15–BOB
Yahudo shohi Uzziyo
1 Yorubom Isroilda hukmronlik qilayotganiga yigirma yetti yil boʻlganda, Uzziyo Yahudo shohi boʻldi. Uzziyo Emoziyoning oʻgʻli edi. 2 Uzziyo shoh boʻlganda, oʻn olti yoshda edi. U Quddusda ellik ikki yil hukmronlik qildi. Onasi Qudduslik boʻlib, ismi Yoxoliyo edi.
3 Uzziyo ham, otasi Emoziyo kabi, Egamiz oldida toʻgʻri ishlar qildi. 4 Lekin sajdagohlar hamon yoʻq qilinmagan, xalq oʻsha joylarda hali ham qurbonliklar keltirib, tutatqi tutatardi.
5 Egamiz Uzziyoni jazolab, tuzalmas teri kasalligiga yoʻliqtirdi. Uzziyo umrining oxirigacha bir uyda yolgʻiz yashadi. Yurtdagi xalqni ham, shoh saroyini ham oʻgʻli Yoʻtom boshqarardi.
6 Uzziyoning boshqa ishlari, butun faoliyati “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 7 Uzziyo olamdan oʻtib, Dovud qalʼasida, ota–bobolari yoniga dafn qilindi. Uning oʻrniga oʻgʻli Yoʻtom shoh boʻldi.
Isroil shohi Zakariyo
8 Uzziyo Yahudoda shohlik qilayotganiga oʻttiz sakkiz yil boʻlganda, Zakariyo Samariyada Isroil shohi boʻldi va olti oy hukmronlik qildi. Zakariyo Yorubomning oʻgʻli edi. 9 U ham, otalari kabi, Egamiz oldida qabih ishlar qilib, Isroilni gunohga botirgan Nabat oʻgʻli Yeribom qilgan gunohlarga ergashdi.
10 Shallum degan odam Zakariyoga qarshi fitna uyushtirdi. Shallum Yobosh deganning oʻgʻli edi. Hammaning oldida Zakariyoni oʻldirib, oʻrniga oʻzi shoh boʻldi. 11 Zakariyoning boshqa ishlari “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 12 Shunday qilib, Egamizning Yohuga: “Sening nasling toʻrtinchi avlodigacha Isroil taxtida oʻtiradi”, deb aytgan vaʼdasi amalga oshdi .
Isroil shohi Shallum
13 Uzziyo Yahudoda shohlik qilayotganiga oʻttiz toʻqqiz yil boʻlganda, Shallum Isroil shohi boʻldi va Samariyada bir oy hukmronlik qildi. 14 Manaxim degan odam Tirzadan Samariyaga kelib, Shallumga suiqasd uyushtirdi. Manaxim Gadi deganning oʻgʻli edi. Manaxim Shallumni oʻldirib, oʻrniga oʻzi shoh boʻldi. 15 Shallumning boshqa ishlari va u qilgan fitna haqida “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 16 Oʻshanda Tifsax aholisi taslim boʻlmagani uchun Manaxim Tirzadan joʻnab ketdi–da, borib Tifsax shahri va uning atrofidagi qishloqlarni qirdi. Hatto homilador ayollarning qorinlarini yorib tashladi.
Isroil shohi Manaxim
17 Uzziyo Yahudoda shohlik qilayotganiga oʻttiz toʻqqiz yil boʻlganda, Gadi oʻgʻli Manaxim Isroil shohi boʻlgan edi. Manaxim Samariyada oʻn yil hukmronlik qildi. 18 U Egamiz oldida qabih ishlar qilib, Isroilni gunohga botirgan Nabat oʻgʻli Yeribom qilgan gunohlarga umri boʻyi ergashdi.
