4–BOB
Maʼbad anjomlari
1 Shoh Sulaymon bronza qurbongoh yasattirdi. Qurbongohning uzunligi 20 tirsak , eni ham 20 tirsak, balandligi 10 tirsak edi. 2 Keyin bronzani eritib, dumaloq shaklda hovuz yasatdi. Hovuzning bir qirgʻogʻidan narigi qirgʻogʻigacha 10 tirsak, balandligi esa 5 tirsak edi. Aylanasi 30 tirsak edi. 3 Hovuzning tashqi tomonida, qirgʻogʻi ostida aylanasiga ikki qator buqa shakli bor edi. Har bir tirsak masofada oʻntadan shunday shakl qilingan edi. Bronza eritilib, hovuz yasalayotgan paytda, bu buqa shakllari ham qilingan edi. 4 Hovuz bronzadan yasalgan oʻn ikkita buqa ustiga oʻrnashtirilgan edi. Buqalarning uchtasi shimolga, uchtasi gʻarbga, uchtasi janubga va uchtasi sharqqa qaratilgan edi. Buqalarning orqa tomoni hovuzning ichkarisiga qaratilgan edi. 5 Hovuzning qalinligi toʻrt enli boʻlib, chetlari kosaning chetlariga oʻxshar, shakli lolagulga oʻxshardi. Unga 6000 koʻza suv sigʻardi.
6 Sulaymon oʻnta togʻora ham yasatdi. Togʻoraning beshtasi hovuzning chap tomoniga, beshtasi oʻng tomoniga oʻrnatildi. Bu togʻoralar qurbonlik qilib kuydiriladigan hayvonlarni yuvish uchun moʻljallangan edi. Hovuz esa ruhoniylarning yuvinishi uchun edi.
7-8 Sulaymon loyihaga binoan oʻnta oltin chiroqpoya bilan oʻnta xontaxta yasatib, ularni Maʼbadning asosiy xonasiga oʻrnattirdi. Beshta chiroqpoya bilan beshta xontaxtani xonaning oʻng tomoniga, qolgan beshta chiroqpoya bilan beshta xontaxtani xonaning chap tomoniga oʻrnashtirdi. Bulardan tashqari, oltindan yuzta togʻoracha ham yasattirdi. 9 Sulaymon ruhoniylar uchun ichki hovlini qurdirdi. Bundan tashqari, u tashqi hovlini qurdirib, ikki hovli orasiga eshiklar yasattirdi. Eshiklarni bronza bilan qoplatdi. 10 Hovuzni Egamiz uyining janubi–sharq tomonidagi burchagiga oʻrnattirdi.
11 Xurom qozonlar, kurakchalar va togʻorachalar ham yasadi. Shunday qilib, u shoh Sulaymon uchun Xudoning uyiga oid quyidagi ashyolarni yasab berdi:

12 ikkita ustun,
ustunlarning tepasidagi ikkita doira shaklidagi ustunqosh,
ustunqoshni oʻrab turgan ikkita toʻrsimon bezak,
13 ikkala bezakning yonlarida toʻrt yuzta anor tasviri, yaʼni ustunlar tepasida doira shaklidagi ikkita ustunqoshni qoplab turish uchun har bir toʻrsimon bezakning ikkala chekkasidagi anor suratlari,
14 aravalar, aravalar ustidagi togʻoralar,
15 bitta hovuz, hovuz ostidagi oʻn ikki buqa shakli,
16 qozonlar, kuraklar, sanchqilar va bularga aloqador barcha buyumlar.

Xurom shoh Sulaymon uchun Egamizning uyiga oid ana shu ashyolarni sayqallangan bronzadan yasab berdi. 17 Shoh bu narsalarni Iordan vodiysi atroflarida — Suxot va Zoraton orasida loydan yasalgan qoliplarda quydirdi. 18 Sulaymon bu narsalarning hammasini koʻp miqdorda yasattirdi, shuning uchun ishlatilgan bronzaning hisobini aniqlab boʻlmadi.
19 Sulaymon Xudoning uyi uchun quyidagi hamma buyumlarni ham yasattirdi:

oltindan yasalgan tutatqi qurbongohi,
ustida muqaddas nonlar turadigan xontaxtalar,
20 toza oltindan ishlangan chiroqpoyalar va ularning moychiroqlari, bular loyihaga binoan, Eng muqaddas xonaning oldida yonib turishi kerak edi,
21 yana toza oltindan gullar, moychiroqlar, qisqichlar,
22 qaychilar, togʻorachalar, kurakchalar va olovkuraklar yasatdi. Eng muqaddas xona va asosiy xona eshiklari ham toza oltindan yasalgan edi.