24–BOB
Ikki savat anjir
1 Egamiz menga Maʼbad oldida turgan ikki savat anjirni koʻrsatdi. Bu voqea Bobil shohi Navuxadnazar Quddusdagi Yahudo shohi Yohayixinni , Yahudo aʼyonlarini, hunarmandlaru temirchilarni Bobilga asir qilib olib ketgandan soʻng sodir boʻldi. Shoh Yohayixin Yohayiqimning oʻgʻli edi. 2 Men koʻrgan savatlarning birida yaxshi chillaki anjirlar, boshqasida esa yomon, yeb boʻlmaydigan anjirlar bor edi.
3 Egamiz mendan:
— Yeremiyo, nimani koʻryapsan? — deb soʻradi.
— Anjirlarni, — deb javob berdim men. — Yaxshi anjirlar nihoyatda yaxshi ekan, yomonlari esa yeb boʻlmaydigan darajada irib ketgan ekan.
4 Shunda Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi: 5 Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday demoqda: “Bobilliklarning yurtiga surgun boʻlgan Yahudo asirlari oʻsha yaxshi anjirlarga oʻxshaydi. Men ularga iltifot koʻrsataman. 6 Nazarimni solib, yaxshilik qilaman, ularni bu yurtga qaytarib olib kelaman. Ularni yoʻq qilmayman, balki qayta bunyod etaman. Qoʻporib tashlamayman, balki barqaror qilaman. 7 Qalblariga Meni bilish istagini solaman, ular Meni Egamiz deb tan oladilar. Butun qalblari bilan Menga qaytadilar. Ular Mening xalqim boʻladi, Men esa ularning Xudosi boʻlaman.”
8 Ammo Yahudo shohi Zidqiyo toʻgʻrisida, uning aʼyonlari, Quddusning omon qolgan aholisi va Misrga qochib borganlari toʻgʻrisida Egamiz shunday demoqda: “Ular yeb boʻlmaydigan anjirlarga oʻxshaydi. Irigan anjirlarni nima qilishsa, Men ham ularni shunday qilaman. 9 Ularning boshiga shunday kulfat solamanki, buni koʻrgan yer yuzidagi barcha xalqlar dahshatga tushadi. Men ularni tarqatib yuborgan hamma joyda odamlar ularning ustidan kuladi, ularni mazax qiladi, xor qiladi, nomini qargʻishlarda ishlatadi. 10 Men ularga va ota–bobolariga bergan yurtdan ularni qirib tashlamagunimcha boshlariga urush, ocharchilik va oʻlat yuboraman.”