16–BOB
Manna va bedanalar
1 Isroil xalqining butun jamoasi Ilimdan chiqib joʻnadi. Ular Misrdan chiqqanlaridan keyin bir oy oʻtgach , Ilim bilan Sinay togʻi oraligʻidagi Sin sahrosiga yetib keldilar. 2 Ular sahroda turar ekanlar, hammalari mingʻirlab Muso bilan Horundan nolishdi: 3 “Qaniydi Egamiz bizni Misrda oʻldirib qoʻya qolganda edi! Biz Misrda goʻsht solingan qozon boshida oʻtirardik, toʻygunimizcha non yerdik. Sizlar esa, butun jamoa ochlikdan oʻlib ketsin deb, bizni sahroga olib keldingiz.”
4 Shunda Egamiz Musoga:
— Nonni sizlarga osmondan yogʻdiraman! — dedi. — Xalq har kuni chiqib, kunda kerak boʻladigan nonini yigʻishtirib oladi. Shu yoʻl bilan bu xalqni sinayman. Ular Mening koʻrsatmalarimga rioya qiladilarmi, yoki yoʻqmi, koʻraman. 5 Har haftaning oltinchi kuni esa kunda toʻplaganlariga qaraganda ikki hissa koʻp non yigʻishtirib olib, tayyorlab qoʻyadilar.
6-8 Muso bilan Horun jamiki Isroil xalqiga shunday deb aytdilar:
— Sizlar mingʻirlab Egamizdan noligan edingiz, U eshitdi. Endi U kechqurun sizlarga goʻsht beradi. Ertaga ertalab moʻl qilib non beradi. Egamizning buyuk qudratini shunda koʻrasizlar. Sizlarni Misrdan olib chiqqan Egamiz ekanini bilib olasizlar. Ammo biz kim boʻlibmizki, mingʻirlab bizdan noliysizlar?! Biz bor–yoʻgʻi Egamizning xabarchilarimiz, xolos. Bizdan noliganlaringizda, sizlar aslida bizdan emas, Egamizdan noligan boʻlasizlar.
9 Shundan soʻng Muso Horunga dedi:
— Isroil xalqining butun jamoasiga ayt. Egamizning huzuriga kelsin. Egamiz ularning mingʻirlab noliganini eshitdi.
10 Horun Isroil xalqining butun jamoasiga shu gaplarni aytib boʻlishi bilanoq, xalq sahroga qaradi. Shu payt Egamiz ulugʻvorligini bulut ichida zohir qildi. 11 Keyin Egamiz Musoga gapirdi:
12 — Men Isroil xalqining mingʻirlab noliganini eshitdim. Ularga shu gaplarni yetkaz: “Oqshom goʻsht yeysizlar, ertalab esa toʻyguningizcha non yeysizlar. Oʻshanda Egangiz Xudo Men ekanligimni bilib olasizlar.”
13 Shu kuni oqshomda bedanalar uchib kelib, qarorgohni bosib ketdi. Ertasiga ertalab qarorgoh atrofiga shudring tushdi. 14 Shudring koʻtarilgach, yer yuzi laylak qor uchquniga oʻxshash, qirovsimon bir narsa bilan qoplandi. 15 Isroil xalqi bu narsani koʻrganda, nima ekanini bilolmasdan: “Bu nima?” deb bir–birlaridan soʻrayverdilar.
— Tanovul qilishlaringiz uchun Egamiz sizlarga bergan non shudir, — dedi Muso Isroil xalqiga. 16 — Egamiz shunday amr bergan: “Har bir xonadon oʻzi yeydigan nonni olsin. Xonadondagi har bir jon uchun bir omirdan yigʻib olsin.”
