1–BOB
Kalom va Nur
1 Azalda Kalom bor edi.
Kalom Xudo bilan birga edi,
Kalom Xudo edi.
2 Azalda U Xudo bilan birga edi.

3 Butun borliq Kalom orqali yaratilgan ,
Usiz yaratilgan biron narsa mavjud emas.

4 Kalom hayot manbai edi,
Bu hayot insonlarning Nuri edi.
5 Nur zulmatda porlaydi,
Axir, zulmat Nurni yengolmadi.

6 Xudo Yahyo ismli bir odamni yubordi. 7 Yahyo Nur haqida shahodat qilgani kelgan edi, toki hamma uning shahodati orqali imon keltirsin. 8 Yahyoning oʻzi Nur emas edi, u faqat Nur haqida shahodat qilgani kelgandi. 9 Har bir odamni yoritadigan haqiqiy Nur dunyoga kelayotgan edi .

10 Ha, Kalom dunyoda edi,
Dunyo U orqali yaratilgandi,
Biroq dunyo Uni tanimadi.
11 U Oʻz yurtiga keldi,
Lekin Oʻz xalqi Uni qabul qilmadi.
12 Ammo Uni qabul qilganlarning hammasiga,
Unga imon keltirganlarga,
U Xudoning farzandi boʻlish huquqini berdi.
13 Ular tana xohishidan emas,
Er xohishidan ham emas,
Tabiiy yoʻl bilan emas ,
Balki Xudodan tugʻilgan farzandlardir.

14 Kalom inson boʻldi,
Oramizda yashadi .
U inoyat va haqiqatga toʻlgandi.
Biz esa Uning ulugʻvorligini koʻrdik.
Bu ulugʻvorlik Otadan kelgan yagona Oʻgʻilga mansub edi.

15 Yahyo U haqda guvohlik berib, baland ovozda dedi: “Mening ketimdan kelayotgan Zot mendan ulugʻdir, chunki U mendan oldin mavjud boʻlgan, deb mana shu Kishi haqida aytgan edim.”

