29–BOB
Filistlar Dovudga ishonmaydi
1 Filistlar hamma sipohlarini Ofoqqa yigʻdi. Isroil lashkari esa Yizrildagi buloq yonida qarorgoh qurib, joylashib olgan edilar. 2 Filist beklari yuz va ming kishilik guruhlardan iborat boʻlgan qoʻshin bilan borishardi. Dovud va uning odamlari esa shoh Oxish bilan birga orqada kelayotgan edilar. 3 Filist lashkarboshilari:
— Anavi ibroniylar bu yerda nima qilib yuribdi? — deb soʻragan edilar, Oxish shunday javob berdi:
— Bu odam Isroil shohi Shoulning xizmatkori Dovud boʻladi. Necha oy–yillardan beri yonimda yuribdi. Men tomonga oʻtgandan buyon undan biror yomonlik koʻrmadim.
4 Lekin Filist lashkarboshilari Oxishga:
— Bu odamni orqasiga qaytarib yuboring! — deyishdi jahl bilan. — Siz unga ajratib bergan joyga boraversin. Biz bilan urushga borishiga yoʻl qoʻymang! Jang vaqtida bizga qarshi chiqishi mumkin. U oldingi xoʻjayiniga oʻzini qanday qilib yaxshi koʻrsatishini bilasizmi? Odamlarimizning boshini unga tutib berishdan boshqa yaxshi yoʻl topa olarmidi?! 5 Haligi: “Shoul minglarchasini oʻldirdi, Dovud esa oʻn minglarchasini”, deb kuylab oʻynab qoʻshiq aytgan edilar–ku. Bu oʻsha Dovud–da.
6 Oxish Dovudni yoniga chaqirib, dedi:
— Xudo haqi, sen yaxshi odamsan. Huzurimga kelganingdan beri biron nomaʼqul ish qilganingni koʻrmadim. Men bilan birga urushga borishingni istardim–u, ammo beklarimiz urushga borishingni maʼqul koʻrishmayapti. 7 Mayli, bu safar orqangga qayt, tinchgina ket, tagʻin Filist beklarining koʻzi oldida birorta nomaʼqul ish qilib qoʻymagin.
8 — Axir, men nima qildim?! — dedi Dovud. — Huzuringizga kelganimdan beri mendan biror ayb topmadingiz–ku! Endi shoh hazratlarining gʻanimlariga qarshi urushga nima uchun bormasligim kerak ekan?!
9 — Bilaman, — dedi Oxish, — sen mening nazarimda Xudoning farishtasiday poksan. Lekin Filist lashkarboshilari, biz bilan urushga bormasin, deyishyapti. 10 Endi sen odamlaring bilan ertalab turinglar–da, tong otar–otmas joʻnanglar.
11 Shunday qilib, Dovud odamlari bilan erta tongda turib, Filistlar hududiga qarab yoʻl oldi. Filistlar esa Yizrilga joʻnashdi.