8–BOB
Shoh yahudiylarni himoya qiladi
1 Oʻsha kuni shoh Axashverash yahudiylar dushmani Xomonning mol–mulkini malika Esterga inʼom qildi. Mardoxay shoh huzuriga kirib chiqadigan boʻldi. Chunki malika Mardoxayning oʻziga qarindosh ekanini aytgan edi.
2 Shoh Xomondan qaytarib olgan muhr uzugini barmogʻidan chiqarib Mardoxayga berdi. Ester esa Mardoxayni Xomonning mol–mulki ustidan boshqaruvchi qilib tayinladi.
3 Ester shoh bilan yana gaplashdi. Shohning oyogʻiga yiqilib: “Oʻgax naslidan boʻlgan Xomonning yahudiylarga qarshi oʻylagan xusumatini va rejasini daf qiling”, deb yigʻlab yolvordi. 4 Shoh saltanatning oltin hassasini Ester tomon uzatgan edi, Ester oʻrnidan turib, shohning qarshisiga keldi 5 va aytdi:
— Agar shohimiz maʼqul koʻrib, mendan mamnun boʻlsalar, bu ishni oʻrinli deb bilsalar, oʻzlariga yoqqan boʻlsam, Oʻgax naslidan Xamadoto oʻgʻli Xomonning shohlik hududidagi hamma yahudiylarni qirib tashlash toʻgʻrisida qasddan yozgan maktubini bekor qilish uchun boshqa maktub yozilsin. 6 Axir, xalqimning boshiga tushadigan kulfatni tomosha qilib chidab tura olamanmi?! Qabiladoshlarim oʻldirilayotganda, guvoh boʻlib tura olamanmi?!
7 Shunda shoh Axashverash malika Esterga va yahudiy Mardoxayga aytdi:
— Xomonning mol–mulkini Esterga berdim. Xomon esa yahudiylarni qirib tashlamoqchi boʻlgani uchun uni dorga ostirdim . 8 Endi shoh nomidan yahudiylar toʻgʻrisidagi maktubni oʻzlaringizga maʼqul keladigan tarzda yozib, shohning uzugi bilan muhrlanglar. Shoh nomidan yozilib, shohning uzugi bilan muhrlangan maktubni hech kim oʻzgartirishi mumkin emas.
9 Shundan soʻng uchinchi oyda — Shavon oyining yigirma uchinchi kuni shohning mirzalari chaqirildi. Hindistondan Habashistongacha boʻlgan bir yuz yigirma yetti viloyatdagi yahudiylarga, noiblarga, hokimlarga, viloyatlarning beklariga xuddi Mardoxay buyurganiday maktub yozildi. Maktub har bir viloyat xalqining yozuvi va tilida, yahudiylarga ham oʻzlarining yozuvida va tilida yozildi. 10 Mardoxay shoh Axashverash nomidan maktubni yozdirgach, shohning uzugi bilan muhrladi va shohning yilqisidagi uchqur otlarga choparlarni oʻtqazib joʻnatdi.
11 Shoh maktubda yahudiylarga hamma shaharlarda toʻplanib, oʻzlarini himoya qilishlariga huquq berdi. Bundan tashqari, yahudiylarga hujum qiladigan har qanday dushman xalqning yoki yurtning qurolli kuchlarini, bolalarini va ayollarini yoʻq qilishga, oʻldirishga, mol–mulkini talon–taroj qilishga, qirib tashlashga ijozat berdi. 12 Buning uchun shoh Axashverashning qoʻli ostidagi hamma yurtlarda bir kun — oʻn ikkinchi oyning, yaʼni Adar oyining oʻn uchinchi kuni belgilandi. 13 Ushbu farmon matni har bir viloyatga, barcha xalqlarga qonun oʻrnida eʼlon qilindi. Shunday qilib, yahudiylar oʻsha kuni oʻz dushmanlaridan qasos olishga tayyor turishlari kerak edi.
14 Choparlar shohning uchqur otlariga mindilar–u, uning farmoniga koʻra, toʻrt tomonga yelib ketdilar.
Shushandagi qalʼada ham farmon eʼlon qilindi. 15 Mardoxay koʻk va oq rangli shohona liboslarga burkanib, katta oltin tojni kiyib, safsar rangli zigʻir ridoga oʻranib, shoh huzuridan chiqdi. Shushanda xursandchilik, shodu xurramlik hukm surardi. 16 Bundan yahudiylarning qalbi umidga toʻldi, shodu xurram, vaqti chogʻ boʻldi, ular uchun sharafli kunlar boshlangan edi. 17 Hamma viloyatlarda, har bir shaharda, shohning amru farmoni yetib borgan har qanday joyda yahudiylar shodu xurram boʻlib, oʻynab–kuldilar, ziyofatlar uyushtirdilar, bayram qildilar. Shohlikdagi koʻp xalqlar yahudiy boʻldi, chunki hammani yahudiylardan qoʻrquv hissi qamrab olgan edi.