29–BOB
Ayub ilgari Xudo unga bergan baraka haqida gapiradi
1 Ayub gapida davom etdi:

2 “Qani endi, Xudo menga
Gʻamxoʻrlik qilgan paytlari qaytib kelsa edi.
3 Oʻsha paytlarda Xudo Oʻz chirogʻi bilan yoʻlimni yoritardi,
Uning nuri bilan zulmatdan oʻtar edim.
4 Kuch–quvvatga toʻlgan kezlarimda
Xudo bilan boʻlgan doʻstligim chodirimni toʻldirib turardi.
5 Qodir Xudo men bilan edi,
Farzandlarim ham atrofimda yurardi.
6 Uyimda qaymoq oshib–toshib yotardi,
Zaytunzorlarimdan moy ariq boʻlib oqardi.
7 Shahar darvozasi oldida oʻtirganimda,
Yoʻlboshchilar orasidan joy olganimda,
8 Yoshlar meni koʻrib, yoʻl berardi,
Hatto keksalar ham oʻrnidan turardi.
9 Oqsoqollar ham gapidan toʻxtardi,
Dami ichiga tushib ketardi.
10 Boshliqlarning ham ovozi tinardi,
Tillari tanglayiga yopishib qolardi.
11 Gaplarimni eshitganlar meni maqtardi,
Koʻrganlar men haqimda yaxshi gapirardi,
12 Axir, men nola qilgan yoʻqsillarga yordam berardim,
Suyanchigʻi yoʻq yetimlarni chetda qoldirmas edim.
13 Oʻlimdan qutqarilgan bu odamlar meni duo qilardilar,
Yordamim bilan bevalarning qalbini quvonchga toʻldirardim.
14 Solihlikka kiyim kabi oʻrangandim,
Odillikni sallam va toʻnimday kiyib yurardim.
15 Koʻrlarga koʻz boʻldim,
Choʻloqlarga oyoq boʻldim.
16 Faqirlarga ota boʻldim,
Musofirlarning arzlarini eshitib, himoya qildim.
17 Zolimlarning tishlarini sindirdim,
Ularning ogʻzidan oʻljasini tortib oldim.
18 Men shunday deb oʻylardim:
«Uzoq umr koʻrib, oʻz uyimda hayotdan koʻz yumaman.
19 Axir, men ildizlari suvga yetgan,
Shoxlarida tun boʻyi shabnam turadigan daraxtdayman.
20 Doimo obroʻyim baland boʻlaveradi,
Kuchim qayta–qayta yangilanaveradi.»

21 Hamma sukut saqlab, menga quloq solardi,
Bizga qanday maslahat berarkan, deb kutardi.
22 Mening soʻzlarimdan keyin hech kim gap qoʻshmasdi,
Soʻzlarim ularning ustiga shabnamday ohista tushar edi.
23 Ular yomgʻir kutganday meni kutishardi,
Soʻzlarim bahor yomgʻiri singari ularga singib ketardi.
24 Ularga kulib qarasam, koʻzlariga ishonishmasdi,
Marhamat qilishimni umid bilan kutishardi.
25 Ularga bosh boʻlib, yoʻl–yoʻriq koʻrsatardim,
Lashkarlari orasidagi shohday yashar edim,
Ular qaygʻuga tushganlarida tasalli berardim.