1–BOB
Iso Masihning nasl–nasabi
1 Ibrohim va Dovud avlodidan boʻlgan Iso Masihning nasabnomasi quyidagicha:
Ibrohimdan Dovudgacha
2 Ibrohimdan Isʼhoq tugʻildi.
Isʼhoqdan Yoqub tugʻildi.
Yoqubdan Yahudo va uning aka–ukalari tugʻildilar.
3 Yahudo va Tamaradan Paraz va Zerax tugʻildilar.
Parazdan Xazron tugʻildi.
Xazrondan Ram tugʻildi.
4 Ramdan Ominadav tugʻildi.
Ominadavdan Naxshoʻn tugʻildi.
Naxshoʻndan Salmoʻn tugʻildi.
5 Salmoʻn va Rahobadan Boʻaz tugʻildi.
Boʻaz va Rutdan Obid tugʻildi.
Obiddan Essay tugʻildi.
6 Essaydan shoh Dovud tugʻildi.
Dovud davridan Isroil xalqi Bobilga surgun boʻlgan davrgacha
Dovuddan Sulaymon tugʻildi.
Sulaymonning onasi marhum Uriyoning xotini edi.
7 Sulaymondan Raxabom tugʻildi.
Raxabomdan Abiyo tugʻildi.
Abiyodan Oso tugʻildi.
8 Osodan Yohushafat tugʻildi.
Yohushafatdan Yohuram tugʻildi.
Yohuramdan Uzziyo tugʻildi.
9 Uzziyodan Yoʻtom tugʻildi.
Yoʻtomdan Oxoz tugʻildi.
Oxozdan Hizqiyo tugʻildi.
10 Hizqiyodan Manashe tugʻildi.
Manashedan Omon tugʻildi.
Omondan Yoʻshiyo tugʻildi.
11 Isroil xalqi Bobilga surgun qilingan davrda
Yoʻshiyo Yohayixinni va boshqa oʻgʻil farzandlarni koʻrdi .
Isroil xalqi Bobilga surgun boʻlgan davrdan Iso davrigacha
12 Isroil xalqi Bobilga surgun qilingandan keyin
Yohayixindan Shaltiyol tugʻildi.
Shaltiyoldan Zarubabel tugʻildi.
13 Zarubabeldan Abihud tugʻildi.
Abihuddan Eliyaqim tugʻildi.
Eliyaqimdan Azzur tugʻildi.
14 Azzurdan Zodoʻx tugʻildi.
Zodoʻxdan Oxiyom tugʻildi.
Oxiyomdan Elihud tugʻildi.
15 Elihuddan Elazar tugʻildi.
Elazardan Matton tugʻildi.
Mattondan Yoqub tugʻildi.
16 Yoqubdan Maryamning eri Yusuf tugʻildi.
Maryamdan esa Masih deb atalgan Iso tugʻildi.

17 Shunday qilib, Ibrohimdan Dovudgacha hammasi boʻlib oʻn toʻrt nasl, Dovuddan to xalq Bobilga surgun qilingungacha oʻn toʻrt nasl va surgunlik davridan to Masih tugʻilgungacha oʻn toʻrt nasldir .
Iso Masihning tugʻilishi
18 Iso Masihning tugʻilishi shunday sodir boʻldi: Isoning onasi Maryam Yusufga unashtirib qoʻyilgan edi. Ularning nikohidan oldin Maryam Muqaddas Ruhdan homilador ekanini bildi. 19 Maryamning boʻlgʻusi eri Yusuf solih odam boʻlib, Maryamni sharmanda qilishni istamay, birovga bildirmasdan fotihasini buzmoqchi boʻldi. 20 Yusuf bu haqda oʻylab yurganda, Egamizning bir farishtasi unga tushida zohir boʻlib dedi: “Ey Dovud oʻgʻli Yusuf! Maryamga uylanishdan qoʻrqma, chunki qornidagi Bola Muqaddas Ruhdan paydo boʻlgan. 21 Maryam oʻgʻil tugʻadi, Uning ismini Iso qoʻyasan, chunki U Oʻz xalqini gunohlardan qutqaradi.”
22 Bu barcha voqealar Egamizning paygʻambar orqali aytgan quyidagi soʻzlari bajo boʻlishi uchun yuz bergan edi:

23 “Qiz homilador boʻladi, u oʻgʻil tugʻadi,
Uning ismini Immanuil deb qoʻyishadi.”

Immanuil “Xudo biz bilan” deganidir.
24 Yusuf uygʻonib ketdi. Egamizning farishtasi buyurgandek, u Maryamga uylandi. 25 Ammo Maryam Oʻgʻilni tugʻmaguncha Yusuf Maryamga yaqinlashmadi. Bola tugʻilganda esa Yusuf Unga Iso deb ism qoʻydi.