19 Shundan keyin Ossuriya shohi Tigʻlatpilasar Isroil yerlariga hujum qildi. “Tigʻlatpilasar meni qoʻllab–quvvatlasin, oʻzim shoh boʻlib qolay” degan maqsadda Manaxim unga 2000 pud kumush berdi. 20 Manaxim Isroildagi hamma boylarni odam boshiga ellik kumush tangadan toʻlashga majbur qilib, Ossuriya shohiga berilgan kumushning oʻrnini qopladi. Shundan soʻng Ossuriya shohi Isroil yerlaridan chiqib, yurtiga qaytib ketdi.
21 Manaximning boshqa ishlari, uning butun faoliyati “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 22 Manaxim olamdan oʻtgach, oʻrniga oʻgʻli Pakaxiyo shoh boʻldi.
Isroil shohi Pakaxiyo
23 Uzziyo Yahudoda shohlik qilayotganiga ellik yil boʻlganda, Pakaxiyo Samariyada Isroil shohi boʻldi va ikki yil hukmronlik qildi. Pakaxiyo Manaximning oʻgʻli edi. 24 Pakaxiyo Egamiz oldida qabih ishlar qilib, Isroilni gunohga botirgan Nabat oʻgʻli Yeribom qilgan gunohlarga ergashdi.
25 Pekax degan lashkarboshi Pakaxiyoga qarshi fitna uyushtirdi. Pekax Ramaliyo degan odamning oʻgʻli edi. Pekax yoniga Giladlik ellikta odamni olib, Samariyadagi shoh saroyining qalʼasida Pakaxiyoni, Argob va Oreyni oʻldirdi. Uning oʻrniga Pekaxning oʻzi shoh boʻldi.
26 Pakaxiyoning boshqa ishlari, butun faoliyati “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
Isroil shohi Pekax
27 Uzziyo Yahudoda shohlik qilayotganiga ellik ikki yil boʻlganda, Pekax Samariyada Isroil shohi boʻldi va yigirma yil hukmronlik qildi. 28 U Egamiz oldida qabih ishlar qilib, Isroilni gunohga botirgan Nabat oʻgʻli Yeribom qilgan gunohlarga ergashdi.
29 Isroil shohi Pekax davrida Ossuriya shohi Tigʻlatpilasar bostirib kelib, Isroilning Iyxon, Ovil–Bayt–Maxo, Yonox, Kedesh, Xazor shaharlari bilan birga Gilad, Jalila va butun Naftali hududlarini qoʻlga kiritdi hamda bu yerlardagi xalqni Ossuriyaga asir qilib olib ketdi.
30 Yahudo shohi Yoʻtom hukmronligining yigirmanchi yilida Xoʻsheya Pekaxga fitna uyushtirib, uni oʻldirdi va oʻrniga oʻzi shoh boʻldi. Xoʻsheya Elox deganning oʻgʻli edi.
31 Pekaxning boshqa ishlari, butun faoliyati “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
Yahudo shohi Yoʻtom
32 Isroil shohi Pekax hukmronlik qilayotganiga ikki yil boʻlganda, Yoʻtom Yahudo shohi boʻldi. Yoʻtom Uzziyoning oʻgʻli edi. 33 Yoʻtom yigirma besh yoshida shoh boʻlib, Quddusda oʻn olti yil hukmronlik qildi. Onasining ismi Yerusha boʻlib, u Zodoʻxning qizi edi.
34 Yoʻtom, otasi Uzziyo kabi, Egamiz oldida toʻgʻri ishlar qildi. 35 Ammo sajdagohlar hamon yoʻq qilinmagan, xalq oʻsha sajdagohlarda qurbonliklar keltirib, tutatqi tutatardi. Yoʻtom Egamiz uyining Yuqori Darvozasini qurdi.
36 Yoʻtomning boshqa ishlari, butun faoliyati haqida “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 37 Oʻsha kunlarda Oram shohi Ratan bilan Isroil shohi Pekaxning Yahudoga hujum qilishlariga Egamiz yoʻl qoʻyib berdi. 38 Yoʻtom olamdan oʻtib, bobosi Dovud qalʼasida, ota–bobolari yoniga dafn qilindi. Uning oʻrniga oʻgʻli Oxoz shoh boʻldi.