23–BOB
Dovudning vasiyati
1 Essay oʻgʻli Dovudning soʻzlari.
Dovudni Xudo yuksaltirgan,
Yoqubning Xudosi moy surtib, shoh qilgan uni,
Dovud Isroilning suyukli qoʻshiqchisi boʻlgan.
Dovudning oxirgi soʻzlari quyidagilardir:
2 “Egamning Ruhi men orqali gapirdi,
Tilimdan Uning kalomi toʻkildi.
3 Isroil xalqining Xudosi men orqali soʻzladi,
Isroilning ishongan Qoyasi menga shunday deb aytdi:
«Insonlarni adolat bilan boshqarayotgan,
Xudodan qoʻrqib shohlik qilayotgan inson
4 Bamisoli tong shafagʻidir,
Musaffo tongda nur sochayotgan quyosh kabidir,
Nurlari yomgʻirdan soʻng tuproqda maysa undirar.»
5 Xonadonim Xudo oldida shunday emasmi?!
Chunki U men bilan abadiy bir ahd tuzgan,
Bu ahd har tomonlama ishonchli, mustahkamdir.
Albatta gʻolib boʻlishim uchun, har qanday tilagimga yetishim uchun,
U shak–shubhasiz menga madad beradi.
6 Shakkoklar uloqtirilajak tikan kabidir,
Chunki ularni qoʻl bilan ushlab boʻlmas.
7 Tikan yigʻmoqchi boʻlgan kishi
Temir asbob yoki nayzaning sopidan foydalanar.
Tikanlarga oʻt qoʻyib, kulini koʻkka sovurar.”
Dovudning “Uch qahramon” va “Oʻttiz qahramon” degan guruhlaridagi bahodir jangchilar
8 Dovudga xizmat qilgan bahodir jangchilarning ismlari quyidagicha: birinchisi — Xaxmoʻn urugʻidan Yoshuvam . U “Uch qahramon”ning sardori edi. U nayzasi bilan sakkiz yuz kishiga hujum qilib, hammasini bir jangda oʻldirgan edi .
9 “Uch qahramon”dan ikkinchisi Oxoʻva urugʻidan Doʻdoʻ oʻgʻli Elazar edi. U jang qilish uchun toʻplangan Filistlarni Dovud bilan birga magʻlub qilgan edi. Isroil lashkari u paytda chekingan edi. 10 Lekin Elazar joyida turaverdi, chekinmadi. Qoʻli toliqib, uvushib qolguncha Filistlarni oʻldirdi. Oʻsha kuni Egamiz uni ulugʻ zafarga erishtirdi. Soʻngra Isroil lashkari faqat halok boʻlganlarni talon–taroj qilish uchun Elazarning orqasidan bordi.
11 “Uch qahramon”dan uchinchisi Xarorlik Agey oʻgʻli Shammox edi. Filistlar Lexidagi bir yasmiqzor yoniga yigʻilib kelganda, Isroil lashkari ularning oldiga tushib qochishgan edi. 12 Lekin Shammox yasmiqzorning oʻrtasida turib olib, oʻsha yerni himoya qildi va Filistlarni tor–mor qildi. Shu tariqa, Egamiz uni ham ulugʻ zafarga erishtirdi.
13 Oʻrim–yigʻim paytida oʻsha uchalasi (ular “Oʻttiz qahramon” guruhi tarkibiga kirar edilar) Dovudning yoniga — Adullam gʻoriga ketdilar . Rafa vodiysida Filistlar lashkari qarorgoh qurgan edi. 14 Bu paytda Dovud oʻzining adirdagi qarorgohida edi. Bitta Filist qoʻnolgʻasi esa Baytlahmda joylashgan edi. 15 Dovud hasrat bilan:
— Qaniydi birortasi Baytlahm darvozasining yonidagi quduqdan menga suv olib kelib bersa! — dedi.
16 Oʻsha uchta qahramon Filistlar qarorgohini yorib oʻtishdi–da, Baytlahmdagi darvozaning yonidagi quduqdan suv tortib, Dovudga olib kelishdi. Lekin Dovud suvni ichmay, yerga toʻkib, Egamizga bagʻishladi.
17 — Ey Egam! — deb xitob qildi. — Bunday qilishdan meni Oʻzing asra! Shu yigitlarning qonini ichaymi? Axir, ular jonini xavf–xatarga qoʻyib, suv olib kelgani borishdi–ku!
Shuning uchun ham Dovud suvni ichishni istamadi. “Uch qahramon” ana shunday jasurlik koʻrsatishgan edi.
18 Yoʻabning akasi Abushay “Oʻttiz qahramon”ning sardori edi. Abushay nayzasi bilan uch yuz kishini oʻldirdi. Shu tariqa u “Uch qahramon” singari dong taratdi. 19 U “Oʻttiz qahramon”dan ham mashhur edi, ularning yoʻlboshchisi boʻldi. Lekin “Uch qahramon”dan biri hisoblanmasdi.
20 Yana Kabzil shahridan Yohayido oʻgʻli Binayo degan jasur bir jangchi bor edi. U ajoyib ishlar qildi, Moʻablik ikki dovyurak odamni oʻldirdi. Qor yoqqan kunda bir xandaqqa tushib, sherni oʻldirdi. 21 Yana devday bir Misrlikni ham oʻldirdi. Misrlikning qoʻlida nayzasi bor edi. Binayo uning ustiga tayoq bilan bostirib bordi. Nayzani Misrlikning qoʻlidan tortib oldi–da, oʻsha nayza bilan uni oʻldirdi. 22 Binayoning qilgan ishlari ana shulardir. Shu tariqa, Binayo “Uch qahramon” kabi dong taratdi. 23 U “Oʻttiz qahramon” orasida shuhrat topdi, lekin “Uch qahramon”dan biri hisoblanmasdi. Dovud uni qoʻriqchilar sardori qilib tayinladi.
24 Quyidagilar ham “Oʻttiz qahramon”dan edilar:
Yoʻabning ukasi Osoyil,
Baytlahm shahridan Doʻdoʻ oʻgʻli Elxanon,
25 Xaroʻd shahridan Shammox va Elixo,
26 Palat shahridan Xalez,
Taxuva shahridan Ixesh oʻgʻli Ero,
27 Onotoʻt shahridan Abuazar,
Xusha shahridan Sibaxay ,
28 Oxoʻva urugʻidan Zalmon,
Natufo shahridan Maxray,
29 Natufo shahridan Banax oʻgʻli Xaled ,
Benyamin naslidan Givolik Ribay oʻgʻli Etxay,
30 Piraton shahridan Binayo,
Gash soyliklaridan Xuray ,
31 Bayt–Araba shahridan Abualvon,
Boxurim shahridan Ozmobit,
32-33 Shalbim shahridan Eliyaxba,
Yoshonning oʻgʻillari,
Xaror shahridan Shaxey oʻgʻli Yoʻnatan ,
Xarorlik Shoror oʻgʻli Oxiyom,
34 Maxo shahridan Axazbay oʻgʻli Elifalet,
Gilox shahridan Oxitofel oʻgʻli Eliyom,
35 Karmil shahridan Xazro,
Orov shahridan Paray,
36 Zoʻvo shahridan Natan oʻgʻli Yixal,
Gad qabilasidan Banix,
37 Ommon xalqidan Zilax,
Baroʻt shahridan Zeruya oʻgʻli Yoʻabning qurolbardori Naxray,
38 Yitar urugʻidan Ero va Goriv,
39 Xet xalqidan Uriyo.
Hammasi boʻlib oʻttiz yetti kishi edi.