1–BOB
Yunus Egamizga itoat etmadi
1 Bir kuni Amitay oʻgʻli Yunusga Egamiz shu soʻzlarni ayon qildi: 2 “Qani, boʻl, qudratli Naynavo shahriga bor. Jar solib, u yerdagilarni ogohlantir, chunki shahar ahli qilgan qabihliklar Menga yetib keldi.”
3 Yunus yoʻlga tushdi, lekin Egamizdan qochib boshqa tomonga ketmoqchi boʻldi. U Yaffaga kelib, u yerda Tarshishga boradigan kemani topdi. Yoʻl haqini toʻladi–da, Egamizdan qochib Tarshishga suzib ketgani kemachilar bilan kemaga chiqdi.
4 Ammo Egamiz shunday kuchli shamol qoʻzgʻatdiki, dengizda dahshatli boʻron boshlandi. Boʻron kemani parchalab yuboray derdi. 5 Bundan kemachilar vahimaga tushib, har biri oʻz xudosiga yolvordi. Keyin, kema yengillashsin deb, u yerdagi yuklarni dengizga uloqtira boshladilar. Yunus esa kemaning ichkarisiga kirib, qattiq uyquga ketgan edi. 6 Bir payt kema dargʻasi Yunusning yoniga kelib: “Nega sen uxlab yotibsan? Tur, xudoyingga yolvor! Balki u bizlarni eslasa, halok boʻlmasmiz”, dedi.
7 Kemadagilar esa bir–birlariga: “Kelinglar, qurʼa tashlaylik , shunda bu falokat kim sababli boshimizga kelganini bilamiz”, dedilar. Qurʼa tashlagan edilar, qurʼa Yunusga tushdi.
8 Keyin Yunusdan soʻradilar: “Bizga ayt–chi, nima sababdan boshimizga bu falokat tushdi? Sen kimsan? Qayerdan kelyapsan? Qaysi yurtdansan? Qanaqa xalqdansan?”
9 Yunus ularga shunday javob berdi: “Men ibroniyman, dengiz va quruqlikni yaratgan Samoviy Xudo — Egamga sigʻinaman.”
10 Ular Yunusning Egamizdan qochib ketayotganini bilardilar. Chunki Yunusning oʻzi bu haqda ularga aytgan edi. Ular bu gapni eshitib, yana ham qattiqroq dahshatga tushdilar va unga: “Nega bunday qilding–a?!” dedilar.
11 Kemadagilar Yunusga: “Dengiz tinchlanishi uchun seni nima qilsak ekan–a?” deb soʻradilar. Chunki dengiz yanada vahima bilan toʻlqinlanardi.
12 Shunda Yunus kemadagilarga dedi: “Meni olib, dengizga uloqtirsangizlar, dengiz tinchlanadi. Bilaman, bu kuchli boʻron men tufayli boshlaringizga kelgan.”
13 Kemadagilar esa kemani quruqlikka olib bormoqchi boʻlib rosa eshkak eshdilar, ammo bunga muvaffaq boʻla olmadilar, chunki dengiz ularga qarshi battar quturayotgan edi. 14 Shunda ular Egamizga yolvordilar: “Ey Egamiz! Sen Oʻzingga maʼqul boʻlganini qilib, bizni shu ahvolga solding. Ey Egamiz! Senga iltijo qilamiz: shu odamning joni uchun bizlarni halok qilma, begunoh odamning oʻlimiga bizlarni javobgar qilma.”
15 Shundan keyin Yunusni olib dengizga uloqtirgan edilar, dengiz tinchlanib qoldi. 16 Bu voqeani odamlar koʻrgach, Egamizdan qattiq qoʻrqdilar. Unga qurbonlik qilib, nazr atadilar.