5–BOB
Jinga chalingan odamni Iso sogʻaytiradi
1 Iso shogirdlari bilan koʻlning narigi qirgʻogʻidagi Gerasa hududiga yetib keldi. 2 Iso qayiqdan tushishi bilanoq, yovuz ruhga chalingan bir odam qabrlar orasidan yugurib kelib, Uning qarshisidan chiqdi. 3 U odam qabristonda yashardi. Uni hech kim hatto zanjir bilan ham bogʻlay olmasdi. 4 Koʻp marotaba uni kishanlaru zanjirlar bilan bogʻlagan boʻlsalar–da, ammo u zanjirlarni uzib, kishanlarni ham sindirib tashlar edi. Uni tinchitishga hech kimning kuchi yetmas edi. 5 Doimo, kechayu kunduz qabrlar orasida, togʻlarda baqirib yurar, badanini toshlar bilan tilib, jarohatlar edi.
6 U Isoni uzoqdan koʻrib, yugurib keldi–da, Unga taʼzim qilib, 7 ovozi boricha baqirdi:
— Ey Iso, Xudoyi Taoloning Oʻgʻli! Meni tinch qoʻy! Xudo haqi Senga yolvoraman, menga azob berma!
8 Chunki Iso unga: “Ey yovuz ruh, bu odamdan chiqib ket!” — deb buyurgan edi.
9 Iso yovuz ruhdan:
— Isming nima? — deb soʻradi.
— Ismim Tumonat , chunki bizlar koʻpchilikmiz, — deb javob berdi u. 10 Ularni bu hududdan tashqariga haydab chiqarmasligini Isodan qayta–qayta yolvorib soʻradi.
11 Oʻsha togʻning yon bagʻrida katta choʻchqa podasi oʻtlab yurgan edi. 12 Yovuz ruhlar Isoga yolvorib:
— Bizni shu choʻchqalarga yuborgin, ularga kiraylik, — deyishdi.
13 Iso ularga ruxsat berdi. Yovuz ruhlar esa shu zahoti u odamdan chiqib, choʻchqalarga kirib olishdi. Ikki mingga yaqin choʻchqa tik qiyalikdan koʻlga yopirilib, choʻkib ketdi.
14 Shunda choʻchqa boquvchilar qochib ketib, boʻlib oʻtgan hodisani shahar va qishloqlarda gapirib yurdilar. Aholi esa nima boʻlganini koʻrishga bordi. 15 Ular Isoning oldiga kelganlarida, ilgari tumonat jin qamragan odamni kiyingan va aqli raso holda oʻtirganini koʻrib, qoʻrqib ketishdi. 16 Voqeani koʻrganlar esa haligi odam jindan qanday qutulgani va choʻchqalar bilan nima roʻy bergani haqida xalqqa soʻzlab berishdi. 17 Shunda mahalliy xalq Isodan: “Hududimizdan chiqib keting”, deb oʻtindi.
18 Iso qayiqqa tushdi. Jindan qutulgan odam Isoga:
— Siz bilan ketay, — deb yolvordi. 19 Lekin Iso rozi boʻlmadi. Unga shunday dedi:
— Uyingga bor, Men — Rabbing sen uchun nimalar qilganimni, qanday rahm–shafqat koʻrsatganimni oʻz yaqinlaringga gapirib ber.
20 Shunda u kishi borib, Iso unga qanchalar muruvvat koʻrsatganini Dekapolis hududida eʼlon qila boshladi. Hamma hayratga tushardi.
Sogʻaygan ayol va tirilgan qiz haqida
21 Iso qayiqda koʻlning narigi tomoniga yana suzib oʻtdi. Bir talay olomon qirgʻoqda Uning atrofiga toʻplandi. 22 Shu payt Yair ismli bir kishi kelib qoldi. U sinagoga boshligʻi edi. U Isoni koʻrdi–yu, oyogʻiga yiqilib:
23 — Mening jajji qizim oʻlim toʻshagida yotibdi. Kelib unga qoʻlingizni tekkizing, u sogʻayib tirik qolsin, — deb qayta–qayta yolvordi.
24 Iso u bilan ketdi. Isoning orqasidan koʻp xaloyiq ergashib, Uni qisib qoʻyar edi. 25 U yerda oʻn ikki yildan beri qon ketishidan azob chekayotgan bir ayol ham bor edi. 26 U koʻp tabiblar muolajasidan ancha qiynalib, butun mol–mulkini sarf etgani bilan hech foyda koʻrmagan, ahvoli battar yomonlashib borardi.
27 Ayol Iso haqida eshitdi–yu, xaloyiq orasida Isoning orqasidan kelib, kiyimiga qoʻl tekkizdi. 28 U oʻzicha: “Agar kiyimiga bir tegib olsam bas, sogʻayib ketaman”, deb oʻylagan edi. 29 U shunday qilishi bilanoq, qon ketishi toʻxtadi. Ayol kasallikdan forigʻ boʻlganini oʻz tanasida his etdi.
30 Iso esa shu onda Oʻzidan bir kuch chiqqanligini sezdi. U orqasiga oʻgirilib xaloyiqdan:
— Kiyimimga kim tegdi? — deb soʻradi. 31 Shogirdlari Unga:
— Sizni xaloyiq qisib turganligini koʻrib turibsiz–ku! Nimaga yana: “Menga kim tegdi?” deb soʻrayapsiz? — deyishdi.
32 Lekin Iso buni kim qilganini koʻrish uchun atrofga qarar edi. 33 Ayol oʻzida qanday oʻzgarish boʻlganini bilib, titrab–qoʻrqib keldi, Isoning oyoqlari ostiga oʻzini tashlab, butun haqiqatni Unga soʻzlab berdi. 34 Iso unga dedi:
— Qizim, ishonching seni sogʻaytirdi. Eson–omon bor, dardingdan xalos boʻlgin.
35 Iso shunday deb turgan ham ediki, sinagoga boshligʻining uyidan odamlar kelib unga:
— Qizingiz oʻldi, nega yana Ustozni ovora qilyapsiz? — dedilar. 36 Iso bu soʻzlarni eshitib qolib, sinagoga boshligʻiga:
— Qoʻrqmang, faqat ishoning, — dedi.
37 Iso hech kimning ergashishiga yoʻl qoʻymay, faqat Butrus, Yoqub va uning ukasi Yuhannoni olib ketdi. 38 Sinagoga boshligʻining uyiga yetganlarida, bezovtalikni, dod–faryod qilayotgan odamlarni koʻrdilar . 39 Iso ichkariga kirib:
— Nega bezovtasizlar? Nega yigʻlayapsizlar? Qizcha oʻlmagan, u uxlab yotibdi, — dedi. 40 Ular esa Isoning ustidan kulishdi.
Iso hammani tashqariga chiqarib yubordi. U qizchaning ota–onasi va shogirdlarini olib qolib, qizcha yotgan xonaga kirdi. 41 Qizchaning qoʻlidan ushlab unga:
— Talifa kum! — dedi. Bu gapning tarjimasi: “Qizaloq, qani, oʻrningdan tur!” demakdir.
42 Oʻn ikki yashar qizcha shu onda oʻrnidan turdi, yurib, atrofni aylana boshladi. Buni koʻrganlarning aqli shoshdi. 43 Iso:
— Buni hech kim bilmasin, — deb ularga qatʼiy buyurdi va qizchaga ovqat berishlarini aytdi.