15–BOB
Quddusdagi yigʻin
1 Yahudiyadan bir necha odam Antioxiyaga kelib, imonlilarga shunday taʼlim bera boshladilar: “Musoning qonuniga binoan sunnat qilinmasangizlar, najot topa olmaysizlar.” 2 Pavlus bilan Barnabo ular bilan qizgʻin bahsu munozaraga kirishdilar. Shunda: “Pavlus bilan Barnabo hamda Antioxiyadan bir necha odam Quddusga yuborilsin”, deb qaror qilindi. Ular bu masalani havoriylar va oqsoqollar bilan muhokama qilishlari kerak edi.
3 Imonlilar jamoati ularni yoʻlga kuzatib qoʻydi. Ular Finikiya va Samariya orqali oʻtar ekanlar, gʻayriyahudiylar qanday qilib Xudoga yuz burganini aytib berdilar. Bu xabar hamma imonlilarga katta quvonch bagʻishladi. 4 Pavlus va Barnabo Quddusga kelganlaridan keyin, jamoat, havoriylar, oqsoqollar ularni samimiy kutib oldilar. Pavlus va Barnabo Xudoning ular orqali qilgan ishlarini yigʻilganlarga soʻzlab berdilar. 5 Ammo farziylar mazhabiga mansub imonlilar oʻrinlaridan turib: “Gʻayriyahudiylar sunnat qilinishlari kerak. Ularga Musoning qonuniga rioya qilishlarini buyurish kerak”, dedilar.
6 Havoriylar va oqsoqollar bu masalani muhokama qilish uchun yigʻildilar. 7 Uzoq davom etgan munozaradan keyin Butrus oʻrnidan turib, ularga dedi:
— Birodarlarim! Oʻzlaringiz bilasizlarki, Xushxabarni gʻayriyahudiylarga vaʼz qilishim uchun Xudo meni ancha vaqt oldin orangizdan tanlab oldi. Gʻayriyahudiylar ham Xushxabarni eshitib, imonga kelishi Uning maqsadi edi. 8 Xudo inson zotining yuragini biladi, U bizga bergan Muqaddas Ruhni gʻayriyahudiylarga ham berdi. Shu orqali ularni qabul qilganini tasdiqladi. 9 Xudo imon orqali gʻayriyahudiylarning yuraklarini pokladi. Shunday qilib, biz bilan gʻayriyahudiylar orasidagi farqni Xudo yoʻq qildi. 10 Shunday ekan, nima uchun shogirdlarning yelkasiga ogʻir yuk ortib, Xudoni sinayapsizlar?! Axir, bu yukni biz ham, ota–bobolarimiz ham koʻtara olmagan edik–ku! 11 Yoʻq! Ishonamizki, biz ham ular singari, Rabbimiz Isoning inoyati tufayli najot topamiz.
12 Hamma havoriylar va oqsoqollar sukutda qoldilar. Barnabo bilan Pavlus Xudoning ular orqali gʻayriyahudiylar orasida koʻrsatgan alomatlari va ajoyibotlari toʻgʻrisida hikoya qilib berdilar. 13 Ular gapini tugatgach, Yoqub soʻz oldi:
— Birodarlarim! Meni eshitinglar. 14 Hozir Butrus bizga Xudoning ilk bor gʻayriyahudiylarga iltifot nazarini solganini va ular orasidan Oʻziga bir xalq tanlab olganini tushuntirib berdi. 15 Bu soʻzlar paygʻambarlarning aytganlari bilan mos keladi. Yozilganiday:
16-17 “Egamiz shunday demoqda:
«Bundan keyin Men qaytib kelib,
Dovudning yiqilgan shohligini qayta tiklayman,
Uning xarobalarini yangidan barpo qilib,
Uni qayta quraman.
Shunda boshqa xalqlarning hammasi Menga intiladilar,
Oʻzim daʼvat qilgan oʻsha gʻayriyahudiylar Meni izlaydilar.»
18 Egamiz bularni bizga azaldan maʼlum qilgan.”
19 Yoqub gapida davom etdi:
— Shuning uchun Xudoga yuz burayotgan gʻayriyahudiylarni qiyin ahvolga solib qoʻymasligimiz kerak. 20 Buning oʻrniga, ularga xat yozib, shunday deb aytaylik: “Butlarga keltirilgan qurbonlikning goʻshtini tanovul qilishdan , fahsh–zinodan va qoni chiqarilmagan hayvonning goʻshtini yeyishdan oʻzlaringizni tiyinglar .” 21 Axir, Musoning qonuni azal–azaldan har bir shaharda vaʼz qilinmoqda, har Shabbat kuni sinagogalarda oʻqilmoqda.
