8–BOB
Ezra xalqqa Tavrotni oʻqib beradi
1 Yettinchi oyda Isroil xalqi oʻz shaharlarida oʻrnashib olgandan keyin, 8:1 butun xalq Suv darvozasi oldidagi maydonda toʻplandi. Ular tafsirchi Ezraga: “Isroil xalqiga Muso orqali Egamiz bergan Tavrotni olib keling”, deb aytdilar. 2 Shunday qilib, yettinchi oyning birinchi kunida ruhoniy Ezra Tavrotni jamoa oldiga olib keldi. Erkagu ayol, esini tanigan hamma odam shu yerda edi. 3 Ezra Suv darvozasining oldidagi maydonda sahardan peshingacha jamoaga Tavrotni oʻqib berdi. Jamiki xalq diqqat bilan quloq solib tingladi. 4 Tafsirchi Ezra yigʻin uchun tayyorlangan baland yogʻoch supa ustida turardi. Uning oʻng tomonida Mattitiyo, Shama, Onoyoh, Uriyo, Xilqiyo, Masiyo va chap tomonida Podiyo, Mishail, Malkiyo, Xashum, Xashbaddanax, Zakariyo, Mashullom turar edilar.
5 Ezra baland supa ustida turgani uchun jamiki xalq uni koʻrib turar edi. U butun xalqning koʻzi oldida Tavrot kitobini ochdi. Ezra kitobni ochganda, butun xalq oʻrnidan turdi. 6 Soʻngra Ezra ulugʻvor Xudo — Egamizni olqishladi, jamiki xalq qoʻllarini koʻtarib, “Omin, Omin”, dedi. Soʻng xalq ikki bukilib, Egamizga taʼzim qildi.
7 Xalq joyida turar ekan, levilar — Yeshuva, Banix, Sharaviyo, Yomin, Oqquv, Shabbatay, Xoʻdiyo, Masiyo, Kilit, Ozariyo, Yoʻzabad, Xanon va Paliyo xalqqa Tavrotni tushuntirar edilar. 8 Ular Xudoning Tavrot kitobidan oʻqib, oʻqiganlarini tarjima qilib berardilar , Tavrotning mazmunini tushuntirardilar, shuning uchun xalq oʻqilganlarni tushundi.
9 Butun xalq Tavrot soʻzlarini eshitganlarida yigʻladi. Lekin hokim Naximiyo , ruhoniy va tafsirchi boʻlgan Ezra, shuningdek, xalqqa Tavrotni tushuntirgan levilar butun jamoaga aytdilar: “Bugungi kun Egangiz Xudoga bagʻishlangan muqaddas kundir, shuning uchun qaygʻurmanglar, yigʻlamanglar.” 10 Keyin Ezra xalqqa dedi: “Endi uylaringizga qaytib boringlar, yogʻli taomlar yeb, shirin sharob ichinglar. Hech narsa tayyorlamaganlarga taomlaringizdan beringlar. Bugungi kun Rabbimizga bagʻishlangan muqaddas kundir. Bugun qaygʻurmanglar, axir, Egamiz tufayli topgan sevinchingiz najot qoʻrgʻoningizdir.” 11 Levilar ham jamiki xalqqa: “Xotirjam boʻlinglar, qaygʻuga botmanglar, chunki bu kun muqaddasdir”, deb tasalli berdilar. 12 Jamiki xalq Tavrotdan eshitgan soʻzlarini anglab tushunganlari uchun yeb–ichgani, taom ulashib, katta xursandchilik qilgani uylariga ketishdi.
Chayla bayrami
13 Ertasi kuni jamiki xalqning urugʻboshilari, ruhoniylar va levilar Tavrot soʻzlarini oʻrganish uchun tafsirchi Ezraning huzuriga kelishdi. 14 Ular Tavrotni oʻrganib, Muso orqali Egamiz bergan Chayla bayrami haqidagi amrni topdilar. Bu amrga koʻra , Isroil xalqi yettinchi oyda nishonlanadigan Chayla bayrami kunlarida chaylalarda yashashlari kerakligini bildilar. 15 Bundan tashqari, Quddusda va Isroil xalqining hamma shaharlarida quyidagilar eʼlon qilinishi kerakligini ham bilib oldilar: “Tavrotda yozilgan koʻrsatmalarga muvofiq, qirlarga chiqinglar, chaylalar yasash uchun zaytun daraxti, mirta butasi , palma daraxtining va boshqa daraxtlarning shox–shabbalaridan olib kelinglar.” 16 Shunday qilib, xalq borib, shox–shabbalar olib keldi va oʻzlari uchun chaylalar yasashdi. Ular chaylalarni uylarining tomlarida , hovlilarida, Xudoning uyi hovlisida, Suv darvozasi yonidagi maydonda, Efrayim darvozasi yonidagi maydonda yasadilar. 17 Surgundan qaytgan hamma odamlar chaylalar yasab, oʻsha chaylalarda yashadilar. Nun oʻgʻli Yoshua davridan beri Isroil xalqi bunday bayramni nishonlamagan edi. Hamma gʻoyat xursand edi. 18 Ezra har kuni — bayramning birinchi kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan oʻqib berdi. Tavrotda talab qilinganiday, ular yetti kun bayramni nishonladilar, sakkizinchi kuni muqaddas yigʻin boʻldi.