37–BOB
Qurigan suyaklar vodiysi
1 Egamizning qudrati meni qamrab oldi. Egamizning Ruhi meni koʻtarib, vodiyning oʻrtasiga qoʻydi. Vodiy suyaklarga toʻla edi. 2 Ruh meni vodiydagi bir dunyo suyaklar orasida aylantirib yurdi. Suyaklar qurib ketgan edi. 3 Ruh menga:
— Ey inson, bu suyaklar tirilishi mumkinmi? — deb savol berdi.
— Yo Egam Rabbiy, bunisi yolgʻiz Oʻzingga ayon, — deb javob berdim men.
4 Soʻng U menga shunday dedi:
— Suyaklarga bashorat qilib ayt: “Ey qurigan suyaklar, Egamizning soʻzini eshiting! 5 Egam Rabbiy sizlarga shunday demoqda: Men sizlarga nafas beraman, sizlar tirilasizlar. 6 Ustingizni payu mushaklar bilan qoplab, teri tortaman, sizlarga hayot nafasini puflab, sizlarni tiriltiraman. Oʻshanda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.”
7 Egamiz menga amr qilganiday, men Uning bu soʻzlarini bashorat qilib aytdim. Bashorat qilayotganimda birdaniga qulogʻimga taraq–turuq ovozlar chalindi, suyaklar birlasha boshladi. 8 Qarasam, suyaklar payu mushaklar bilan qoplandi, soʻng ustilariga teri tortildi. Biroq tanalarda hanuz nafas yoʻq edi. 9 Egamiz menga shunday dedi:
— Endi shamolga shunday buyruq ber: “Ey shamol, Egamiz Rabbiy aytmoqda: har tomondan esib, bu oʻlik tanalarga hayot nafasini pufla, ularni tiriltir.”
10 Men Egamizning aytganini qildim. Shamol tanalarning ichiga kirib, odamlarni tiriltirdi. Ular turganlarida buyuk bir olomonni tashkil qilishdi.
11 Keyin Egamiz menga shunday dedi:
— Ey inson, butun Isroil xalqi mana shu suyaklarga oʻxshaydi. Ular: “Suyaklarimiz qurib ketdi, kelajakdan hech qanday umid yoʻq”, deb nola qilishadi. 12 Shuning uchun xalqimga bashorat qilib ayt: “Egamiz Rabbiy shunday demoqda: «Ey xalqim Isroil, Men qabrlaringizni ochib, sizlarni u yerdan chiqaraman. Soʻng sizlarni oʻz yurtingiz — Isroilga qaytarib olib boraman. 13 Oʻshanda sizlar Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar. 14 Mening Ruhim sizlarga hayot nafasini puflab, sizlarni tiriltiradi. Men sizlarni ona yurtingizga olib borib, u yerda oʻrnashtiraman. Oʻshanda Men, Egangiz, aytgan gaplarimni amalga oshirganimni sizlar bilib olasizlar.» Egamizning kalomi shudir.”
Yahudo bilan Isroil bir shohlik boʻladi
15 Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi: 16 “Ey inson, bir tayoq olib, uning ustiga «Yahudo shohligi» deb yoz. Soʻng boshqa bir tayoq olib, uning ustiga «Isroil shohligi» deb yoz. 17 Keyin ikkala tayoqning uchlarini bir qoʻlingda shunday qilib ushlaginki, ular bir tayoqday boʻlib koʻrinsin. 18 Odamlar sendan: «Bu bilan bizga nima demoqchisan?» deb soʻraganlarida, 19 ularga shunday deb javob ber: «Egamiz Rabbiy demoqda: Men Isroil shohligini bildiruvchi tayoqni olaman. Uni Yahudo shohligining tayogʻi bilan birlashtiraman. Ikkala tayoqni bitta qilib, qoʻlimda ushlayman.»
20 Qoʻlingdagi tayoqlarni hamma koʻradigan boʻlsin, 21 soʻng xalqqa ayt: «Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Men har yoqqa tarqalib ketgan xalqimni oʻzga xalqlar orasidan yigʻib olaman. Ularni oʻz yurtlariga olib kelaman. 22 Ularni oʻsha yurtda yagona bir xalq qilaman. Ha, Isroil togʻlarida ulardan yagona davlat yarataman. Ustilaridan bir shoh tayinlayman, ular hech qachon ikki shohlikka ajralmaydilar. 23 Butlar va makruh xudolar tufayli oʻzlarini bulgʻamaydilar, gunohdan oʻzlarini pok saqlaydilar. Men ularni sadoqatsizlik aybidan xalos etaman . Dillarini poklab tozalayman. Shunda ular Mening xalqim boʻladi, Men esa ularning Xudosi boʻlaman.
24 Qulim Dovud ularning shohi boʻladi. Ha, hammasini bir choʻpon boshqaradi. Ular qonun–qoidalarimga rioya qilib, farmonlarimni bitta qoldirmay bajarishadi. 25 Men qulim Yoqubga bergan yerda ular yashaydilar, ajdodlari oʻtgan yurtda istiqomat qiladilar. Bola–chaqalari va butun avlodi oʻsha yurtda abadiy oʻrnashadi. Qulim Dovudning sulolasi ularga to abad hukmronlik qiladi. 26 Men ular bilan tinchlik ahdini tuzaman. Bu mangu bir ahd boʻladi. Men ularga baraka beraman, koʻpaytiraman. Maʼbadimni ularning orasida abadiy oʻrnashtiraman. 27 Ular orasida maskan quraman, Men ularning Xudosi, ular esa Mening xalqim boʻladilar. 28 Men maskanimni ular orasida abadiy oʻrnashtirganimda, Isroil xalqini muqaddas qiladigan Egasi Men ekanligimni xalqlar bilib oladilar.»”