodir U.
10 Inson aqli bovar qilmaydigan buyuk ishlar qiladi Xudo,
U qilgan moʻjizalarning son–sanogʻi yoʻqdir.
11 U yonginamdan oʻtib ketsa ham,
Men Uni koʻra olmayman.
Oʻz yoʻlida davom etib ketaveradi,
Uning oʻtganini payqamay qolaman.
12 U olib qoʻyaman, desa, kim toʻxtata oladi?!
Kim Undan: «Nima qilyapsan?» deb soʻray oladi?!

13 Xudo Oʻz gʻazabini tutib turmaydi,
Hatto maxluq Rahob yordamchilari Uning oyogʻi ostida qaltiraydi.
14 Men kim boʻlibmanki, Unga javob bera olsam,
U bilan bahslashish uchun kerakli soʻzlar tilimga kelsa?!
15 Aybsiz boʻlsam ham, Unga javob bera olmagan boʻlardim,
Hakamdan faqat rahm–shafqat tilagan boʻlardim.
16 Agar Uni chaqirsam, U menga javob bersa ham,
Gaplarimga quloq solishiga ishonmayman.
17 Xudo boʻron chaqirib, meni ezmoqda ,
Hech bir sababsiz yaralarimni koʻpaytirmoqda.
18 Nafasimni rostlab olishga ham imkon bermayapti,
Yuragimni qaygʻuga toʻldiryapti.
19 Agar kuch sinalsa, albatta U eng kuchlisi boʻlib chiqadi.
Odillik masalasida esa kim Uni mahkamaga chaqirib keladi?!
20 Gunohsiz boʻlsam ham, oʻz ogʻzim meni aybdor deb topadi,
Aybsiz boʻlsam ham, oʻz ogʻzim meni egri deb hukm qiladi.
21 Aybsizman, ammo menga baribir,
Oʻz hayotimdan nafratlanyapman.
22 Eh, hammasi baribir ekan, shuning uchun ham:
«U aybsizni ham, fosiqni ham halok qiladi», deb aytaman.
23 Kulfat kutilmaganda odamga oʻlim keltirsa,
Aybsizning boshiga tushgan ofatdan Xudo kuladi.
24 Butun yer yuzi fosiqlar qoʻlida,
Xudo hakamlarning koʻzlarini bogʻlab qoʻygan.
Agar U bogʻlamagan boʻlsa,
Yana kim bogʻlagan boʻlishi mumkin?!

25 Hayotim chopagʻon kishidan ham tezroq oʻtib ketadi.
Shunchalik tezki, hech farogʻat koʻrmay oʻtib ketaman.
26 Umrim tez suzadigan qayiqlarday koʻzga koʻrinmay ketadi,
Oʻz oʻljasiga tashlangan burgutday tezdir.
27 «Endi hech nolimayman,
Qaygʻuli chehram yorishsin,
Xursand boʻlay», degim keladi,
28 Lekin yanada koʻproq keladigan gʻam–alamdan qoʻrqaman.
Axir, Sen meni aybsiz hisoblamaysan.
29 Modomiki, aybdor ekanman,
Harakat qilishimdan nima foyda bor?
30 Qor suvida choʻmilib,
Qoʻllarimni sovun bilan yuvsam–da,
31 Ey Xudo, Sen meni loy chuqurga tashlaysan,
Hatto kiyimlarim ham mendan nafratlanadi.
32 Xudo inson emaski, men U bilan bahslashsam,
Men bilan daʼvolashgin deb, Uni chaqirsam.
33 Ikkimiz oramizda hakam yoʻqki,
Bizni ajrim qilsa.
34 Hakam boʻlganda, Xudoning tayogʻini ustimdan olib tashlagan boʻlardi,
Oʻshanda Xudo meni boshqa dahshatga solmasdi.
35 Qoʻrqmasdan Unga gapira olgan boʻlardim,
Lekin hozirgi ahvolimda unday qilolmayman.