2–BOB
Egamiz Quddusni jazolaydi
1 Voy shoʻrim!
Rabbiy gʻazablanib,
Qiz Quddusni zulmat bilan qopladi,
U Isroilning salobatini
Osmondan yerga uloqtirdi.
Qattiq qahri kelganda,
Oʻz poyandozi boʻlgan Maʼbadini esga olmadi.
2 Rabbiy ayovsiz vayron qildi
Yoqub naslining maskanlarini.
Gʻazabi kelib yakson qildi
Qiz Yahudoning qalʼalarini.
Oyoq osti qilib, xoʻrladi
Shohlikni va uning hukmdorlarini.
3 U qattiq gʻazabga minib,
Isroilning bor qudratini yoʻq qildi .
Gʻanimlar hujum qilganda,
Oʻz xalqini himoya qilmadi.
Avjiga chiqqan olov yondirganday,
Yoqubning yurtini yondirib yubordi.
4 U gʻanimday bizga qarata yoyini tortdi,
Oʻq uzishga Uning qoʻli tayyor turardi.
U kelishgan yigitlarimizni dushmanday oʻldirdi.
Qiz Quddusning chodirlariga olovday qahrini sochdi.
5 Rabbiy dushmanga oʻxshab qoldi,
Isroil yurtini vayron qildi.
Xarob qildi barcha saroylarini,
Yakson etdi Isroil qalʼalarini.
Qiz Yahudoga keltirdi gʻam–gʻussa,
Uning qaygʻusini orttirdi ming hissa.
6 Bogʻdagi chaylani yiqitganday,
Maʼbadini U buzib tashladi .
Quddusdagi bayram va Shabbat kunlarini
Egamiz bekor qildi.
Shohlar va ruhoniylarni
Gʻazab ustida rad etdi.
7 Rabbiy Oʻz qurbongohidan voz kechdi,
Oʻz maskanini tashlab ketdi.
Quddus saroylarini yovning qoʻliga berdi.
Egamiz uyidagi yovning hayqirigʻi
Bayramdagi shodon ovozlarga oʻxshaydi.
8 Ha, Egamiz qiz Quddusning devorlarini
Vayron etishga qaror qildi.
Devorlarga birma–bir qarab chiqdi,
Shashtidan qaytmadi, hammasini yakson qildi.
Endi qalʼayu devorlar qaygʻuryapti,
Hammasi xarob boʻlib yotibdi.
9 Quddus darvozalari tuproqqa belanib yotibdi,
Darvoza tambalari parchalanib yotibdi.
Shohu amaldorlari surgun boʻlishdi,
Qonunlar xalqqa oʻrgatilmas endi.
Egamizdan vahiylar
Paygʻambarlarga kelmas endi.
10 Qiz Quddusning oqsoqollari
Sukut saqlab yerda oʻtiribdi.
Boshlaridan ular tuproq sochgan,
Oʻzlari qanorga oʻrangan .
Boshlarini solib quyi
Oʻtiribdi Quddus qizlari.
11 Yigʻlayverib koʻzlarim tolgan,
Ichimda yuragim toʻkilib ketgan.
Jigar–bagʻrim ezilib ketdi,
Axir, mening xalqim qirilib ketdi!
Och qolgan goʻdagu chaqaloqlar
Shahar koʻchalarida hushsiz yotibdi!
12 “Qornim ochdi! Chanqadim!” deb
Onalariga ular faryod qilar.
Yarador jangchiday shahar koʻchalarida hushsiz yotishar.
Onalarining bagʻrida jon taslim etishar.
13 Sen haqingda nima aytay?!
Seni kimga solishtiray, ey qiz Quddus?
Nima deb yupatay?!
Seni kimlarga oʻxshatay, ey bokira qiz Sion?
Dengizday cheksizdir sening kulfating,
Endi shifo bera olmas senga hech kim!
14 Sening paygʻambarlaring
Yolgʻon va behuda vahiylar aytishdi.
Gunohlaringni fosh qilishmadi,
Surgunning oldini olishmadi.
Yolgʻon bashoratlar aytib,
Seni yoʻldan ozdirishdi.
15 Oʻtgan–ketganlar sendan or qilib,
Qoʻl siltab ketadilar.
Yoqasini ushlab, boshlarini chayqaydilar,
Ey qiz Quddus, seni mazax qilib shunday deydilar:
“Goʻzallikda komil shaharmi shu?!
Butun dunyoning sevinchimish u!”
16 Barcha yovlaring ustingdan kuladi,
Holingni koʻrib yoqasini ushlaydi.
Tishlarini gʻijirlatib aytishadi:
“Biz uni yamladik!
Voh, qanday intizorlik bilan
Bu kunni kutgan edik!
Nihoyat, oʻsha kunga yetdik!”
17 Evoh, Egamiz Oʻz rejalarini amalga oshirdi,
Oʻz aytganlarini bitta qoldirmay bajardi.
U azaldan ogohlantirib kelganday
Sizlarni ayovsiz qirib tashladi.
Gʻanimlarning qudratini yuksaltirdi,
Ahvolingizdan dushmanlarni xursand qildi.
18 Shahar ahlining qalbi Rabbiyga faryod qilmoqda,
Ey qiz Quddusning devorlari!
Koʻz yoshingiz kechayu kunduz daryo boʻlib oqsin.
Nolayu faryodingiz aslo tinmasin,
Koʻz yoshingiz toʻxtamasin!
19 Tur, ey qiz Quddus!
Kechasi bilan Xudoga iltijo qilib chiqqin!
Yuragingni Rabbiyga suvday toʻkib solgin!
Qoʻllaringni uzat osmonga,
Farzandlaring uchun yolvorgin Unga!
Axir, ular ochlikdan hushsiz yotibdi
Har bir koʻchaning boshida.
20 Shunday ibodat qilgin:
“Ey Egam, koʻrmaysanmi buni:
Ne koʻylarga solib qoʻyding Sen xalqingni?!
Onalar erkalatib oʻstirgan farzandlarini yeyishyapti–ku!
Ruhoniyu paygʻambarlar maskaningda qirilib ketyapti–ku!
21 Yoshu qarilarning jasadlari koʻchada changga belanib yotibdi.
Qilich dastidan yigitu qizlarim juvonmarg boʻldi.
Sen gʻazabing kelgan kuni ularni halok qilding,
Ayovsiz ularni qirib tashlading.
22 Menga qarshi yigʻding Sen tevarakdagi yovlarni,
Goʻyo ziyofatga chaqirganday taklif qilding ularni.
Oʻsha kuni Sening gʻazabingdan hech kim qutulolmadi,
Biror odam oʻz jonini saqlab qololmadi.
Evoh, erkalab oʻstirgan bolalarimni
Dushmanlarim oʻldirdi.”