21–BOB
Ruhoniylarning muqaddasligi
1 Egamiz Muso orqali Horunning ruhoniy oʻgʻillariga shunday dedi: “Ruhoniy qazo qilgan qarindoshining jasadiga tegib oʻzini bulgʻamasin. 2 Bordi–yu, marhum ruhoniyning eng yaqin qarindoshi, yaʼni ota–onasi, oʻgʻil–qizi, aka–ukasi, 3 shuningdek, turmushga chiqmagan opa–singlisi boʻlsa, ular tufayli bulgʻanishi mumkin. 4 Lekin xotini tomonidan birov qazo qilsa, u tufayli oʻzini bulgʻab, murdor boʻlmasin. 5 Ruhoniy aza tutganda sochini qirmasin, soqolining uchini qirqmasin, badanini tilmasin . 6 U Mening oldimda muqaddas boʻlsin, Meni badnom etmasin. Men, Egasiga olovda kuydiriladigan taom nazrlarini keltirgani uchun u muqaddas boʻlsin. 7 Fohishalik qilib bulgʻangan yoki eridan ajralgan ayolga uylanmasin. Zotan, ruhoniy Mening oldimda muqaddasdir. 8 Xalq ham ruhoniyni muqaddas deb bilsin, chunki Men, Xudoyingizga non keltiradigan oʻshadir. U odamlar uchun muqaddas boʻlsin, zotan, Men, Egangiz, muqaddasman. Xalqimni muqaddas qiladigan Menman. 9 Agar ruhoniyning qizi fohishalik qilib oʻzini bulgʻasa, u otasini ham bulgʻagan boʻladi. Unday qizni tiriklayin kuydirish lozim.
10 Aka–ukalari orasidan boshiga moy surtib tanlangan oliy ruhoniy ruhoniylik liboslarini kiyish uchun bagʻishlangandir. Shuning uchun u qaygʻudan sochini toʻzitmasin , liboslarini ham yirtmasin. 11 Jasadning yaqiniga bormasin, hatto vafot etgan ota–onasi tufayli ham oʻzini bulgʻamasin. 12 U ota–onasini dafn qilish uchun Muqaddas chodirdan chiqmasin, shu tufayli Mening Chodirimni bulgʻamasin. Zotan, Mening muqaddas qiladigan moyim uning ustidadir, u Menga bagʻishlangandir. Men Egangizman. 13 Oliy ruhoniy faqat bokira qizga uylansin. 14 Beva, eridan ajralgan yoki fohishalik qilib bulgʻangan ayolni xotinlikka olmasin. Oʻz qavmidagi bokira qizga uylansin, 15 shu tariqa muqaddas naslini haromlikdan asrasin. Men, Egangiz, uni muqaddas qilganman.”
16 Egamiz Muso orqali 17 Horunga shunday dedi: “Avlodingdan nuqsoni bor biror odam Menga qurbonliklarni keltirmasin. Bunga avlodlar osha rioya qilinglar. 18 Nuqsoni bor hech kim yaqinimga kelmasin: koʻr, choʻloq, yuzi shikastlangan, mayib, 19 qoʻl–oyogʻi singan, 20 bukur, pakana, koʻzida nuqsoni bor, yiringlagan yaralari yoki qoʻtiri bor, moyagi ezilgan odam qurbongohning yaqiniga bormasin. 21 Ruhoniy Horun naslidan nuqsoni bor birontasi ham olovda kuydiriladigan nazrlarni Men, Egangizga keltirmoqchi boʻlib yaqinlashmasin. Nuqsoni boʻlgani uchun u Menga taom nazrlarini keltirish uchun yaqinlashmasin. 22 U Mening qurbonliklarimni, eng muqaddas va muqaddas nazrlarimni tanovul qilishi mumkin. 23 Lekin nuqsoni borligi uchun u Muqaddas xonadagi ichki pardaga va qurbongohga aslo yaqinlashmasin. Aks holda, u muqaddas makonimni bulgʻagan boʻladi. Makonimni muqaddas qiladigan Egangiz Menman.”

24 Shunday qilib, Muso bularning hammasini Horun va uning oʻgʻillariga hamda butun Isroil xalqiga aytdi.