30–BOB
Misr haqida marsiya
1 Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi: 2 “Ey inson, Misr haqida bashorat qilib ayt: «Egamiz Rabbiy shunday demoqda:
Shoʻrimiz qursin, evoh!
3 Dahshatli kun yaqinlashdi,
Mening gʻazab kunim kelishiga oz qoldi.
Mana shu kun bulutli kun boʻladi,
Xalqlar kulfat chekadigan zamon boshlanadi.
4 Misrning boʻgʻziga qilich keladi,
Habashiston kulfat azobida qoladi.
Misrda koʻp odamlar halok boʻladi,
Uning boyligi olib ketiladi,
Poydevori buzib tashlanadi.
5 Habashiston, Liviya, Lidiya , butun Arabiston, Kub va Misrning qolgan barcha ittifoqchilari jangda halok boʻladilar.
6 Egamiz aytmoqda: Misr ittifoqchilarining ustiga qirgʻin keladi. Ular qilich tigʻidan halok boʻlib, jasadlari shimoldagi Migdoldan to janubdagi Savanaygacha yotadi. Misrning magʻrur qudrati halok boʻladi, — deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. 7 — Misr dunyoning eng xarob yurtiga aylanadi, u yerdagi shaharlar vayron boʻladi. 8 Men Misrga oʻt qoʻyib, uning madadkorlarini tor–mor qilaman. Shunda Egasi Men ekanligimni Misrliklar bilib oladilar.
9 Oʻsha kuni xotirjam yashayotgan Habashistonliklarni qoʻrqitish uchun Men kemalarda elchilarimni joʻnataman. Misr ustiga kulfat tushgan kuni Habashistonliklar azobda qoladilar. Mana, oʻsha kun hademay keladi.
10 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Men Bobil shohi Navuxadnazar orqali Misrning toʻdasini yakson qilaman. 11 Navuxadnazar qoʻshin tortib keladi. Ular oʻtaketgan yovuz xalqdir. Ular butun yurtni xarob qiladilar. Misrliklarni qilichdan oʻtkazib, yurtni jasadlarga toʻldiradilar. 12 Men Nil havzalarini quritaman, yurtni razil odamlarning qoʻliga beraman. Kelgindilarning qoʻli bilan Misrni va u yerdagi hamma narsani xarob qilaman. Bularni Men aytdim.
13 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Men barcha butlarni yoʻq qilaman, Nuf maʼbudalariga chek qoʻyaman. Misr yurtida bironta hukmdor qolmaydi, Misrliklarni qoʻrquv qamrab oladi. 14 Men Patroʻsni tashlandiq joyga aylantiraman. Zoʻvan shahriga oʻt qoʻyaman, Misr poytaxti Noʻni jazolayman. 15 Misrning mustahkam Sin qalʼasini gʻazabimga giriftor qilaman, poytaxt shahar Noʻning toʻdasini qirib tashlayman. 16 Butun Misr yurtiga oʻt qoʻyaman! Sin aholisi cheksiz azobda qoladi, Noʻ shahrining devori yiqitiladi, dushmanlar kuppa–kunduzi Nuf shahriga hujum qiladi. 17 On va Pi–Bashat yigitlari jangda halok boʻlishadi, shaharlar aholisi asirlikka tushadi. 18 Men Misrning hukmronligini yoʻq qilganimda, uning pesh qilgan qudratini sindirganimda, Taxpanxas shahri qorongʻilikka botadi, uni qora bulutlar qoplab oladi. Shahar atrofidagi qishloqlar asirlikka tushadi. 19 Shu yoʻsin Men Misrni jazolayman. Oʻshanda ular Egasi Men ekanimni bilib oladilar.»”
Firʼavnning singan qoʻli haqida bashorat
20 Surgun boʻlgan paytimizning oʻn birinchi yili birinchi oyining yettinchi kunida Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi: 21 “Ey inson, Men Misr firʼavnining qoʻlini sindirdim. Hech kim uning qoʻlini bogʻlamadi, taxtakachlab qoʻymadi. Endi uning qoʻli shifo topmaydi, qilich ushlashga qodir boʻlmaydi. 22 Men firʼavnga qarshiman, — deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. — Uning ikkala qoʻlini — sogʻ qoʻlini ham, singan qoʻlini ham sindiraman. Qoʻlidagi qilichni yerga tushirib yuboraman. 23 Misrliklarni xalqlar orasiga tarqatib tashlayman, boshqa yurtlarga quvib yuboraman. 24 Bobil shohining kuchiga esa kuch qoʻshib, qoʻllariga qilichimni tutqazaman. Ha, Men firʼavnning qoʻllarini sindiraman, u dushmani oldida ogʻir yaralangan odam kabi ingraydi. 25 Uning qoʻllari arqonday osilib qoladi, Bobil shohining qoʻllarini esa Men kuchli qilaman. Uning qoʻllariga qilichimni tutqazib, Misrga qarshi yuboraman. Shunda Egasi Men ekanligimni Misrliklar bilib oladilar. 26 Ha, Men Misrliklarni xalqlar orasiga tarqatib tashlayman, boshqa yurtlarga quvib yuboraman. Oʻshanda Egasi Men ekanligimni ular bilib oladilar.”