8–BOB
Shunamlik ayol qaytib keladi
1 Elishay oʻzi tiriltirgan bolaning onasiga shunday degan edi:
— Tur oʻrningdan, oʻzing va xonadoning ahli bilan birga joʻna. Qayerda yashay olsang, oʻsha yerda yashayver, chunki Egamiz yurtga yetti yil qahatchilik yuborishga qaror qildi.
2 Ayol paygʻambarning aytganlariga quloq soldi. Uning oʻzi va xonadoni ahli Filistlar yeriga borib, u yerda yetti yil istiqomat qildi. 3 Oradan yetti yil oʻtgach, oʻsha ayol Filistlar yeridan qaytib keldi. Soʻng uyimni va dalamni qaytarib olay deb, shoh huzuriga keldi.
4 Shu paytda shoh Elishayning xizmatkori Gaxazi bilan gaplashayotgan edi:
— Elishay qilgan hamma ajoyibotlar haqida menga aytib ber–chi, — dedi shoh. 5 Paygʻambar oʻlikni qanday tiriltirganini Gaxazi shohga gapirayotgan edi, haligi ayol shohdan oʻz uyi va dalasini qaytarib olish uchun soʻrab kelib qoldi.
— Shoh hazratlari! — dedi Gaxazi. — Bu oʻsha ayoldir. Ana, Elishay tiriltirgan oʻgʻli ham yonida turibdi.
6 Shoh ayoldan boʻlib oʻtgan voqealarni soʻradi. Ayol shohga hammasini aytib berdi. Shundan soʻng shoh saroy amaldorlaridan birini chaqirib, ayol bilan birga joʻnatar ekan, amaldorga amr berdi:
— Bu ayolning hamma narsasi, bu yurtdan chiqib ketgan kundan boshlab bugungacha olingan jamiki daromadi bilan birga dalasi qaytarilsin.
Elishay va Oram shohi Banhadad
7 Elishay Damashqqa keldi. Oram shohi Banhadad xasta edi. “Paygʻambar shu yerga kelibdi”, deb shohga xabar yetkazishdi. 8 Shoh shunda Xazayil degan odamga dedi:
— Birorta hadya olgin–da, paygʻambarga peshvoz chiq. U orqali Egamizdan soʻrab koʻr–chi, men shu kasallikdan xalos boʻlarmikanman.
9 Xazayil Damashqdagi eng yaxshi hadyalardan qirqta tuyaga yuklab, Elishayni kutib olgani ketdi. Elishayning oldiga kelgach, unga shunday dedi:
— Oram shohi — qulingiz Banhadad meni sizning huzuringizga yubordi. “Shu kasallikdan xalos boʻlarmikanman yoki yoʻqmikan, bilib kel”, dedi.
10 — Shohning huzuriga borib, albatta sogʻayib ketarkansiz, deb ayt, — dedi Elishay Xazayilga, — lekin Egamiz menga ayon qildi: shoh oʻladi.
11 Xazayil uyatdan qizarguncha, Elishay uning yuziga tik qarab turaverdi. Keyin paygʻambar yigʻlay boshladi.
12 — Hazratim nechun yigʻlayaptilar? — deb soʻradi Xazayil.
— Isroil xalqiga qiladigan yovuzliklaringni bilganim uchun yigʻlayapman, — dedi Elishay. — Sen Isroil xalqining qalʼalariga oʻt qoʻyasan, yigitlarini qilichdan oʻtkazasan, goʻdaklarini yerga urib oʻldirasan, homilador ayollarning qornini yorib tashlaysan.
13 — Koʻppakdan farq qilmaydigan men, qulingiz, kim boʻlibmanki, shunaqa ishlarni qila olar ekanman?! — dedi Xazayil.
— Egamiz menga ayon qildi: sen Oram shohi boʻlasan , — deya javob berdi Elishay.
14 Xazayil Elishayning huzuridan chiqib, hukmdori Banhadadning yoniga qaytib keldi.
— Elishay senga nima dedi? — soʻradi shoh Xazayildan.
— U menga aytdiki, siz albatta sogʻayib ketarkansiz, — deb javob berdi Xazayil. 15 Ertasi kuni Xazayil koʻrpani olib, suvga botirdi–da, hoʻl koʻrpani shohning yuziga yopib, uni boʻgʻdi. Shunday qilib, Xazayil shohni oʻldirib, uning oʻrniga oʻzi shoh boʻldi.
Yahudo shohi Yohuram
16 Yohushafat hali Yahudo shohi boʻlib turganda, uning oʻgʻli Yohuram ham taxtga oʻtirdi . Bu voqea Isroil shohi Yoram hukmronligining beshinchi yilida yuz berdi. 17 Yohuram Yahudo shohi boʻlganda, oʻttiz ikki yoshda edi. U Quddusda sakkiz yil hukmronlik qildi.
18 Xotini Axabning qizi boʻlgani uchun Yohuram ham, Axab xonadoni singari, Isroil shohlari yoʻlidan yurib, Egamiz oldida qabihliklar qildi. 19 Egamiz Oʻz quli Dovud haqi–hurmati uchun Yahudoni halokatga uchratishni istamadi, chunki Egamiz Dovudga: “Sening naslingga to abad soʻnmaydigan chiroq beraman”, deb vaʼda qilgan edi.
20 Yohuram davrida Edom Yahudo shohligiga qarshi isyon qildi. Edom xalqi oʻzlarining mustaqil shohligini qurdilar. 21 Shundan soʻng Yohuram hamma jang aravalarini boshlab Zoirga bordi. Edom lashkari Yohuramni va uning jang aravalari sardorlarini oʻrab olgan edi, lekin Yohuram tunda hujum qilib, qamalni yorib chiqdi. Yahudo lashkari uylariga qochib ketdi. 22 Oʻsha paytdan beri hozirgacha Edom xalqi Yahudo hukmronligidan ozoddir. Oʻsha davrda Libna shahri ham isyon koʻtargan edi.
23 Yohuramning boshqa ishlari, butun faoliyati “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 24 Yohuram olamdan oʻtdi. U Dovud qalʼasida, ota–bobolari yoniga dafn qilindi. Uning oʻrniga oʻgʻli Oxoziyo shoh boʻldi.
Yahudo shohi Oxoziyo
25 Isroil shohi Yoram oʻn ikkinchi yil shohlik qilayotganda, Oxoziyo Yahudo shohi boʻldi. U Yohuramning oʻgʻli edi. 26 Oxoziyo taxtga oʻtirganda, yigirma ikki yoshda edi. U Quddusda bir yil shohlik qildi. Onasining ismi Otaliyo boʻlib, Isroil shohi Omrining nevarasi edi. 27 Oxoziyo ham Axab xonadonining yoʻlidan ketdi. Axab nasliga oʻxshab, Egamiz oldida qabihliklar qildi. Chunki u Axab xonadoniga qarindosh edi.
28 Oxoziyo bilan Yoram birga Giladdagi Ramoʻtga borib, Oram shohi Xazayilga qarshi urush ochdi. Shoh Yoram shu urushda yarador boʻldi. 29 U yarasini davolatish uchun Yizril shahriga qaytib keldi. Yahudo shohi Oxoziyo esa yaralangan Yoramni koʻrgani Yizrilga bordi.