Gʻayriyahudiy imonlilarga maktub
22 Shundan keyin havoriylar va oqsoqollar butun imonlilar jamoati bilan shunday qarorga keldilar: “Guruhimizdan bir necha odamni tanlab olib, ularni Pavlus va Barnabo bilan birga Antioxiyaga yuboramiz.” Ular ikkita odamni — Barsabo degan Yahudoni va Silasni tanlab oldilar. Yahudo va Silas jamoatning yoʻlboshchilari edilar. 23 Ularni shunday maktub bilan joʻnatdilar:
“Biz, birodarlaringiz boʻlgan havoriylar va oqsoqollar, Antioxiya, Suriya va Kilikiyada yashaydigan gʻayriyahudiy birodarlarimizga salom yoʻllayapmiz.
24 Eshitishimizcha, bizning oramizdan baʼzilar borib, oʻzlarining gaplari bilan sizlarni xavotirga solibdi, yuraklaringizni gʻash qilibdi . Ammo ularni biz yubormagan edik. 25 Biz vakillar tanlab, ularni aziz doʻstlarimiz Barnabo va Pavlus bilan birga sizlarning huzuringizga yuborishga bir ovozdan qaror qildik. 26 Barnabo bilan Pavlus Rabbimiz Iso Masih haqi–hurmati, hayotlarini xavf ostiga qoʻyganlar. 27 Shu bois biz Yahudo bilan Silasni yuboryapmiz. Ushbu yozayotganlarimizni ular sizlarga ogʻzaki ham tasdiqlab beradilar. 28 Biz Muqaddas Ruh boshchiligida sizlarga quyidagi kerakli talablardan boshqa yukni yuklamaslikka qaror qildik: 29 sizlar butlarga keltirilgan qurbonlikning goʻshtini va qoni chiqarilmagan hayvonning goʻshtini tanovul qilishdan hamda fahsh–zinodan oʻzlaringizni tiyinglar . Oʻzlaringizni ana shulardan tiysangizlar, yaxshi ish qilgan boʻlasizlar.
Omon boʻlinglar.”
30 Shunday qilib, vakillar yoʻlga chiqib, Antioxiyaga keldilar. Ular jamoatni yiqqanlaridan keyin maktubni jamoat aʼzolariga topshirdilar. 31 Jamoat aʼzolari maktubni oʻqib, dalda soʻzlaridan xursand boʻldilar. 32 Yahudo bilan Silas paygʻambar edilar. Ular imonlilarga dalda berdilar, ularga koʻp gaplar aytib, imonda mustahkamladilar. 33-34 Yahudo bilan Silas maʼlum vaqt u yerda boʻlganlaridan keyin, imonlilar ularni yuborgan birodarlari yoniga xayrixohlik bilan joʻnatib yubordilar . 35 Pavlus bilan Barnabo esa birmuncha vaqt Antioxiyada qolishdi. Ular u yerda boshqalar bilan birga taʼlim berib, Rabbimiz Iso haqidagi xabarni vaʼz qildilar.
Pavlus bilan Barnabo ayrilishadi
36 Oradan bir necha kun oʻtgach, Pavlus Barnaboga dedi: “Qani, biz Rabbimiz Iso haqidagi xabarni vaʼz qilgan shaharlarga boraylik, imonlilarni yoʻqlaylik, ularning hol–ahvolini bilaylik.”
37 Mark degan Yuhannoni Barnabo birga olib ketmoqchi edi. 38 Ammo Pavlus buni istamadi. Mark ularni Pamfiliyada qoldirib , xizmatda oxirigacha birga boʻlmagani uchun Pavlus Barnaboning bu fikriga qattiq eʼtiroz bildirdi. 39 Pavlus bilan Barnaboning orasida shunday anglashilmovchilik boʻldiki, ular bir–birlarini tark etdilar. Barnabo Markni oʻzi bilan birga olib, kemada Kiprga suzib ketdi. 40 Pavlus esa Silasni tanladi. Imonlilar ularni Rabbimiz Isoning panohiga topshirganlaridan keyin, ular yoʻlga chiqdilar . 41 Suriya va Kilikiya hududlarini kezib, jamoatlarni imonda mustahkamladilar.