8–BOB
Gidoʻn Midiyon shohlarini qoʻlga oladi
1 Efrayim qabilasi Gidoʻnga:
— Nega bunday qilding? Midiyonlarga qarshi jang qilgani chiqqaningda nega bizni chaqirmading? — deya u bilan qattiq janjallashdilar.
2 Gidoʻn esa ularga dedi:
— Men qilgan ishim bilan sizlarga teng kelarmidim?! Efrayimdagi uzum qoldiqlari kichkinagina bir qavmimning jami hosilidan aʼlo–ku! 3 Sizlar Xudoning qudrati bilan Midiyon lashkarboshilari Oriv va Zayovni qoʻlga olgan boʻlsangiz, oʻz ishlarim bilan sizlarga teng kelarmidim?!
U bu gaplarni aytgandan keyin, ular jahldan tushdilar.
4 Gidoʻn uch yuzta odami bilan Iordan daryosiga kelib narigi qirgʻoqqa oʻtib oldi . Ular holdan toygan boʻlsalar–da, dushmanning ketidan quvib ketayotgan edilar. 5 Gidoʻn Suxot shahri aholisiga murojaat qilib:
— Ey xaloyiq, marhamat qilib odamlarimga ozgina non beringlar, ular holdan toyganlar. Biz Midiyon shohlari Zevax va Zalmunoning ketidan quvib ketyapmiz, — dedi.
6 Ammo Suxot boshliqlari shunday javob berishdi:
— Zevax va Zalmunoni qoʻlga olgan boʻlsang ekan, lashkaringga non bersak.
7 — Juda soz! — dedi Gidoʻn. — Zevax va Zalmunoni Egamiz mening qoʻlimga bergandan soʻng, sizlarni choʻldagi yantoq va chaqir tikanaklar bilan savalab, teringizni shilib olaman.
8 Gidoʻn u yerdan Paniyol shahriga yoʻl oldi. U yerdagilarga ham xuddi shunday iltimos bilan murojaat qildi. Suxot aholisi qanday javob bergan boʻlsa, Paniyol aholisi ham xuddi shunday javob berdi. 9 Gidoʻn Paniyol aholisiga dedi:
— Gʻolib boʻlib qaytib kelganimdan soʻng bu minorani yer bilan yakson qilaman.
10 Oʻsha paytda Zevax va Zalmuno oʻz lashkarlari bilan Karxorda turgan edilar. Sharqdagi koʻchmanchilarning 120.000 nafar sipohi halok boʻlib, 15.000 tachasi qolgandi. 11 Gidoʻn Navah va Yohboxoning sharq tomonidagi karvon yoʻli boʻylab borib, dushmanni gʻaflatda qoldirib hujum qildi. 12 Zevax va Zalmuno qochishdi, Gidoʻn esa ularning ketidan quvib ketdi. Ikki Midiyon shohini qoʻlga olib, butun dushman lashkarini sarosimaga soldi.
13 Yoʻsh oʻgʻli Gidoʻn jangdan qaytib, Xares dovoni tomon ketayotganda, 14 Suxotlik bir yigitchani ushlab olib, soʻroqqa tutdi. Yigitcha Suxot shahrining yetmish yettita boshliq va oqsoqolini nomma–nom aytib berdi. 15 Soʻng Gidoʻn Suxot aholisining oldiga borib dedi:
— Eslaringizdami, meni masxara qilib, Zevax va Zalmunoni qoʻlga olganmidingki, biz holdan toygan lashkaringga non bersak, deb aytganlaringiz? Mana oʻsha Zevax va Zalmuno.
16 Gidoʻn yantoq va chaqir tikanaklarni olib, Suxot boshliqlarining taʼzirini berdi. 17 Paniyoldagi minorani ham vayron qilib, shaharning barcha erkaklarini qirib tashladi.
18 Soʻng Zevax va Zalmunoga yuzlanib:
— Sizlar Tovur shahrida oʻldirgan odamlar qanday edi? — deb soʻradi.
