11–BOB
Dovud bilan Botsheva
1 Bahor boshlanib, shohlar urushga ketadigan payt ham boʻldi. Dovud lashkarboshilariga va butun Isroil qoʻshiniga Yoʻabni bosh qilib, urushga yubordi. Ular Ommon lashkarini yakson qilib, Rabba shahrini qamal qilishdi. Dovudning oʻzi Quddusda qolgan edi.
2 Bir kuni oqshom payti Dovud yotogʻidan chiqdi–da, saroy tomiga koʻtarilib shaharni tomosha qila boshladi. Birdan choʻmilayotgan bir ayolni koʻrib qoldi. Ayol juda goʻzal edi. 3 Dovud bittasiga:
— Borib bil–chi, u kim ekan, — deb joʻnatdi. Oʻsha odam qaytib kelib:
— U ayol Eliyomning qizi, Xet xalqidan boʻlgan Uriyoning xotini, ismi Botsheva ekan, — dedi.
4 Dovud: “Ayolni olib kelinglar”, deb xizmatkorlarini joʻnatdi. Ayolni Dovudning huzuriga olib kelishdi. Ayol hayz koʻrgan boʻlib, tozalanish rasm–rusumlarini endi tugatgan ekan . Dovud u bilan birga boʻldi. Keyin ayol uyiga qaytdi. 5 Ayol homilador boʻlganini bildi va bu haqda Dovudga xabar berdi.
6 Dovud Yoʻabga, Xet xalqidan boʻlgan Uriyoni mening oldimga yubor, deb xabar yoʻlladi. Yoʻab Uriyoni Dovudning oldiga joʻnatdi. 7 Uriyo kelgandan keyin, Dovud undan Yoʻab va sipohlarning ahvolini, urushning qanday borayotganini soʻradi. 8 Soʻng Uriyoga:
— Uyingga bor, dam ol, — dedi.
Uriyo saroydan chiqqach, shoh uning orqasidan hadyalar joʻnatdi. 9 Lekin Uriyo uyiga ketmadi, shohning soqchilari bilan birga saroy darvozasi yonida uxlashga qoldi. 10 Dovudga, Uriyo uyiga ketmabdi, deb xabar yetkazishdi. Dovud Uriyodan:
— Sen safardan kelding–ku, nega uyingga bormading? — deb soʻradi. 11 Uriyo shunday javob berdi:
— Xudoning Sandigʻi ham, Isroil va Yahudo sipohlari ham chodirlarda qoldi, lashkarboshim Yoʻab bilan janobi oliylarining odamlari yap–yalang maydonda chodir tikib yotishibdi. Ahvol shunaqaligini bila turib, men yeb–ichish, xotinim bilan birga boʻlish uchun uyimga borsam yaxshi boʻlmas. Ont ichib aytamanki, zinhor bunday ish qilmayman.
12 Shundan keyin Dovud:
— Bugun shu yerda qol, ertaga seni joʻnatib yuboraman, — dedi.
Uriyo oʻsha kuni Quddusda qoldi. 13 Ertasiga Dovud Uriyoni yana chaqirib, yedirib–ichirdi. Uriyo mast boʻlib qoldi. Kech kirgach, Uriyo tagʻin uyiga ketmay, shoh soqchilari yonidagi oʻrnida uxladi.
14 Ertasiga ertalab Dovud Yoʻabga bir maktub yozib, Uriyo orqali berib yubordi. 15 Maktubning mazmuni shunday edi: “Uriyoni urush qizigan joyga yuborgin–da, bir oʻzini qoldir, toki u yaralanib halok boʻlsin.”
16 Yoʻab shaharni qurshab olgan edi. Uriyoni gʻanimning kuchli lashkari egallagan yerga yubordi. 17 Gʻanim lashkari shahardan chiqib kelib, Yoʻabning sipohlari bilan jang qildi. Gʻanim lashkari Dovudning odamlaridan baʼzilarini oʻldirdi, Xet xalqidan boʻlgan Uriyo ham oʻldirildi.
18 Yoʻab urushning borishi haqida Dovudga xabar berish uchun bir odamni joʻnatayotib, unga 19 shunday deb tayinladi:
— Sen urushga oid hamma xabarlarni shohga ayt. 20 Lekin shoh gʻazablanib, senga shunday deb aytib qolishi mumkin: “Ular bilan jang qilish uchun nimaga shaharga bunchalik yaqin bordingizlar? Ular shahar devoridan turib oʻq otishlarini bilmasmidingizlar? 21 Gidoʻnning oʻgʻli Abumalekni kim oʻldirgan edi? Esingizda yoʻqmi, Tavozda bir ayol Abumalekning ustiga devor tepasidan tegirmon toshini tashlab yuborib oʻldirgandi–ku! Shunday ekan, nima uchun devorga bunchalik yaqin bordingizlar?” Agar shu gaplarni aytsa, sen: “Qulingiz Uriyo ham oʻldi”, deysan.
22 Xabarchi joʻnab ketdi. Dovudning huzuriga yetib borgach, Yoʻab nima deb buyurgan boʻlsa, hammasini oqizmay–tomizmay shohga aytib berdi:
23 — Ommonlar bizdan ustun keldi, shahardan chiqib biz bilan dashtda jang qildi. Keyin ularni shahar darvozasigacha quvib bordik. 24 Shu paytda Ommonlarning merganlari shoh hazratlarining odamlarini devordan turib oʻqqa tutishdi. Odamlaringizdan baʼzilari oʻldi, qulingiz Uriyo ham oʻldi, — dedi.
25 — Yoʻabga ayt, — dedi Dovud xabarchiga. — Roʻy bergan hodisadan uning koʻngli choʻkmasin. Jang qurbonsiz boʻlmaydi. Shaharga hujumni kuchaytirib, yer bilan yakson qilsin. Shunday deb, unga dalda ber.
26 Uriyoning xotini erining halok boʻlganini eshitib, aza tutdi. 27 Aza muddati tugagach, Dovud ayolni saroyga oldirib keldi. Ayol Dovudga turmushga chiqdi va bir oʻgʻil tugʻdi.
Biroq Dovudning bu qilmishi Egamizga maʼqul kelmadi.