16 Uning cheksiz inoyati tufayli
Biz hammamiz baraka ustiga baraka oldik.
17 Xudo qonunni Muso orqali berdi,
Inoyat va haqiqatni esa
U Iso Masih orqali koʻrsatdi.
18 Hech kim hech qachon Xudoni koʻrgan emas,
Samoviy Otaning bagʻridagi,
Aslida Xudo boʻlgan yagona Oʻgʻil
Uni bizga tanitdi.
Yahyo choʻmdiruvchining guvohligi
19-20 Quddusdagi yahudiylar Yahyoning oldiga ruhoniylarni va levilarni yubordilar. Ular kelib, Yahyodan:
— Sen kimsan? — deb soʻradilar. Yahyo javob berishdan bosh tortmadi. U shahodat berib, ochiq–oydin:
— Men Masih emasman, — deb aytdi. 21 Yana undan:
— Boʻlmasa kimsan? Ilyosmisan? — deb soʻradilar.
— Yoʻq! — dedi u.
— Biz kutayotgan paygʻambarmisan? — deb savol berdilar. U yana:
— Yoʻq! — deb javob berdi.
22 — Unda kimsan? Bizni yuborganlarga javob berishimiz kerak. Sen oʻzing haqingda nima deysan? — deb soʻradilar.
23 — Ishayo paygʻambar aytganiday : “Egamizga toʻgʻri yoʻl oching”, deb choʻlda yangrayotgan ovoz menman, — dedi Yahyo.
24 Farziylar tomonidan yuborilgan bu odamlar 25 Yahyoga dedilar:
— Modomiki, sen Masih ham, Ilyos ham, biz kutgan paygʻambar ham emas ekansan, nega xalqni suvga choʻmdirib yuribsan?
26 Yahyo ularga javoban shunday dedi:
— Men odamlarni suvga choʻmdiryapman, xolos. Lekin orangizda sizlar tanimaydigan bir Zot bor. 27 U mening ortimdan kelyapti , shunday boʻlsa–da, men Uning choriq iplarini yechishga ham arzimayman.
28 Bu hodisa Iordan daryosining sharqiy qirgʻogʻidagi Baytaniya qishlogʻida yuz bergan edi. Yahyo oʻsha yerda odamlarni suvga choʻmdirib yurardi.
Iso — Xudoning qurbonlik Qoʻzisi
29 Ertasi kuni Yahyo Isoning yaqinlashib kelayotganini koʻrib, shunday dedi:
— Ana, Xudoning Qoʻzisi! U dunyoni gunohdan poklaydi! 30 Men ana shu Kishi haqida: “Mening ketimdan kelayotgan Zot mendan ulugʻdir, chunki U mendan oldin mavjud boʻlgan”, deb aytgan edim. 31 Men Uning kimligini bilmas edim. Lekin Uni Isroil xalqiga tanitish maqsadida, men odamlarni suvga choʻmdirgani keldim.
32 Yahyo yana shunday shahodat berdi:
— Men Ruhning osmondan kaptarday uchib kelganini va Uning ustiga qoʻnganini koʻrdim. 33 Oʻsha paytgacha men Uning kimligini bilmas edim. Lekin “Odamlarni suvga choʻmdirasan”, deb meni yuborgan Xudo menga shunday degan edi: “Muqaddas Ruh kimning ustiga tushib qoʻnganini koʻrsang, bilki, Muqaddas Ruhga Choʻmdiruvchi Oʻshadir.” 34 Men buni koʻrdim va sizlarga: “Bu Xudoning Oʻgʻlidir ”, deb aytyapman.
Isoning dastlabki shogirdlari
35 Ertasi kuni Yahyo shogirdlarining ikkitasi bilan yana kechagi joyda edi. 36 U oʻtib ketayotgan Isoga qarab:
— Ana, Xudoning Qoʻzisi! — dedi.
37 Ikkala shogird Yahyoning bu soʻzlarini eshitib, Isoning orqasidan ergashib borishdi. 38 Iso oʻgirilib, ularning ergashib kelayotganini koʻrdi–da, ulardan:
— Sizlarga biron narsa kerakmi? — deb soʻradi.
— Ravviy , Siz qayerda turasiz? — deyishdi ular. (Ravviy “ustoz” demakdir.)
39 — Yuringlar, koʻrasizlar, — dedi Iso.
Ular borib, Isoning turar joyini koʻrganlarida, soat toʻrt boʻlib qolgan edi. Shuning uchun ular oʻsha kuni Iso bilan qolishdi. 40 Yahyodan Iso haqida eshitib, Unga ergashganlardan biri Endrus edi. Endrus Shimoʻnning ukasi edi. 41 U darrov akasi Shimoʻnni topdi–da, unga:
— Biz Masihni topdik, — dedi. (Masih “Xudoning tanlagani” demakdir.) 42 Endrus akasini Isoning oldiga olib keldi. Iso unga qarab:
— Sen Yuhanno oʻgʻli Shimoʻnsan. Sening isming Kifas boʻladi, — dedi.
(Kifas yunonchada Butrus, yaʼni “tosh” demakdir.)
43 Ertasi kuni Iso Jalila hududiga bormoqchi boʻldi. U Filipni uchratib, unga:
— Ortimdan yur! — dedi.
44 Filip Baytsayda shahridan boʻlib, Endrus va Butrusning hamshahari edi. 45 Filip Natanilni topib, unga dedi:
— Muso Tavrot kitobida, boshqa paygʻambarlar ham oʻzlarining bitiklarida bir Zot toʻgʻrisida yozishgan edi. Biz oʻsha Zotni topdik. U Nosira shahridan, Yusuf oʻgʻli Iso ekan!
46 — Nosira shahridan? U yerdan biron yaxshilik chiqarmidi?! — dedi Natanil unga.
— Yur, koʻrasan! — dedi unga Filip.
47 Iso yaqinlashib kelayotgan Natanilni koʻrib, u haqda shunday dedi:
— Ana Isroilning haqiqiy avlodi. U hiyla degan narsani bilmaydi .
48 Natanil Isodan soʻradi:
— Siz meni qayerdan taniysiz?
— Filip seni chaqirmasdan oldin, sen anjir daraxtining tagida eding. Men seni oʻsha yerda koʻrgan edim, — deb javob berdi Iso. 49 Shunda Natanil dedi:
— Ustoz, Siz Xudoning Oʻgʻlisiz! Isroilning Shohisiz!
50 Iso unga javoban dedi:
— Men senga: “Seni anjir daraxti tagida koʻrdim” deganim uchungina ishonyapsan. Sen bundan ham buyuk ishlarni koʻrasan!
51 Soʻng yana shunday deb qoʻshib qoʻydi:
— Sizlarga chinini aytayin: sizlar osmon ochilganini va Xudoning farishtalari Inson Oʻgʻli oldiga tushib–chiqayotganini koʻrasizlar .