26–BOB
Itoatkorlik evaziga beriladigan barakalar
1 Oʻzingiz uchun butlar yasamang, oʻyib ishlangan tasvirlaru boshqa xudolarga atalgan toshlarni oʻrnatmang. Yurtingizda butsimon toshlar oʻrnatib, ularga sajda qilmang. Zotan, Men Egangiz Xudoman. 2 Shabbat kunlariga rioya qiling, muqaddas makonimni izzat eting. Men Egangizman. 3 Agar qonunlarimga rioya qilib, amrlarimni bitta qoldirmay bajarsangiz, 4 Men oʻz vaqtida yomgʻir yogʻdiraman. Yer hosilini beradi, daraxtlar meva soladi. 5 Gʻalla yanchish vaqti uzum terish paytiga ulanib ketadi, uzum terish payti ekin–tikin vaqtiga ulanib ketadi. Toʻyguningizcha non yeysiz, oʻz yurtingizda bexatar yashaysiz. 6 Men yurtingizga tinchlik ato etaman, yotganingizda hech kim sizni vahimaga solmaydi. Yurtingizdan yirtqich hayvonlarni haydab yuboraman. Zaminingiz urush koʻrmaydi. 7 Gʻanimlaringizni taʼqib qilasiz, ular qilichingizdan halok boʻladi. 8 Sizlardan beshtasi gʻanimlarning yuztasini quvadi, yuztangiz oʻn mingtasini quvadi. Ularni qilichdan oʻtkazasizlar. 9 Sizlarga yuz buraman, barakali qilib koʻpaytiraman. Sizlar bilan qilgan ahdimga sodiq qolaman. 10 Eski hosilingizni yeb boʻlmasingizdan, yangisiga joy boʻshatish uchun eskisini chiqarib tashlaysizlar. 11 Men orangizda yashayman, sizlardan hazar etmayman. 12 Doimo orangizda boʻlaman. Men sizning Xudoyingiz, sizlar esa Mening xalqim boʻlasizlar. 13 Men Egangiz Xudoman. Sizlar bundan buyon qul boʻlmasligingiz uchun Men sizlarni Misrdan olib chiqqanman. Qaddingizni rostlab yurishingiz uchun boʻyinturugʻingizni sindirganman.
Itoatsizlik evaziga beriladigan jazo
14 Agar Menga quloq solmasangiz, Mening amrlarimni bajarmasangiz, 15 qonunlarimni rad etsangiz, qoidalarimdan nafratlansangiz, amrlarimni bajarmay, ahdimni buzsangiz, 16 Men boshingizga kulfat solaman, sizlarni tuzalmas kasallikka duchor qilaman, isitmangizni chiqarib, koʻzingizning nurini olaman, joningizni iztirobga solaman. Ekkan urugʻlaringiz behudaga ketar, chunki hosilingiz gʻanimlarga nasib etar. 17 Men yuzimni sizlarga qarshi buraman, dushmanlaringiz sizlarni magʻlub etadi. Yovlaringiz ustingizdan hukmronlik qiladi. Sizlarni hech kim taʼqib qilmasa ham tumtaraqay boʻlib qochasizlar. 18 Shunda ham Menga itoat qilmasangizlar, gunohlaringiz uchun jazoni yetti karra kuchaytiraman. 19 Takabburona qaysarligingizni sindiraman, osmonni temir kabi qattiq, yerni mis kabi zarang qilaman. 20 Mehnatingiz behudaga sarf boʻlar: yeringiz hosil bermas, daraxtlaringiz meva solmas.
21 Shunda ham Menga qarshilik qilib itoat etmasangiz, gunohlaringizga yarasha yetti karra koʻproq taʼziringizni beraman. 22 Sizlarga qarshi yirtqich hayvonlarni yuboraman. Ular sizlarni bolalaringizdan judo qiladi, mol–holingizni qirib yuboradi, shunda soningiz kamayib, koʻchalaringiz huvullab qoladi.
23 Agar shundan ham saboq olmay, Menga qarshilik qilaversangiz, 24 Men ham sizlarga qarshilik qilishni davom ettiraman. Oʻzim gunohlaringiz uchun yetti karra koʻproq taʼziringizni beraman. 25 Ahdimni buzganingiz uchun boshingizga qilich keltiraman. Shaharlaringizga qochib berkinsangiz, oralaringizga oʻlat yuborib, sizlarni gʻanimlar qoʻliga tutib beraman. 26 Rizq–roʻzingizni qirqaman. Oʻnta ayol bir tandirda non yopadi, nonni hammaga oʻlchab berishadi. Sizlar yeysizlar–u, ammo toʻymaysizlar.
