3–BOB
Xoʻsheya bevafo xotinini qutqarib, uyiga olib keladi
1 Egamiz menga dedi: “Qani bor, Xoʻsheya! Oʻynashi bor oʻsha suyuqoyoq xotiningga boshqatdan koʻngil qoʻy. Men, Egangiz, Isroil xalqini qanday sevsam, sen ham xotiningni shunday sevgin. Zotan, xalqimning ham koʻngli boshqa xudolarga chopadi, hovuch–hovuch mayizni ularga nazr qilishni xalqim yaxshi koʻradi.” 2 Shunday qilib, men oʻn besh boʻlak kumush va oʻn besh togʻora arpaga oʻz xotinimni sotib oldim . 3 Unga dedim: “Sen uzoq vaqt davomida menikida yashaysan. Fohishalik qilmaysan. Oʻsha vaqt mobaynida birorta erkakka yaqinlashmaysan, men ham senga yaqinlashmayman.” 4 Shu singari, Isroil xalqi ham uzoq vaqt davomida shohu shahzodasiz, qurbonliklaru butsimon toshlarsiz, efod va butlarsiz yashaydi. 5 Bundan keyin ular qaytadan Egasi Xudoga va Dovud naslidan boʻlgan shohga yuz burishadi. Kelajakda Egamizga qoʻrquv bilan boʻyin egishadi. Xudoning barakasidan bahramand boʻlishadi.