25–BOB
Ibrohimning boshqa oʻgʻillari
1 Ibrohim boshqa ayolga uylandi. U ayolning ismi Xaturo edi. 2 U Ibrohimga bir necha oʻgʻil tugʻib berdi. Oʻgʻillarning ismi Zimron, Yoxshon, Midon, Midiyon, Yishboq va Shuvax edi. 3 Yoxshonning Shava va Dedon degan oʻgʻillari bor edi. Dedonning nasli Ashur, Latush va Lum xalqlari edi. 4 Midiyonning oʻgʻillari Efax, Ifar, Xanoʻx, Avido va Eldax edilar. Xaturodan bino boʻlgan oʻgʻillari mana shular edilar. 5 Ibrohim butun mol–mulkini oʻgʻli Isʼhoqqa berdi. 6 Ibrohim hayot ekan, choʻrilari tugʻib bergan oʻgʻillariga hadyalar berdi va oʻsha oʻgʻillarini Isʼhoqning oldidan nariga — sharq tomondagi yurtga joʻnatdi.
Ibrohim vafot etib, dafn qilinadi
7 Ibrohim 175 yil yashab, 8 nuroniy yoshda, keksayib, olamdan oʻtdi. 9 Oʻgʻillari Isʼhoq bilan Ismoil uni Mamre sharqidagi Maxpala dalasining chetida joylashgan gʻorga dafn qildilar. Bu dala ilgari Xet xalqidan boʻlgan Zoʻxar oʻgʻli Efroʻnniki edi. 10 Bu dalani Ibrohim Xet xalqidan sotib olgan edi. Ibrohim bu gʻorda xotini Soraning yoniga dafn qilindi . 11 Ibrohim vafot etgandan keyin, Xudo uning oʻgʻli Isʼhoqqa baraka berdi. Isʼhoq Ber–Laxay–Ruy qudugʻi yonida istiqomat qilardi.
Ismoilning nasli
12 Soraning Misrlik choʻrisi Hojar Ibrohimga tugʻib bergan Ismoilning nasl–nasabi tarixi quyidagichadir:
13 Tugʻilish tartibiga koʻra, Ismoil oʻgʻillarining ismlari quyidagicha: toʻngʻich oʻgʻli — Navayot, keyingilari Kedar, Adbal, Mivsom, 14 Mishmo, Dumax, Masso, 15 Hadad, Temo, Yatur, Nofish va Kedemax. 16 Ismoilning bu oʻn ikki oʻgʻli oʻn ikki qabilaning yoʻlboshchisi boʻldilar. Oʻsha qabilalar chodir qurib joylashgan yerlarga ularning ismlari berildi. 17 Ismoil 137 yoshida olamdan oʻtdi. 18 Ismoilning nasli Ossuriyaga ketaverishda — Misrning sharqidagi Xavila bilan Shur orasida oʻrnashdi. Ular qarindoshlariga dushman boʻlib yashardilar .
Esov bilan Yoqub tugʻiladi
19 Ibrohim oʻgʻli Isʼhoqning xonadoni tarixi quyidagichadir:
Ibrohim Isʼhoqning otasi edi. 20 Isʼhoq Rivqoga uylanganda qirq yoshda edi. Rivqo Batuvalning qizi, Lobonning singlisi edi. Batuval Oramlik boʻlib, Paddon–Oramdan edi. 21 Rivqoning bolasi boʻlmadi. Isʼhoq xotini uchun Egamizga iltijo qildi. Egamiz uning iltijolarini eshitdi. Rivqo homilador boʻldi. 22 Rivqoning qornidagi bolalari bir–biri bilan urishardilar. Rivqo: “Agar shunaqa boʻlsa, homilador boʻlishimning nima foydasi bor?!” deb bu haqda Egamizdan soʻradi. 23 Egamiz Rivqoga shunday dedi:
“Sening qorningda ikki xalq bor,
Sendan tugʻilganlar ikki xalqqa boʻlinar .
Biri ikkinchisidan kuchli chiqajak,
Kattasi kichigiga xizmat qilajak.”
24 Rivqoning oy–kuni yaqinlashib, egizak tugʻdi. 25 Toʻngʻichi tugʻilganda, qip–qizil ekan. Uning tanasi jun matoga oʻxshardi. Shuning uchun uning ismini Esov qoʻydilar . 26 Ukasi esa Esovning tovonini ushlab tugʻildi, shuning uchun uning ismini Yoqub qoʻydilar . Egizaklar tugʻilganda, Isʼhoq oltmish yoshda edi.
Esov toʻngʻichlik huquqini sotadi
27 Bolalar ulgʻaydilar. Esov — dala–dashtni yaxshi koʻradigan mohir ovchi, Yoqub esa uyda oʻtirishni yoqtiradigan, beozor odam boʻldi. 28 Esov ovlab kelgan hayvonlarning goʻshtini Isʼhoq tanovul qilib, lazzat olar, shuning uchun u Esovni yaxshi koʻrardi. Rivqo esa Yoqubni yaxshi koʻrardi.
29 Bir kuni Yoqub yasmiq shavla pishirayotgan edi, Esov daladan ochqab, sulayib kelib qoldi. 30 Esov Yoqubga:
— Menga ana shu qizil ovqatingdan bergin, oʻlguday qornim ochdi, — dedi. (Shuning uchun u Edom degan ism ham olgan.)
31 — Boʻpti, — dedi Yoqub, — lekin buning evaziga menga toʻngʻichlik huquqingni sot.
32 — E, toʻngʻichlik huquqimdan menga nima foyda, qornim ochganidan oʻlay deb turibman, — dedi Esov.
33 — Oldin menga qasam ich, — dedi Yoqub. Esov Yoqubga qasam ichdi. Shunday qilib, u toʻngʻichlik huquqini Yoqubga sotdi. 34 Shundan keyin Yoqub Esovga non bilan yasmiq shavla berdi. Esov yeb–ichib, oʻrnidan turdi–da, oʻz ishlari bilan chiqib ketdi. Shunday qilib, Esov oʻzining toʻngʻichlik huquqini mensimadi.