5–BOB
Samoviy maskanimiz
1 Bilamizki, biz makon qilgan bu tanamiz yer yuzidagi bir kulbadaydir. Bu kulba xarob boʻlganda, Xudo samoda bizga qoʻl bilan qurilmagan mangu bir uy beradi. 2 Biz samoviy maskanimizga yetishishni kutib, bu yerdagi kulbada, yaʼni tanamizda oh chekib yuribmiz. 3 Xudo bizga samoviy tana beradi, ruhimiz maskansiz qolmaydi. 4 Bu tanamizda ekanmiz, xuddi ogʻir yuk ostida qolgandek oh–nola chekamiz. Oʻlishni xohlamaganimiz uchun ohu nola qilamiz. Samoviy tana darhol bu moddiy tananing oʻrnini olishini istaymiz. Axir, oʻshanda mangu tana foniy tananing oʻrnini egallaydi. 5 Xudo bizni mana shu maqsad uchun yaratgan va bunga kafil sifatida bizga Muqaddas Ruhni ato qilgan.
6 Biz bu tanada boʻlganimizda samoviy maskanimizdan va Egamizdan uzoqda ekanligimizni bilsak ham ishonchimiz barqaror. 7 Axir, biz koʻzga koʻrinadigan narsalarga emas, balki imonimizga tayanib hayot kechiramiz. 8 Ha, ishonchimiz barqaror, shuning uchun bu tanalarimizni tashlab, Egamiz bilan birga samoda maskan qilishni afzal koʻramiz. 9 Xoh mana shu foniy tanada boʻlaylik, xoh abadiy maskanda boʻlaylik, bizning maqsadimiz Egamizni mamnun qilishdir. 10 Chunki har birimiz Masihning hukm kursisi oldida hozir boʻlishimiz kerak. Shunda har birimiz qilgan yaxshi yoki yomon ishlarimizga yarasha mukofot yoki jazo olamiz.
Xudo bilan yarashish
11 Biz Xudodan qoʻrqish nimaligini bilganimiz uchun boshqalarni ham Xushxabarga ishonishga daʼvat qilamiz. Biz qanday odam ekanligimiz Xudoga ayondir, umid qilamanki, sizlar ham bizning qandayligimizni ochiq–oydin bilasizlar. 12 Biz oʻzimizga oʻzimiz tavsiya bermayapmiz. Aksincha, biz bilan faxrlanish imkonini sizlarga beryapmiz. Shunda qalbidagi oʻy–xayolu fazilatlar bilan emas, balki tashqi qiyofasi bilan maqtanadigan insonlarga sizlar oʻrinli javob bera olasizlar.
13 Agar biz boshqalarga aqldan ozganday koʻrinsak, bu Xudoga shuhrat keltirish uchundir. Aqlimiz joyida boʻlsa, bu sizlarning manfaatingiz uchundir. 14 Axir, Masihning bizga boʻlgan muhabbati bizni ragʻbatlantiradi. Bir Odam hamma uchun oʻlgan boʻlsa, demak, biz hammamiz oʻlganmiz degan xulosaga keldik. 15 Ha, Masih hamma uchun oʻldi, toki yashayotganlar endi oʻzlari uchun emas, balki ular uchun oʻlgan va tirilgan Masih uchun yashasinlar.
16 Shu sababdan endi biz hech kimga insoniy nuqtayi nazardan baho bermaymiz. Bir vaqtlar Masihga ham insoniy nuqtayi nazardan baho bergan edik, endi esa unday qilmaymiz. 17 Binobarin, kim Masihga tegishli boʻlsa, u yangi ijoddir. Eski hayot oʻtib ketdi, yangisi esa boshlandi.
18 Bularning hammasi Xudodandir. U Masih orqali bizni Oʻzi bilan yarashtirdi hamda boshqalarga Xudo bilan yarashish yoʻlini koʻrsatish xizmatini bizga berdi. 19 Ha, Xudo insonlarni gunohlari uchun jazolamadi, aksincha, Masih orqali dunyoni Oʻzi bilan yarashtirdi. Yarashish haqidagi bu xabarni yetkazishni esa bizga topshirdi. 20 Shunday qilib, biz Masihning elchilarimiz, Xudo biz orqali insonlarga murojaat etyapti. Masih nomidan yolvoryapmiz: sizlar ham Xudo bilan yarashinglar. 21 Axir, Xudo bizni Masih orqali oqlash uchun begunoh Masihni gunohkorni jazolaganday, jazoladi .