35–BOB
Elixu Ayubga Xudoning adolatli ekanini eslatadi
1 Elixu gapini davom ettirib, shunday dedi:
2 “Ey Ayub: «Xudoning oldida aybsizman»,
— deb aytishingiz notoʻgʻri.
3 Siz Xudoga: «Gunohsizligim
Menga yaxshilik keltirishi kerak edi–ku!
Ammo men yomonlik koʻrdim!»
— deb aytishingiz ham toʻgʻri emas.
4 Siz va doʻstlaringiz gapimni eshitinglar.
5 Osmonga qarab koʻringlar,
Sizlardan ancha tepada boʻlgan bulutlarga qaranglar.
6 Itoatsizlik qilsangiz, Xudoga nima zarar?
Gunohlaringiz koʻpaysa, Xudoga nima?
7 Bordi–yu, solih boʻlsangiz, Unga nima qilib berardingiz?
U sizning qoʻlingizdan biror narsa olishga zormi?
8 Fosiqligingizdan faqat insonlar qiynaladi.
Solihligingiz ham faqatgina insonlarga madad beradi.
9 Zulm haddan tashqari koʻp boʻlgani uchun odamlar faryod qiladi.
Zoʻravonlarning qoʻlidan qutqaringlar, deb yordam soʻraydi.
10 Ammo hech kim Yaratuvchiga yolvormaydi.
Tunlari umid beradigan Xudoga iltijo qilmaydi.
11 U esa yer yuzidagi jonivorlarga qaraganda bizga koʻproq bilim bergan–ku!
Bizni osmondagi qushlardan aqlliroq qilgan–ku!
12 Zulm ostida qolgan insonlar faryod qilishsa ham, Xudo javob bermaydi.
Axir, ularning oʻzlari takabbur va fosiqdir.
13 Xudo bunday insonlarning puch soʻzlariga umuman quloq solmaydi,
Qodir Xudo ularga eʼtibor bermaydi.
14 Ey Ayub! Siz: «Xudoni koʻrmayapman», deysiz.
Daʼvoingizni Unga keltirdingiz, endi sabr qiling!
15 Siz: «Xudo gʻazabini sochmayapti,
Fosiqlikka zarracha eʼtibor bermayapti», deb oʻylaysiz.
16 Shunday qilib, Ayub bemaʼni gaplarni gapiryapti.
Hech nima bilmay turib, gapni koʻpaytiryapti.”