— Ular senga oʻxshagan, koʻrinishlari shoh oʻgʻillariday savlatli edi, — deya javob berishdi ular.
19 — Ular mening jigarlarim edi–ku! — deya xitob qildi Gidoʻn. — Biz bir qorindan talashib tushgan edik. Xudo shohid! Ularni oʻldirmaganlaringizda, men ham jonlaringizni saqlab qolgan boʻlardim.
20 Soʻng toʻngʻich oʻgʻli Eterga:
— Bor, ularni oʻldir! — dedi.
Ammo bola qoʻrqqanidan qilichini ham chiqarmadi, chunki u hali yosh edi. 21 Shunda Zevax va Zalmuno:
— Erkak boʻlsang, oʻzing kelib bizni oʻldir, — dedilar.
Gidoʻn Zevax va Zalmunoni oʻldirib, tuyalarining boʻynidagi shohona bezaklarini oldi.
22 Boʻlib oʻtgan voqealardan soʻng Isroil xalqi Gidoʻnning oldiga kelib:
— Sen bizni Midiyonlarning qoʻlidan qutqarding, endi oʻzing, oʻgʻillaring va nabiralaring bizga hukmdor boʻlinglar, — deyishdi.
23 — Men sizlarga hukmdor boʻlmayman, — dedi Gidoʻn, — oʻgʻlim ham hukmdoringiz boʻlmaydi. Egamning Oʻzi sizlarga hukmronlik qilsin.
24 Keyin davom etib:
— Sizlardan bir narsa soʻramoqchiman, — dedi. — Oʻljalaringizdan bittadan tilla zirak bersangizlar.
Midiyonlar ham, Ismoil avlodi singari , tilla ziraklar taqib yurishardi.
25 — Jonimiz bilan, — deb javob berdi Isroil xalqi.
Soʻng bir kiyim yoyib, har biri oʻlja qilib olgan tilla zirakdan oʻsha kiyim ustiga tashladi. 26 Tilla ziraklarning oʻlchovi bir puddan ortiq oltin chiqdi. Midiyon shohlari kiygan safsar liboslar, taqqan yarim oy shaklidagi va shokilali bezaklar hamda tuyalarining boʻynidagi tilla zanjirlar hisobga kiritilmagandi. 27 Gidoʻn oʻsha oltindan bir haykal yasab, uni oʻz shahri Oʻfraga oʻrnatib qoʻydi. Butun Isroil xalqi Xudoga bevafolik qilib, oʻsha yerdagi haykalga sigʻina boshladi. Bu haykal Gidoʻn va uning oilasi uchun tuzoq boʻlib qoldi.
28 Shunday qilib, Midiyonlar magʻlub boʻldilar. Ular Isroil xalqiga qarshi bosh koʻtarishga qayta jurʼat etmadilar. Gidoʻn paytida yurtda qirq yil tinchlik barqaror boʻldi.
Gidoʻnning oʻlimi
29 Yoʻsh oʻgʻli Gidoʻn uyiga qaytib ketdi. 30 Uning yetmishta oʻgʻli bor edi, chunki xotinlari nihoyatda koʻp edi. 31 Shakam shahridagi choʻrisi ham Gidoʻnga bir oʻgʻil tugʻib berdi. Gidoʻn unga Abumalek deb ism qoʻydi. 32 Gidoʻn ulugʻ yoshga kirib olamdan oʻtdi va Oʻfra shahridagi otasi Yoʻshning xilxonasiga dafn etildi. Bu shahar Abuazar urugʻiga qarashli edi.
33 Gidoʻn olamdan koʻz yumishi bilanoq, Isroil xalqi yana Xudoga bevafolik qilib, Baalning tasvirlariga sigʻina boshladi, ular Baal–Beritni oʻzlariga xudo qildilar. 34 Ularni atrofdagi dushmanlardan xalos qilgan Egasi Xudoni eslaridan chiqardilar. 35 Yerubbaal, yaʼni Gidoʻn, Isroil xalqi uchun qilgan shuncha yaxshiliklariga qaramay, Isroil xalqi uning xonadoniga sodiq qolmadi.