17 Isroil xalqi Egamiz amr etganday qildi. Birov koʻproq, birov ozroq yigʻib oldi. 18 Har bir odam uchun omir bilan oʻlchaganlarida, koʻp yigʻib olganlardan hech narsa ortib qolmadi, oz yigʻib olganlar uchun esa yetarli boʻldi. Har bir xonadon keraklisini oldi. 19 Muso yana xalqqa: “Hech kim bu mannadan ertalabgacha qoldirmasin”, — dedi. 20 Ammo baʼzilar Musoning gapiga quloq solmay, ertalabgacha qoldirgan edilar, qoldirgan mannaga qurt tushib, sasiy boshladi. Shunda Muso oʻsha odamlardan gʻazablandi.
21 Mannani har bir xonadon har kuni ertalab ehtiyojiga yarashasini toʻplab olardi. Quyosh yerni qizdirgandan keyin esa, yerda qolgani erib ketardi. 22 Oltinchi kuni esa mannani ikki hissa — jon boshi uchun ikki omirdan yigʻib oldilar. Jamoa oqsoqollari bu toʻgʻrida Musoga xabar berganlarida, 23 Muso ularga aytdi :
— Ertaga Shabbat kuni boʻlgani uchun oltinchi kuni ikki barobar koʻproq manna olish haqida Egamiz xalqqa amr bergan. Shabbat kuni ish qilmay dam olinglar, bu kun Egamizga ajratilgan kundir. Shuning uchun yopadiganingizni bugun yopib olinglar, qaynatadiganingizni bugun qaynatib olinglar. Ortganini saqlab, ertangi kunga qoldiringlar.
24 Shunday qilib, Muso buyurganday, ortganini ertasiga qoldirgan edilar, qolgani na sasidi, na qurtladi.
25 — Bugungi mannangiz shudir, — dedi Muso. — Chunki bugun Egamizga atalgan Shabbat kunidir. Bugun yerda hech narsa boʻlmaydi. 26 Olti kun manna yigʻishtirib olasizlar. Ammo yettinchi kun — Shabbat kuni aslo manna topib boʻlmaydi.
27 Yettinchi kuni ham baʼzilar manna yigʻishtirgani tashqariga chiqdilar, lekin topolmadilar. 28 Shunda Egamiz Musoga:
— Qachongacha Mening amrlarimga va koʻrsatmalarimga itoat etmay yurasizlar?! — dedi. 29 — Men, Egangiz, yettinchi kunni — Shabbatni dam olish kuni qilib, sizlarga berganimni anglab yetmaysizlarmi?! Mana, sizlarga ikki kunga yetarli mannani oltinchi kuni beryapman. Yettinchi kuni har kim uyida boʻlib, dam olishi lozim.
30 Shunday qilib, xalq yettinchi kuni ishlamadi.
Isroil xalqi mannadan xotira uchun saqlab qoʻyadi
31 Isroil xalqi bu yegulikka manna deb nom qoʻydilar. U kashnich urugʻiga oʻxshardi, rangi esa oqish, mazasi asal qoʻshilgan chalpakni eslatardi. Muso Isroil xalqiga aytdi:
32 — Egamiz shunday amr bergan: “Bir omir mannani kelgusi avlodlar uchun saqlab qoʻyinglar, toki Men sizlarni Misrdan olib chiqqanimdan keyin sahroda oʻzlaringizga yedirgan nonni ular koʻrsinlar.”
Shundan keyin Muso Horunga aytdi:
33 — Bir idish olib, ichiga bir omir manna solgin–da, Egamizning huzuriga qoʻy , toki kelgusi avlodlarga saqlanib qolsin.
34 Egamiz Musoga amr etganday, Horun, mannani saqlab qoʻyamiz deb, uni Ahd sandigʻining oldiga qoʻydi.
35 Isroil xalqi keyingi qirq yil davomida, Kanʼon yurtiga yetib borib oʻrnashgunlaricha, manna tanovul qildilar .
36 (Mannani oʻlchash uchun foydalanilgan idish omir deb aytilgan. Bu idish taxminan toʻrt kosaning hajmiga toʻgʻri kelgan.)