27 Bordi–yu, shunda ham Menga quloq solmay qarshilik qilaversangiz, 28 Men ham gʻazab ustida sizlarga qarshilik qilaveraman. Gunohlaringiz uchun jazoni yetti karra koʻpaytiraman. 29 Sizlar hatto oʻgʻil–qizlaringizning etini yeydigan boʻlasizlar. 30 Men sajdagohlaringizni buzib tashlayman, tutatqi qurbongohlaringizni vayron qilaman. Jasadlaringizni jonsiz butlaringiz ustiga uyib tashlayman. Sizlardan hazar qilaman. 31 Shaharlaringizni vayron etaman, muqaddas joylaringizni buzib tashlayman. Qurbonliklaringizning yoqimli hididan zavq olmayman. 32 Yurtingizni shu qadar xarob qilamanki, u yerda oʻrnashib oladigan gʻanimlaringiz uning ahvolidan dong qotadi. 33 Sizlarni esa xalqlar orasiga tarqatib yuboraman, qilichimni yalangʻochlab sizlarni taʼqib qilaman. Yurtingiz huvullab qoladi, shaharlaringiz xarobazorga aylanadi. 34 Sizlar gʻanimlaringiz yerida boʻlganingizda yurtingiz dam oladi. Xarob boʻlib yotgan yillar davomida yurtingiz orom oladi. 35 Vayronalar ichra yotib, dam oladi, chunki sizlar yurtingizda yashab yurgan paytingizda yeringizga dam bermagan edingizlar.
36 Gʻanimlaringiz yurtida omon qolganlaringizning yuragiga vahima solaman. Sizlar hilpirayotgan bargning ovozidan dahshatga tushasizlar. Qilichdan qochganday qochasizlar. Hech kim sizni taʼqib qilmasa ham, qochib yiqilasizlar. 37 Hech kim sizni quvlamasa ham, joningizni hovuchlab qochasizlar, bir–biringizga turtilib yiqilasizlar. Ha, sizlar gʻanimlaringizga bas kela olmaysizlar. 38 Shunda xalqlar orasidan yoʻq boʻlib ketasizlar, gʻanimlaringiz yurti sizni yutib yuboradi. 39 Omon qolganlaringiz gʻanimlar yurtida oʻlasizlar. Oʻz gunohlaringiz va ota–bobolaringizning gunohlari tufayli adoyi tamom boʻlasizlar.
40 Lekin oxiri sizlar oʻz gunohlaringizni va ota–bobolaringizning gunohlarini tan olasizlar. Menga qilgan qarshiligu xiyonatga iqror boʻlasizlar. 41 Oʻsha gunohlaringiz tufayli Men sizlarga qarshilik qilib, sizlarni gʻanimlaringiz yurtiga olib kelaman. Shunda sizning sunnatsiz yuragingiz kamtarlikka toʻladi. Qilgan gunohlaringiz uchun jazo tortasizlar. 42 Shunda Men Yoqub bilan qilgan ahdimni yodga olaman. Isʼhoq va Ibrohim bilan qilgan ahdimni ham yodimda tutaman, Men yurtni yodga olaman. 43 Huvullab yotgan yurt orom olgan yillar davomida qilgan gunohlaringiz uchun jazo oladi. Axir, sizlar qoidalarimni rad etishga jazm etdingizlar, qonunlarimdan hazar qildingizlar. 44 Shunday boʻlsa–da, Men sizlarni gʻanimlaringiz yurtida rad etmayman, sizdan hazar qilmayman, tamomila qirib yubormayman. Sizlar bilan qilgan ahdimni buzmayman. Zotan, Men Egangiz Xudodirman. 45 Men sizning manfaatingizni koʻzlab, ota–bobolaringiz bilan qilgan ahdimni yodimda tutaman. Men Xudoyingiz boʻlishim uchun ota–bobolaringizni ellarning koʻzi oldida Misrdan olib chiqqanman. Men Egangizman.”
46 Egamiz Muso orqali Isroil xalqiga Sinay togʻida bergan farmonu qonun–qoidalar shulardan iborat edi.