10–BOB
Isroil gunohkorligi uchun surgun qilinadi
1 Isroil gurkiragan,
Hosildor tok kabidir.
Ammo hosili koʻpaygani sari,
U koʻplab qurbongohlar qurdi.
Yurti ravnaq topgani sari,
Butsimon toshlariga zeb berdi.
2 Sadoqatsiz bu xalq endi taʼzirini yeydi.
Egamiz qurbongohlarini vayron qiladi,
Butsimon toshlarini sindirib tashlaydi.
3 Koʻp oʻtmay ular aytishadi:
“Biz Egamizdan qoʻrqmadik,
Shuning uchun shohimizdan ayrilib qoldik.
Ammo shohning qoʻlidan nima ham kelardi?!”
4 Ular bemaʼni gaplar gapirmoqda,
Soxta qasamlar ichib, ahdlar tuzishmoqda.
Natijada egatlardagi zaharli oʻtday,
Daʼvolar unib chiqmoqda.
5 Samariya ahli
Bayt–Obundagi oltin buzogʻidan xavotir oladi,
Uning uchun ular aza tutishadi.
Butidan xursand boʻlgan ruhoniylar ham
But surgun boʻlganidan yigʻlashadi.
6 Butning oʻzi Ossuriyaga olib ketiladi,
Buyuk shohga taqdim qilinadi.
Efrayim sharmanda boʻladi,
Umidini butga bogʻlagani uchun
Isroil uyatga qoladi.
7 Samariya shohi suvga gʻarq boʻlgan payrahaday
Halok boʻladi.
8 Isroilning gunohiga sabab boʻlgan
Obundagi sajdagohlar yoʻq qilinadi.
Qurbongohlarini yantogʻu tikan bosadi.
Odamlar togʻlarga: “Bizni bosib qolinglar!” deya baqirishadi.
Qirlarga: “Ustimizga qulanglar!” deb yolvorishadi.
Isroil ustidan Egamiz Oʻz hukmini eʼlon qiladi
9 Egamiz shunday demoqda:
“Ey Isroil, sen Givoda gunoh qila boshlading ,
Oʻsha yerda gunohdan chiqmay qoldi sening boshing.
Givodagi jinoyatchilar jazosini olganday,
Sen ham jazodan qochib qutula olmaysan.
10 Men xohlagan paytimda jazoingni beraman.
Senga qarshi xalqlarni birlashtiraman.
Ikki barobar koʻpaygan jinoyatlaring uchun
Dushmanlar senga kishan soladi.
11 Efrayim oʻrgatilgan buzoqqa oʻxshardi,
Yanchishni u xoʻp yaxshi koʻrardi .
Mana endi uning goʻzal boʻyniga,
Men boʻyinturuq taqaman.
Endi unga omoch torttiraman .
Qani, Yahudo shudgor qilsin!
Efrayim oʻzi uchun mola bossin!
12 Ey Isroil, oʻzingiz uchun solihlik urugʻini eking,
Cheksiz sevgini oʻrib oling.
Haydalmagan yeringizga ishlov bering,
Vaqt keldi! Men, Egangizga intiling!
Shunda Men oldingizga boraman,
Yomgʻir yogʻdirganday, sizga najot beraman.
13 Sen yovuzlikni ekding,
Adolatsizlikni oʻrib olding,
Yolgʻonning mevasidan yeding.
Sen oʻz kuchingga tayanganing uchun,
Son–sanoqsiz sipohlaringga ishonganing uchun,
14 Jangu jadallar seni chetlab oʻtmaydi.
Shoh Shalman Bayt–Arbelni jangda vayron qilganday ,
Xotinlarni bola–chaqalari bilan toshga urib oʻldirganday,
Hamma shaharlaring vayron boʻladi.
15 Ey Baytil , sen qabihliklar qilganing uchun,
Bu kunlar boshingga tushadi.
Tong otgach, ey Isroil, shohing oʻldiriladi.”